24
Magnitoelektrik asboblar faqat o‘zgarmas tokda ishlaydi. Shuning uchun
asbob ko‘rsatkichi kerakli tomonga burilishi
uchun uni zanjirga ulashda
o‘lchanayotgan kattalikning ishorasiga e’tibor berish zarur.
Magnitoelektrik asbobning sezgirligi burilish burchagi
α
ga bog‘liq emas,
shuning uchun ham bunday asboblarning shkalasi bir tekis shkalalanadi.
Magnitoelektrik asboblar o‘lchash aniqligi yuqori bo‘lgan asboblar
turkumiga kiradi. Ular 0,1 aniqlik sinfigacha yasalishi mumkin. Ishchi havo
oralig‘ida magnit maydonning bir tekis taqsimlanganligi darajalash (graduiruvka)
xatoligini kamaytiradi. O‘zining magnit maydoni kuchli bo‘lganidan tashqi
maydonlarning ta’siri sezilarsiz. Haroratning o‘zgarishi tufayli yuzaga
keladigan
xatolik maxsus sxemalar yordamida kompensasiyalanadi.
Magnitoelektrik asboblarning afzalliklaridan biri ularning yuqori
sezgirligidir. Sezgirligi bo‘yicha ular boshqa asboblardan juda ustun turadi.
Masalan 0,1 mkA gacha to‘la og‘ishli magnitoelektrik mikroampermetr
mavjud (M 95 rusumli, aniqlik sinfi 1,0). Bunday asboblarning quvvat
iste’moli ham juda kam, yuqori o‘lchash chegarasi 5 A bo‘lgan
ampermetr
0,3 Vt ga yaqin quvvat iste’mol qiladi.
Elektromagnit asboblarda aylantiruvchi moment o‘lchanayotgan tok
o‘tayotgan g‘altak magnit maydonining bir yoki bir nechta ferromagnit o‘zak
bilan o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Hozrgi vaqtda elektromagnit
o‘lchash mexanizmlarininig asosan uchta turi keng qo‘llaniladi. Bular yassi
g‘altakli, aylanasimon g‘altakli va magnit o‘tkazgichli elektromagnit o‘lchash
mexanizmlari. 3-rasmda yassi g‘altakli elektromagnit o‘lchash mexanizmining
sxema tik tuzilishi ko‘rsatilgan. G‘altak 1 dan o‘lchash zarur bo‘lgan tok
o‘tganda uning magnit maydoni ta’sirida magnit yumshoq materialdan
tayyorlangan 2 o‘zak g‘altakning tortirqishiga tortiladi
va tegishli burchakka
buriladi.
25
3.3-rasm. Elektromagnit o‘lchash mexanizmi: 1-qo‘zg‘almas g‘altak; 2-
qo‘zg‘aluvchan plastinka; 3 – spiralli prujina; 4-o‘q(ko‘rsatkich bilan mustahkam
bog‘liq).
Magnit oqimini kuchaytirish va aylantiruvchi momentni rostlash maqsadida
qo‘zg‘almas o‘zak ko‘zda tutiladi. O‘zak magnit singdiruvchanligi juda yuqori
(aylantiruvchi momentni oshirish uchun) va koersitiv kuchi kichik(gisterezis
tufayli yuzaga keladigan xatolikni kamaytirish uchun) bo‘lgan materiallardan
tayyorlanadi. Elektromagnit o‘lchash mexanizmlarida ko‘pincha
havoli yoki
suyuqlikli tinchlantirgichlar qo‘llaniladi.
Aks ta’sir momentni spiral 3 hosil qiladi. Ko‘rsatkich o‘q 4 ga
mahkamlangan.
O‘lchash mexanizmining g‘altagidan o‘zgarmas tok o‘tganda uning atrofida
doimiy magnit maydoni hosil bo‘ladi.
O‘lchanayotgan kattalik bilan ko‘rsatkich og‘ish burchagi o‘rtasidagi
bog‘lanish chiziqli emas. Shuning uchun elektromagni asboblarning shkalasi
notekis. Qo‘zg‘aluvchan o‘zak shaklini tanlagan holda asbob shkalasiniuning
yuqorigi chegara qiymatining 15-20 foizidan boshlab tekisligini ta’minlash
mumkin. Elektromagnit asbob o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘llanilganda
asbobning metall qismlarida uyurma toklar hosil bo‘ladi va ularning maydoni
g‘altak magnit maydonini bir muncha kamaytirishi
natijasida xatolik yuzaga
keladi.
26
Elektromagnit asboblar sezgirligi magnitoelektrik asboblar sezgirligidan
ancha past, quvvat iste’moli esa juda katta. Elektromagnit asboblarda tashqi
harorat o‘zgarishining ta’siri ham magnitoelektrik asboblarga nisbatan juda katta.
Tashqi maydonning ta’siri astatik usul yordamida keskin kamaytirilishi
mumkin.
Bu usulga ko‘ra bitta o‘qqa ikkita ferromagnit o‘zak mahkamlangan bo‘lib,
ularning har biri o‘zining g‘altagiga maydon ta’sirida tortilish imkoniyatiga ega.
G‘altaklar bir xil bo‘lib o‘zaro ketma-ket va induktiv jihatdan qarama-qarshi
ulangan. Buning natijasida bitta g‘altakda uning xususiy maydoni bilan tashqi
magnit
maydon
qo‘shilsa,
ikkinchi
g‘altakda
ular
ayriladi.
Natijada
qo‘zg‘aluvchan o‘qqa ta’sir etayotgan moment qiymatiga tashqi maydon ta’sir
ko‘rsatmaydi. Berk magnit o‘tkazgichli elektromagnit
asboblarning xususiy
magnit maydoni kuchli bo‘lganligi sababli ularning o‘lchashiga tashqi
maydonlarning ta’siri uncha sezilmaydi.
Dostları ilə paylaş: