Udk 004. 42 Maxmadiyev B. S., Mallayev A. R. Dinamik tizimlarni kompyuterli modellashtirishda matlab / simulink muhitidan foydalanish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix09.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73378
növüСтатья
1   2   3   4   5
matematik analizdan

Asosiy qism. Zamonaviy MatLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib
universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. Umuman olganda MatLAB
matematika faninig rivojlanishi davomida to`plangan barcha tajribalarini o'zidа 
mujassamlashtirgan va uni grafik vizuallash va animatsiya vositalari bilan uyg’unlashtirilgan noyob 
tizimga aylandi. MatLAB tizimining dasturlash tili an`anaviy dasturlash tillariga nisbatan 
afzalliklarga ega, uning imkoniyatlari juda keng bo’lib undan hisoblashlarni bajarish va jarayonlarni 
modellashtirish uchun fan va texnikaning barcha sohalarida foydalanish mumkin[3]. 
Kompyuterli modellashtirish usullari va vositalarini rivojlantirish har doim unson bilan 
hisoblash tizimi o’rtasidagi muloqatni soddalahtirish va dasturlash tillari masalasini muhandislik 
masalasiga yaqinlashtirishdan iborat bo’lgan. 
MatLAB tizimida dasturlashda vizual yondashuvdan foydalanuvchi mutaxassis,
modellashtirishning zamonaviy dasturiy komplekslarida, hal qilinadigan masalaning virtual 
modelini display ekranida shakllantiriladi. Bunda qurilgan model dasturiy ta'minot tizimi 
kutubxonasida mavjud yoki foydalanuvchi tomonidan yaratilgan virtual elementlar asosida o’zaro 
bog’langan strukturali sxema ko’rinishida hosil qilinadi. Virtual elementlar dasturlashning 
avtomatlashtirilgan usullaridan foydalanib, yuqori darajali dasturlash tilida yozilgan bo’lib tegishli 
matematik operatsiyalarni amalga oshiruvchi muhim dasturiy qism hisoblanadi. 
Yechiladigan masalani strukturali sxemasini display ekranida yaratish jarayoni, masalani hal 
qilish dasturiga to’liq mos keladi, ushbu dastur masalaning murakkabligiga bog’liq ravishda 
yuzlab hatto minglab buyruqlardan iborat bo’lishi mumkin. Bunda foydalanuvchi murakkab 
dasturlar tuzish, kompilyatsiya qilish va rostlash zaruratidan ozod bo'ladi. 


