Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə38/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

Umumiy ma’lumotlar 
Raqamli o‘lchash asbobi deb, o‘lchash borasida uzluksiz o‘lchanayotgan
kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi
qurilmada diskret tarzda o‘zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi.
Raqamli o‘lchash asboblari hozirgi kunda juda keng tarqalgan. Raqamli o‘lchash
asbobining funksional chizmasi 6.6-rasmda keltirilgan.
KAO‘ - analog o‘zgartkich; ARO‘ – analog-raqamli o‘zgartkich; RQQ - raqamli
qayd etish qurilmasi.

6.6-rasm. Raqamli o‘lchash asbobining funksional chizmasi.

“X” analog signali kirishdagi analog o‘zgartkich KAO‘ da keyingi
o‘zgartirish uchun qulay formaga o‘zgartiriladi, so‘ngra analog-raqamli
o‘zgartkich (ARO‘) yordamida diskretlashtiriladi va kodlanadi. Va nihoyat,




77
raqamli qayd etish qurilmasi RQQ o‘lchanayotgan kattalik bo‘yicha kodlangan


ma’lumotni raqamli qaydnoma tarzida, operatorga qulay formada ko‘rsatadi.
Tavsiya etiladigan ma’lumotni qulayligi va aniqligi sababli raqamli o‘lchash
asboblari ilmiy-teshirish laboratoriyalaridan keng o‘rin olgan.
Raqamli o‘lchash asboblari analog o‘lchash asboblariga nisbatan quyidagi
afzalliklarga egadir:

yuqori aniqlik;


keng ish diapazoni;


tezkorlik;


o‘lchash natijalarini qulay tarzda tavsiya etilishi;


avtomatlashtirilgan tarmoqlarga ulash mumkinligi;


o‘lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi va hokazolar.


Lekin, har to‘kisda bir ayb deganlaridek, raqamli o‘lchash asboblarining
ham muayyan kamchiliklari mavjud:

murakkabligi;


tannarxining balandligi;


nisbatan ishonchliligi pastroq.


Lekin, integral sxemalarning tezkor rivoji natijasida yuqoridagi kamchiliklar
tobora chekinib bormoqda.
Raqamli o‘lchash asbobining asosi bo‘lib ARO‘ hisoblanadi. Unda ma’lumot
diskretlashtiriladi, so‘ngra kvantlanib kodlanadi. Diskretlashtirish - bu muayyan
(juda qisqa) diskret vaqt oralig‘ida qaydnomalarni olishdir. Odatda, diskretlash
qadamini doimiy qilishga harakat qilinadi. Kvantlash esa, X(t) kattaligining
uzluksiz qiymatlarini X
n
diskret qiymatlarning to‘plami bilan almashtirish
hisoblanadi. Kattalikning uzluksiz qiymatlari muayyan tartiblar asosida kvantlash
darajalarining qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa, muayyan ketma-
ketlikda ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat.
Diskretlashtirish va kvantlash raqamli o‘lchash asbobining asosiy xatolik
manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, kvantlash darajalarining soni ham o‘ziga
yarasha xatoliklar kiritadi.




78
Suyuq kristalli indikatorlarning tezkor rivoji raqamli o‘lchash asboblarining


ixchamlashuviga, energiya sarfining kamayishiga zamin yaratmoqda.
Qulaylik va ishonlilik bo‘lishi uchun kompyuterlarda ko‘pincha shunday
fizik jixozlar ishlatiladiki ular faqat ikkita holatda bo‘ladi: “ulangan” yoki
“uzulgan”, “ha” yoki “yo‘q”, “ochiq” yoki “yopiq”. Ularning birinchisi 1 holati
deb qaralsa, ikkinchisi 0 holati deb qaraladi.
Sonlarni 1 va 0 larning turli kombinatsiyalari ko‘rinishida ifodalash
ikkilik ifodalash deb ataladi.


Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin