Ученый XXI век



Yüklə 12,67 Kb.
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü12,67 Kb.
#122174
  1   2
boshlang-ich-matematika-kursida-og-zaki-hisoblashga-o-rgatishning-o-rni

Ученый XXI века • 2022 • № 4 (85)




BOSHLANG`ICH MATEMATIKA KURSIDA OG`ZAKI HISOBLASHGA O`RGATISHNING O`RNI
Sh.N. Ergashova1, G.I. Ortiqova2 Maqolada boshlang`ich matematika kursida og`zaki hisoblashga o`rgatishning
o`rni haqida ma’lumot berilgan.


Kalit so`zlar: matematika, ta’lim, og`zaki hisob, matematik tusubcha, o`qituvchi, o`quvchi.

Matematik ta’lim sohasi bo`yicha standart ko`rsatkichlar bolalarda natural sonlar va nol to`g`risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko`nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlarni va arifmetik amallarni qo`llay olishga o`rgatish, eng sodda geometrik shakllar hamda og`zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazaridan belgilandi.


Og`zaki hisoblashga doir mashg`ulotlarning samaradorligi mashqlarning hajmi va mazmunigagina emas, balki ularning berilishi va tekshirilishi, o`quvchilarning bilimini sinash, og`zaki va yozma mashqlarning almashtirib turilishiga ham bog`liqdir. Og`zaki hisoblash malakalarining uzluksiz takomillashib borishi uchun og`zaki va yozma hisoblash usullarini qo`llashda to`g`ri munosabat o`rnatish, chunonchi og`zaki hisoblash qiyin bo`lgandagina yozma hisoblash zarur. O`quvchilarning topshiriqni eshitib qabul qilishlarida o`qituvchi topshiriqni o`qib beradi, ular esa eshitadi. Bunda asosiy kuch xotiraga qaratiladi, bunday mashqlar juda foydali bo`lib, eshitish xotirasini rivojlantiradi.
Bolalarning og`zaki hisoblash malakalarini har doim tekshirib turish kerak. Og`zaki hisoblashga doir mashqlarni birinchi darslardanoq kiritilsa, samarasi ancha yuqori bo`ladi. O`quvchilarning og`zaki hisoblash malakalari turli-tuman mashqlarni bajarishlari jarayonida shakllanadi.
Asosiy matematik tushunchalar hosil qilish, sonlarning xossalarini va arifmetik amallarning qonunlarini o`rganish bilan bir qatorda boshlang`ich ta’limda bolalarda hisoblash malakalari hosil qilish doim eng muhim o`rin tutib kelgani hammaga ma’lum. Bolalarga hisoblashni o`rgatish sistemasi va metodikasida turli zamonlarda va turli mamlakatlarda prinsipial farqlar faqat og`zaki va yozma hisoblash usullarini aniqlashga, hamda tegishli malakalar hosil qilish yo`liga nisbatangina bo`lgan.
Har bir kishi uncha murakkab bo`lmagan hisoblashlarni ”zehnda” tez va to`g`ri bajarishni bilishining amaliy ahamiyatidan tashqari, og`zaki hisobni o`zbek uslubshunoslari doim bolalarning arifmetika darslarida olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirishning yaxshi vositalaridan biri deb qaraydilar. Og`zaki hisob asosiy matematik tushunchalarni shakllantirishga sonlarning qo`shiluvchilardan, ko`paytuvchilardan iborat tarkibi bilan yanada chuqurroq tanishishga, arifmetik amallarning qonunlarini va boshqalarni yaxshi o`rganishga yordam beradi. Og`zaki hisob mashqlarga tarbiyaviy jihatdan ham yuksak baho berib kelingan: og`zaki hisob bolalarda fahm-farosat, zehn, diqqatning rivojlanishiga, bolalar xotirasini, aktivligini, chaqqonligini, sezgirlik va fikrlashda mustaqilligini rivojlantiradi deb hisoblangan.
Hozirgi zamon maktabida og`zaki va yozma hisoblar qanday o`rin tutishi kerak? Shu asosiy masala bilan bog`langan qanday xususiy masalalar maktab tajribasida tekshirib ko`rishni talab qiladi.?
Hisoblashning ikkala turi ham boshlang`ich matematika ta`limi sistemasida muhim ro`lini saqlashi kerak. Matematik ma’lumotnoma jadval o`quvchilar turmushda uchratadigan hollarning hammasini o`z ichiga ololmaydi. O`quvchilar mustaqil bajargan arifmetik shakl almashtirishlar ularga shakl almashtirishning o`zi nima



1Ergashova Shalola Norpo`lot qizi - Shofirkon tumani 29-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi (Buxoro, O`zbekiston).
2Ortiqova Gulsanam Ilhomovna - Shofirkon tumani 29-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi (Buxoro, O`zbekiston).



50

Yüklə 12,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin