55
-
mavsumiy,ma’lum bir mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlaydigan,
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash va tayyorlash
muddati bilan bog’liq. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo’lgan talab
va taklifning mavsumiy omillari baravar ta’sir qilishi natijasida namoyon bo’ladi;
-
texnologik
o’zgaruvchan,bunday
ishsizlik
korxonada
texnologik
o’zgarishlarning amalga oshirilishi va korxonaning modernizatsiya qilinishi
natijasida yuzaga keladi. Masalan, fan-texnika yutuqlari tufayli qo’l mehnati
o’rnini mashina egallashi sababli yuzaga keladi.
Ish bilan ta’minlashga muhtoj bo’lgan aholi mehnat organlarida ro’yxatdan
o’tgan ishsizlar va mustaqil tarzda ish izlayotgan ishsizlardan iborat.
Statistik
ma’lumotlarga ko’ra, yurtimizda mehnat organlarida ro’yxatdan o’tgan ishsizlar
soni kamaygan, aksincha mustaqil tarzda ish izlayotgan
ishsizlar soni esa ortgan
(10.3.2-jadval).
10.3.2-jadvaldan ko’rinib turganidek, 2008-2012 yillarda mamlakatimiz
bo’yicha mehnat organlarida ro’yxatdan o’tgan ishsizlar soni 22,7 ming kishidan 6
ming kishiga yoki 73,6 foizga kamaygan. Aksincha, bu davrda mustaqil tarzda ish
izlayotgan ishsizlar soni 75,3
ming kishiga, ya’ni 13,8 foizga ortgan. Boshqacha
qilib aytganda, tahlil qilinayotgan davrda ish bilan ta’minlashga muhtoj bo’lgan
aholi tarkibida rasmiy ro’yxatdan o’tgan ishsizlar ulushi 4,0 foizdan 1
foizga
kamaygan, mustaqil tarzda ish izlayotgan ishsizlar soni ulushi esa 96 foizdan 99
foizga ortgan.
Mehnat organlarida ro’yxatga olingan ishsizlarning asosiy qismi Toshkent
shahri (20,7 foiz), Qashqadaryo (11,7 foiz) va Surxondaryo (10,3 foiz)
viloyatlariga to’g’ri keladi.
Ish qidirib, Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
markazlariga murojaat qilganlarning aksariyati ishga joylashtirilmoqda.
Jadvaldan ko’rinib turganidek, 2009 yilda ish izlab,Bandlikka ko’maklashish
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar)
markazlariga murojaat
qilganlarning 85,8 foizi ishga joylashtirilgan bo’lsa, 2012 yilga kelib bu raqam
90,4 foizga teng bo’lgan. Bunday ko’rsatkichga erishishga bandlikka
56
ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va ularning har bir
yirik qishloq fuqarolik yig’inida joylashgan muqim punktlarida
fuqarolarni ishga
joylashtirishga individual ravishda yondashilgani ko’maklashdi.
2012 yilda Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
tuman (shahar) markazlariga eng ko’p murojaat qilganlar Farg’ona (murojaat
qilganlar umumiy sonining 13,7 foizi), Samarqand (11,1 foiz) va Andijon (10,4
foiz) viloyatlariga to’g’ri keladi. Mehnat organlariga ko’proq qishloq (72,9 foiz)
aholisi hamda 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar (54,3 foiz) murojaat etmoqda.
Fuqarolarning
ishga
joylashishlariga
ko’maklashish, ish qidirish
muddatlarini qisqartirish maqsadida 2012 yili 768 ta bo’sh ish o’rini
yarmarkasi
o’tkazildi va ularda 36,6 mingdan ortiq ish beruvchi va 264 ming nafardan ortiq
ish izlovchi qatnashdi. Ushbu yarmarkalarda 100,5 ming kishi, jumladan, 62,9
ming yosh yigit-qiz, o’quv muassasalari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan
zaxiraga bo’shatilganlar, jazoni o’tash muassasalaridan
qaytganlar ishga
joylashishga yo’llanma olgan.
O’zbekistonda ishsiz fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida
belgilangan tartibda ijtimoiy nafaqalar to’lanadi, ishsizlar haq to’lanadigan jamoat
ishlariga jalb etiladi, kasbga o’qitiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyuldagi
Dostları ilə paylaş: