ekanini tushunishga yordam etadi, busiz o`quvchilarga jadvallarni tushunib olishning o`zi ham qiyin bo`ladi. Ammo dasturga hamda metodikaga maqsadga muvofiq o`zgarishlar kiritib, og`zaki va yozma hisoblashni o`rgatishni ratsionallashtirish zarur.
Bundan buyon yozma hisoblash usullarini, hozirgi dastur bo`yicha nazarda tutilganidek, ming ichida emas, balki, mumkin bo`lgancha ilgariroq, yuz ichida kiritish mumkinligini tekshirib ko`rish kerak. Mingni alohida konsentr qilib olishni bekor qilib, konsentrlarni kamaytirish imkonini ham tekshirish lozim.
Dasturdagi yozma hisoblashning ko`p xonali sonlarga taalluqli ba’zi xollarini qisqartirish masalasini qo`yishga jiddiy asoslar bor. Birinchi navbatda uch xonali songa ko`paytirish va bo`lishning ba’zi xollarini qisqartirish o`rinli bo`lsa kerak. Hisoblash usullari kichik sonlarga nisbatan qanday bo`lsa, katta sonlarga nisbatan ham shundayligicha qoladi. O`quvchilar kichik sonlar bilan ish ko`rganlarida bu usullarni to`la egallab oladilar. Agar o`quvchiga amaliyotda katta sonlar bilan hisoblash kerak bo`lib qolsa, u hisoblashni uddalay oladi. Hisoblash usullari o`quvchida paydo bo`lgan, faqat butun hisoblash jarayoni davomida diqqat-e’tiborni saqlash kerak bo`ladi, xolos.
Shuni ham qayd qilib o`tish lozimki, maktabda bolalar (katta sonlar bilan) yozma hisoblashlarda ko`p xato qiladilar; buning sababi ular hisoblashni bilmaganliklaridan emas, balki hisoblash jarayoni ustida o`z diqqatlarini tutib tura olmaganliklaridadir.
Og`zaki mashqlar o`qituvchiga darsda o`quvchilarni birоz erkin va qulay tutishiga imkоn bеradi.
Foydalanilganadabiyotlar:
Jumayev M.E. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi.T.:-2005yil
Имомова Ш.М., Орзиева М.С. Использование современных информационных технологий при обучение математике// УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. №12(25),2016.С.34-35.
Имомова Ш.М., Фаттоева Г.Ш. Методика преподавания темы квадратных уравнений// УЧЕНЫЙ XXI BEKA. №1 (48), 2019.С.29
Имомова Ш.М., Исмоилова М.Н. Вычисление наибольшего собственного значения матрицы и соответствующего ей собственного вектора в среде Mathcad// ACADEMY. 2020. № 6(57). C9.