Grafik ya’ni vizual dasturlash vositalari, foydalanuvchi uchun tabiiy bo’lgan, qulay grafik 
shaklda, avtomatik ravishda, masalani kompyuter tiliga tarjima qiladi. Modellashtirish natijalarini 
grafik shaklida, masalan, vaqt yoki fazoli diagrammalar va animatsion tasvirlar shaklida taqdim 
qilish imkonini beradi. Bunday vositalar yordamida modellarni yaratish murakkabligi va hisoblash 
tajribalarini o’tkazishga ketgan vaqt sarfi an’anaviy usulda, ya’ni qo’lda har bir yangi ishlanma 
uchun individual dastur tuzganga nisbatan o’nlab marta kamayadi. 
Vizual modellashtirishning grafik muhitlarini nisbiy arzonligi va uni ishlatish qulayligi, har 
bir muhandis, texnolog va boshqaruvchilar uchun kompyuterli modellashtirishdan keng 
foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
Ayni vaqtda, vizual modellashtirishning bir necha o'nlab grafik muhitlari mavjud, ular 
orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
-MathWorks Inc firmasining MatLAB dasturiy ta'minot tizimi kompleksi asosida ishlovchi
Simulink ilovasi; 
- National Instruments firmasining LabVIEW kompleksi. Bu muhit ma'lumotlarni yig'ish va 
qayta ishlash tizimlari, shuningdek, texnik ob'ektlar va texnologik jarayonlarini boshqarish uchun 
ishlatiladi; 
- Interaktiv Image Technologies Ltd firmasining Electronics Workbench (MultiSIM) dasturiy 
kompleksi. Bu muhit elektron mikrosxemalarni modellashtirish va loyihalashni avtomatlashtirish 
masalalarini yechish uchun ishlatiladi; 
- FemLAB (COMSOL MULTIPHYSICS) dasturiy kompleksi. Bu muhit chekli elementlar 
usuli yordamida, hususiy hosilali integro-differensial tenglamalar bilan tasvirlanadigan
taqsimlangan parametrli modellashtirish tizimi uchun ishlatiladi. U MatLAB majmuasida yoki 
avtonom ishlashi mumkin. 
Simulink dasturi MatLAB paketi uchun ilova hisoblanadi. MatLAB muhiti, birinchi navbatda, 
ma'lumotlarni qayta ishlashga (Matritsalar, Vektorlar va shunga o'xshash) yo’naltirilgan. U 
ko’rsatilgan turdagi ma’lumotlar bilan ishlash jarayoni samaradorligini an’anaviy dasturlash 
tillari(Pascal, Delphi C++ va hokazo)ga nisbatan sezilarli oshirishga imkon beradi va MatLAB
tizimini Maple, MathCAD, Mathematica kabi boshqa tizimlardan ajratib turadi.
Ma’lumotlarni vektorli qayta ishlash, hisoblashlarni yuqori tezlikda bajarilishini ta'minlaydi, 
aksariyat hollarda foydalanuvchini takroriy hisoblash jarayonlarini yozishdan xalos etadi va zaruriy 
hisob aniqligini ta'minlaydi. 
Simulink ilovasi dinamik tizimni alohida elementlariga mos keluvchi bloklarni birlashtirish
va ularni vaqt tizimida xususiyatlarini o'rganishda muhim uskuna hisoblanadi. Simulink(S-model) 
vositasida vizual modellar yaratish drag-and-drop («ko’chirib o’tkaz va qoldir»
texnologiyasiga asoslangan. S-modelni qurish uchun Simulink kutubxonasida saqlanadigan
modullardan, ya’ni bloklardan foydalanamiz[2]. 
Simulink kutubxonasining yaxshiligi shundaki, u bir tomondan MatLABning barcha asosiy 
imkoniyatlaridan foydalanishga imkon beradi, boshqa tomondan MatLABning yetarlicha mustaqil 
komponentasi hisoblanadi. Undan foydalanganda ilova tarkibidagi boshqa uskunalar bilan ishlash 
ko’nikmasiga ega bo’lish shart emas.
Modelga kiritilayotgan bloklar bir-biri bilan axborot bo’yicha va boshqarish bo’yicha bog'liq 
bo'lishi mumkin. Aloqa ko’rinishi blok turiga va modelni ishlash mantiqiga bog’liq bo’ladi. Bloklar 
orasida almashinadigan ma’lumotlatlar skalar, vektor yoki ixtiyoriy o'lchamli matritsalar bo'lishi 
mumkin. 
Har qanday S-model ierarxik strukturaga ega ya'ni, quyi darajadagi modellardan iborat
bo’lishi mumkin. Bunda ierarxik darajalar soni cheklangan emas. Modellashtirish vaqtida tizimda 
kechayotgan jarayonlarni kuzatish imkoniyati mavjud. Buning uchun Simulink kutubxonasi 
tarkibiga kiruvchi maxsus "kuzatish oynasi"dan foydalaniladi. Unda foydalanuvchini qiziqtirgan 
xususiyatlarni raqamli va grafik shaklda taqdim qilinish mumkin. 
Dasturlashni 
strukturali 
va 
modulli 
printsiplarini 
qo’llash, turli algoritmlarni 
unifikatsiyalangan dastur modullari jamlanmasi ko’rinishida taqdim qilishga imkon beradi. Bu 
pirovardida dastur ko'rinishini yaxshilaydi, rostlashni yengillashtiradi, tuziladigan dasturiy 


ta’minotning umumiy miqdorini kamaytiradi. Bundan tashqari Simulink kutubxonasi tarkibini
foydalanuvchi o'zi yaratgan dastur bloklari hisobiga ham kengaytiririshi mumkin. 
MatLAB tarkibida grafik (vizual) dasturlash usullariga asoslangan va Simulink ilovasi bilan 
birgalikda ishlashga imkon beruvchi qator ilovalar mavjud: 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin