SENARIYSI
( Maktab hovlisi tadbirga mos tarzda bezatilgan. Oquvchilar tomonidan giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarini korsatib beruvchi chizgan rasmlari ilingan. Buyuklarning giyohvadlik ,kashandalik kabi illatlar haqida bildirgan fikrlari yozilgan.)
Tadbir tashkilotchisi ,,GIYOHVANDLIK (narkomaniya) ASR VABOSI!
mavzusida maruza oqiydi.
Giyohvandlik (Narkomaniya) - (yunoncha narke - karaxtlik va maniya - telbalik, jaxl, shodxurramlik) narkotik va narkotik tasirga ega bolgan moddalarni istemol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik giyohvand moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu xastalik bilan ogrigan kishining jismoniy va ruxiy holati xumorini bosadigan tegishli narkotik modda istemol qilishga boglik. Narkomaniya organizmda chukur ozgarishlarga sabab boladi va uni tanazzulga olib keladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib borib surunkali davom etadi. Narkotik moddalar dastlab xursandlik, vaktichoglik, xotirjamlik xissini oygotib,kayf qildirishi sababli istemol qilinib bora-bora kasallikka aylanadi. Narkotik modda dozasini ozboshimchalik bilan ozgartirib borish, uni tez-tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi.
. Narkotik moddaning dozasi ozgina oshishi bilan bemor olib qolishi mumkin. Narkomaniyani davolash fakat psixiatriya kasalxonalarida vrachlarninng qattik nazorati ostida olib borilishi kerak.
BMTning narkotik moddalarni nazorat qilish va jinoyatchilikning oldini olish boshqarmasi malumotiga kora, 2009 yili Afgonistonda 4,100 tonna qora dori yetishtirilgan.
Uning 30 foizdan koprogi MDX davlatlari hududi orqali otadi. Narkomafiya faoliyati inson savdosi, noqonuniy mablaglarni yuvish hamda qurol-yaroq kontrabandasi bilan uzviy bogliq bolib, bu hol nafaqat davlatlarning iktisodiy va ijtimoiy muammosi, balki mamlakat xavfsizligi uchun xam xatar tugdirishini uqtirishadi mutaxassislar.
Dostları ilə paylaş: |