12
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni)
aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini tahlil qilish asosida
bevosita o‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jaraeni
yordamida esa shu o‘lchash ob’ekti to‘g‘risida informatsiya
hosil qilinadi va
nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki
izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi.
Elektr
energiysini hisobga olish asboblarining tasnifi quyidagi rasmda tasvirlangan(2.1-
rasm). Ular induktsionli, elektronli va mikroprptsessorli turlariga bo‘linadi[16].
2.1- rasm. Elektr energiysini hisobga olish asboblarining tasnifi.
O‘lchash natijasi
- o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash
birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi. O‘lchanadigan kattalikning o‘lchash
jarayonida o‘zgarish xarakteriga ko‘ra
statik
va
dinamik
o‘lchashlarga ajratiladi.
Statik o‘lchash
deganda qiymati o‘lchash jarayoni mobaynida o‘zgarmaydigan
kattalikni
o‘lchash
tushuniladi.
Bundan
tashqari,
davriy
o‘zgaruvchan
kattaliklarning turg‘un rejimidagi o‘lchashlar ham kiradi. Masalan, o‘zgaruvchan
kattalikning amplituda, effektiv va boshqa qiymatlarini turg‘un rejimida o‘lchash.
Dinamik o‘lchashlarga
qiymatlari o‘lchash jarayonida o‘zgarib
turadigan
kattaliklarni o‘lchashlar kiradi. Dinamik o‘lchashga vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan
kattalikning oniy qiymatini o‘lchash misol bo‘la oladi[16].
Dostları ilə paylaş: