© UCLES 2020
Prezident maktablari – Fikrlash Qobiliyatini
baholash test sinovi
NAMUNAVIY TEST SAVOLLARI
Quyidagi test savollari majmuasi Prezident maktablarining 5 – 6-sinflariga
qabul
qilinadigan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan Fikrlash
Qobiliyatini baholash test
sinovlari bo‘yicha namunaviy qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi.
Har bir savolga uning to‘g‘ri javobi hamda qisqa asoslantirish berilgan.
Qo‘shimcha ma‘lumot uchun test sinovlari bo‘yicha alohida qo‘llanmani ko‘ring.
© UCLES 2020
Tanqidiy Fikrlash
1 Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassisining fikriga ko‘ra, raqs darslari maktab o‘quv
dasturining muhim qismi bo‘lishi lozim va maktab o‘quvchilari sport darslariga
qancha vaqt
sarflashsa raqs darslariga ham shuncha vaqt sarflashlari kerak.
Quyidagi gaplarning qaysi biri sizning ushbu mutaxassis fikriga qo‘shilishingizga asos bo‘la
oladi?
A Raqs bolalarning aqliy qobiliyatlarini yaxshilaydi.
B Ba‘zi bolalar sport bilan shug‘ullanish uchun kerakli uskunalarni sotib ololmaydilar.
C Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassisi malakali raqs o‘qituvchisi hisoblanadi.
D Raqs ilgari maktablarda o‘rgatilgan.
To‘g‘ri javob: A
Asos:
Agar raqs bolalarning aqliy qobiliyatlarini yaxshilasa, bu raqs darslari maktab o‘quv
dasturining muhim qismi bo‘lishi kerak degan fikrni kuchaytiradi.
© UCLES 2020
2
Keksayganda sog‘lom bo‘lishni istagan kishi, to‘g‘ri ovqatlanishga rioya
qilishi va muntazam
ravishda jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishi lozim.
Kimning fikri to‘g‘ri?