15.1.2-rasm. 2013 yilda ish o’rini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash
dasturining moliyaviy manbalari, foizda
Manba?
Rasmdan ko’rinib turganidek, 2013 yilda ish o’rini tashkil etish va aholi
bandligini ta’minlash dasturi moliyaviy manbalarining 42,7 foizini korxonalar va
aholi mablag’lari, 21,6 foizini xorijiy investitsiyalar, 18,5 foizini tijorat banklari,
11 foizini byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar hamda 6,2 foizini Tiklanish
va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari tashkil qiladi.
2.3. Respublikada samarali ijtimoiy siyosatning ishsizlikning salbiy
oqibatlarini barataraf etishdagi ahamiyati
44
Barchamizga ma’lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi barcha
davlatlarga ertami-kechmi o’zining ta’sirini o’tkazib kelmoqda. Shu jumladan,
ishsizlik darajasi past bo’lgan davlatlarga ham sezilarli darajada ta’sir etmoqda.
Ishchi kuchi bozori iqtisodiyotning turli sektor va tarmoqlarining muhim
bog’lovchi bo’g’inidir. Ishchi kuchi bozori – bu ishchi kuchini oldi-sotdi qilish
munosabatini bildiradi va unda talab va taklif qonuni amal qiladi. Bu erda raqobat
sharoitida ishchi kuchining oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Ishchi kuchi bozorining
bir tomonida ish kuchi egasi tursa, ikkinchi tomonida ishchi kuchiga muhtoj
korxona, firma turadi. Ular o’rtasida ayirboshlash munosabati yuz beradi.
Ishchi kuchi bozori – bozorning boshqa tizimlari bilan uzviy bog’langan
bo’lib, haqiqatan ham talabga ega bo’lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va
kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo’lishi kerak. Ishlab
chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o’z iste’mol sifatlarini
yo’qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim.
24
Ishchi kuchiga jami
talab – investitsiya va ishlab chiqarish xajmlari bilan tartibga solinadi. Ba’zi
tadqiqotchilarning fikricha, ishchi kuchi bozori ish beruvchilar va yollanib
ishlashni xohlovchilarni bevosita kelishuvi orqali talab va taklifni qanoatlantirish
uchun sharoitlar yaratadi va ishchi kuchini xarid qilish-sotish jarayonlarini
bevosita tartibga solmaydi.
Respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli ishchi kuchining ish bilan
bandligini oshirish bo’yicha muammoni xal qilishni eng samarali qurollaridan biri
bo’lgan ishchi kuchi bozori tushunchasi, tarkibi, xususiyatlari va vazifalarini
tadqiqot qilish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ularni o’rganish quyidagi
demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarning inobatga olinishini taqozo etadi:
Respublikada mehnatga qobiliyatli aholining 60% dan ortig’i qishloq
joylarda yashaydi va yalpi ichki mahsulotning 40% dan ko’prog’ini ishlab
chiqaradi;
24
Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. -T.: Mehnat, 2009. 327 b.
45
Noqishloq xo’jaligi ishchi joylarining etishmasligi sababli ish bilan band
bo’lmagan qishloq mehnat resurslarining ulushi respublikaning ish bilan band
bo’lmagan butun aholisining salmoqli hissasini tashkil qiladi va ularning soni
o’smoqda;
Mehnatga qobiliyatli ish bilan band bo’lmagan kishilarning malakasi va
safarbarligining pastligi ularning yashash joylaridan shaxarga va mamlakatning
kam mehnat bilan ta’minlangan hududlariga hamda xorijiy davlatlar ob’ektlariga
qarab harakat qilishlariga asosiy to’sik bo’lmokda;
Hududlarda sanoat, qurilish va xizmat ko’rsatish korxonalari xamda
xususiy xo’jaliklarda yangi ishchi joylarini yaratish yo’li bilan ishchi kuchi talabi
va taklifi o’rtasidagi ratsional nisbatni ta’minlash uchun haqiqiy imkoniyatlar
mavjud.
Ishchi kuchi bozorining shakllanishi va rivojlanishi masalalari tadqiq
qilinar ekan albatta uning tarkibiy qismlarini tahlil qilish zarurdir. Ishchi kuchi
bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga
talab va uning taklifi, qiymati, baxosi va yollashdagi raqobat. Talab ishlab
chiqarish ijtimoiy infrastrukturasi va boshqa xalq xo’jaligi sohalarining ishchi
kuchi bozoriga buyurtma bergan, ish haqi fondi, shaxsiy xo’jaliklardan
daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ehtiyojning hajmi va
tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanish sharti bilan ishga ega bo’lishdan
manfaatdor bo’lgan ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi,
ma’lumoti, kasbi, malakasi va boshqalar bo’yicha) tarkibini ifodalaydi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, «ishchi kuchi bozori» tushunchasining
ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining sistematik tadqiqoti
mazkur bozornining bajaradigan asosiy vazifalarini ham aniqlashga imkon
beradi:
Ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
Bozor uslubida xo’jalik yuritishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy
mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
46
Mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir
ko’rsatish;
Ishsizlarni ish topishga va ularning malakasi va raqobat qobiliyatini
oshirishga ko’maklashish;
Ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini
o’zgartirish.
