Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


Elektrodinamik asboblarning kamchiliklari



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/90
tarix13.09.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#143241
növüУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

Elektrodinamik asboblarning kamchiliklari
– sezgirligining pastligi, 
quvvat iste’molining kattaligi, asbob ko‘rsatishiga tashqi magnit maydon, harorat, 
chastota o‘zgarishlari hamda mexanik zarba va vibratsiyaning ta’siri 
sezilarliligidir. 
Yuqorida 
keltirilgan 
afzalliklariga 
ko‘ra 
elektrodinamik 
o‘lchash 
mexanizmlari asosida aniqlik klassi 0,5; 0,2, 0,1 bo‘lgan ko‘p chegarali ko‘chma 
asboblar ishlab chiqarilgan.


29 
3.3. Ferrodinamik o‘lchash asboblari 
Ferrodinamik asboblar elektrodinamik asboblarining bir turi bo‘lib, ularda 
magnit maydonini kuchaytirish uchun qo‘zg‘almas g‘altak chulg‘amlari 
elektrotexnik 
po‘lat 
plastinkalar 
tarzida 
yig‘ilgan 
magnit 
o‘tkazgichda 
joylashtiriladi.
Ferrodinamik asboblarining afzalliklari
– aylantiruvchi momentning 
kattaligi, tashqi magnit maydoni ta’sirining va quvvat iste’molining kamligidir. 
Kamchiliklari
– magnit o‘tkazgich mavjudligi tufayli aniqligi nisbatan past, 
chastota va harorat o‘zgarishiga sezgirligi nisbatan yuqori. Ferrodinamik asboblar 
aylantiruvchi moment ikatta bo‘lganligi sababli ular o‘ziyozar asboblarda keng 
qo‘llaniladi. Chunki bunday asboblarda yozuvchi peroning qog‘ozga ishqalanishini 
engish uchun ancha katta moment talab qilinadi. Ferrodinamik asboblar 
o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘zg‘almas va ko‘chma ampermetr, voltmeter va 
vattmetrlar sifatida ishlatiladi. Elektrodianmik va frrodinamik logometrlar 
amaliyotda faza siljishi, chastota, sig‘im, induktivlik va ko‘pgina noelektrik 
kattaliklarni o‘lchashda keng foydalaniladi. 
Elektrodinamik va ferrodinamik vattmetrlar. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok 
zanjirlarida quvvatni o‘lchash uchun elektrodinamik va ferrodinamik vattmetrlar 
keng qo‘llaniladi. Buning uchun asbobning qo‘zg‘almas g‘altagi zanjirga ketma-
ket, qo‘zg‘aluvchan g‘altak esa unga ketma-ket ulangan qo‘shimcha qarshilik R

bilan birga zanjirga parallel ulanadi.
Vattmetr o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlariga ulanganda tok va 
kuchlanish g‘altaklarining qutblariga e’tibor beriladi. Shu maqsadda g‘altaklarning 
tegishli qismalari yulduzcha bilan belgilanadi. Bu qismalar asbobning generator 
qismalari deb ataladi va ular zanjirning manbasiga ulanadi. 
Ferrodinamik vattmetrlar ham zanjirga xuddi elektrodinamik vattmetrlar 
singari ulanadi. Ularda kuchli magnit maydoni hosil qilinganligi tufayli tashqi 
maydonning ta’siri deyarli sezilmaydi. Lekin gisterezis hodisalari asbobning 
metrologik tavsiflarining yomonlashishiga olib keladi. 


30 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin