Shaxsingizga oid ma'lumotlarni «Humans» guruhi kompaniyalari tomonidan himoya qilinishini ta'minlash Shaxsingizga oid ma'lumot bizning tasarrufimizda bo'lgan davrda uning tasodifiy, noqonuniy
yoki ijozatsiz yo'q qilinishidan, yo'qotib qo'yilishidan, o'zgartirilishidan, foydalanilishidan yoki
oshkor qilinishidan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan bir qator ma'muriy, texnik va jismoniy
xavfsizlik choralarini qo'llaymiz.
Ma'lumotlarni himoya qilish, saqlash va o'tkazish Biz shaxsingizga oid ma'lumotni tasodifan yo'qolib qolishidan, ijozatingizsiz undan
foydalanilishidan, uni o'zgartirilishidan, oshkor qilinishidan himoya qilish uchun ishlab
chiqilgan choralarni ishga soldik. Аfsuski, internet orqali ma'lumot o'tkazish to'la xavfsiz, deb
bo'lmaydi. Biz shaxsingizga oid ma'lumotlarni himoya qilish uchun butun kuchimizni ishga
solsakda, bizning Servisimiz orqali o'tkaziladigan bunday ma'lumotlarning himoyasini
kafolatlamaymiz. Shaxsingizga oid ma'lumotlarni o'tkazishdagi barcha xavf-xatarniSiz o'z
zimmangizni olasiz. Biz Servislarimizda ko'zda tutilgan maxfiylik sozlamalarini yoki xavfsizlik
choralarini chetlab o'tib amalga oshirilgan ishlar uchun javobgar emasmiz.
Ma'lumotlaringizning xavfsizligi va himoyasi O’zingizga ham bog'liq. Аgar biz Sizga
Servislarimizning ma'lum bo'limlaridan foydalanish uchun parol taqdim qilgan bo'lsak (yoki
parolni o'zingiz tanlagan bo'lsangiz), ushbu parolning maxfiyligi uchun o'zingiz javobgarsiz. Biz
Sizdan hech kimga ushbu parolni oshkor qilmasligingizni so'raymiz. Biz Sizdan e'lonlar taxtasi
kabi Servisning umumiy foydalanish zonalarida ma'lumot joylashtirish chog'ida ogoh
bo'lishingizni qattiq iltimos qilamiz. Umumiy foydalanish zonalarida almashiladigan
ma'lumotlar Servisning barcha foydalanuvchilari tomonidan ko'rilishi mumkin.
Boshqa veb-saytlar va Servislarga havolalar Servis veb-saytlarga yoki bizning ish hamkorlarimiz yoki reklama beruvchilarimiz bo'lgan
uchinchi shaxslarning veb-saytlaridan, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardan havolalarni o'z ichiga
olishi mumkin, foydalanuvchilarimiz uchinchi shaxslar veb-saytlarida havolalar joylashtirishlari
mumkin. Аgar Siz havola bo'ylab bunday veb-saytlarning biriga o'tayotgan bo'lsangiz, ushbu
veb-saytlarga nisbatan ularning o'ziga qarashli bo'lgan shaxsga doir ma'lumotga ishlov berish
siyosati qo'llanilishi mumkin; biz bunday siyosatning mazmuni uchun javobgar emasmiz. Biz
sizga bunday veb-saytlardan foydalanish shartlari va ularning shaxsga oid ma'lumotlarga
ishlov berish siyosati bilan tanishib chiqishingizni qat'iy tavsiya qilamiz; shunday qilib Siz ular
tomonidan qo'llanilayotgan ma'lumotni yig'ish, almashish va undan foydalanish haqida
o'zingizda tushuncha paydo qilasiz. Biz uchinchi shaxslar qabul qilgan shaxsga oid
ma'lumotlarga ishlov berish tajribasiga hamda ularning veb-saytlari mazmuniga javobgar
emasmiz.