Mehnatning
erkinligi
va
ixtiyoriyligi
– ishchi kuchi bozori
shakllanishining asosiy sharoiti yoxud shartidir. Shu bilan bir qatorda ishchi
kuchi bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatayotgan bir qator
iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar va
omillar mavjud. Ishchi kuchi bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-
sharoiti bo’lib, yollanma xodimlarni o’z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy
mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy
mulkchiligi xizmat qiladi. Bu erda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur
sub’ektlarni o’zaro almashuv munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy
manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi. Ular
ham o’z navbatida takror ishlab chiqarishda aholini ijtimoiy-iqtisodiy
turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyojini ifodalanishi bo’ladi.
Ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasida bozor muvozanatiga erishish ishchi
kuchi bozorining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri
hisoblanadi.
Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi –
taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan
tez o’sishi. Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy o’zgarishlar xozirgi
sharoitda ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga talab va taklifining yangi
harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy shartlaridan hisoblanadi. Bular
sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratishni va
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sifat o’zgarishlarini asoslab beradi.
Bunday
sharoitlarda
bir
tomondan
ishchi
kuchi
bozorining
yangi
infrastrukturasining ko’p sonli mehnat talab qiladigan tarmoqlari va ishlab
47
chiqarish bo’g’inlarini qamrab olsa, boshqa tomondan iqtisodiyotning an’anaviy
sektorlarida bozor munosabatlarini vujudga keltiradi va rivojlanadi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi
(kontrakt) ishchi kuchi bozorida ishchi kuchining sotish, sotib olishning hal
qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat huquqi bo’yicha g’arb
mutaxassislarining ilmiy ishlarida mehnat shartnomasi «xodimni ish haqi
evaziga mehnat qilish majburiyatini olish va huquqiy buysunish mavjudligi
haqidagi
kelishuv»
sifatida
ifodalanadi.
Shartnoma
xususiy-huquqiy
xaridlarning turlicha ko’rinishi bo’lib, unga nisbatan fuqarolik huquqiga xos
me’yorlar, qoidalarni qo’llash imkoniyatlari va zaruriyatni asoslaydi.
Ishchi kuchi bozori xususiyatlari bir qator omillar bilan belgilanadi: arab
mamlakatlari iqtisodiyoti an’anaviy ravishda ochiq iqtisodiyotga ega, ularda tovar,
kapital va ishchi kuchining erkin harakati uchun sharoit mavjud. Bu mamlakatlar
dunyoning eng yirik xom ashyo va kapital eksporterlari va sanoat mahsulotlari va
ishchi kuchi importerlaridir. Neft tarmog’i mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti
shakllanishining asosiy moddasi bo’lib, davlat xarajatlari ham neftdollarlariga
bog’liqdir. Haqiqatda aholining iqtisodiy faolligi ham neftdan olinuvchi daromad
hisobiga ta’minlanadi. Yangi ish joylarini yaratish, ish haqi darajasi, nafaqalar va
boshqa ijtimoiy to’lovlar bevosita neftdan olinuvchi daromadlarga bog’liq. Fors
ko’rfazi mamlakatlariga bandlik darajasining xuddi shunday daromadga ega
mamlakatlarga nisbatan 35-37% ga pastligi xosdir. Bunga demografik, ijtimoiy va
madaniy omillar sababdir. Birinchidan, bu mamlakatlarga mehnatga layoqatsiz
aholining hissasi kattaligi xosdir. Ikkinchidan, mehnat faoliyatini boshlashga
shoshmaslik xos, chunki barcha darajadagi ta’lim tizimi bepul. Uchinchidan, davlat
sektoriga nafaqa yoshining kichikligi xosligi, jumladan, 20 yil mehnat staji bo’lgan
xizmatchi 45 yoshidan nafaqaga chiqishi mumkin. Uchinchidan, keyingi paytlarda
o’sish tendensiyasiga ega bo’lsada, ayollar bandligi darajasining pastligi xos.
Ayollar o’rtasida maksimal bandlik Quvaytda (30%) qayd etilgan bo’lsada, bu
o’rtacha jahon ko’rsatkichlaridan ancha past ko’rsatkichdir.
48
Bu mamlakatlar aholisining yarmidan ko’pi xizmat ko’rsatish sohasida
banddir. Sanoat sohasida bandlikka kelsak, u arab mamlakatlarida amalga
oshirilayotgan diversifikatsiya siyosati bilan bevosita bog’liq, jumladan, Saudiya
Arabistoni va Katarda diversifikatsiya neftga bog’liq sohalarni rivojlantirishga
qaratilgan. Ummonda neftga bog’liq bo’lmagan sohalar rivojlantirilmoqda, BAA
tranzit savdo, Bahraynda bank sohasi ivojlanishiga alohida e’tibor berilgan,
natijada industrial sohalarda bandlik Saudiya Arabistoni, Ummon va Katarda
o’sgan, boshqa mamlakatlarda esa, aksincha, kamaygan. Ummon va Saudiya
Arabistonidan tashqari barcha mamlakatlarda qishloq xo’jaligida band aholi hissasi
juda kichik, bu qishloq xo’jaligining resurs bazasi cheklanganligi va urbanizatsiya
darajasi yuqoriligi bilan bog’liq.
Ishsizlik darajasi bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar mavjud emas, ba’zi
ma’lumotlarga ko’ra, u 10-12%ni tashkil etadi. Ishsizlikning eng kam darajasi
Bahrayn va Katarga xos.
Shuni ta’kidlash kerakki, bu mamlakatlarning ishchi kuchi bozoriga xos
umumiy xususiyat xorijiy ishchi kuchidan foydalanish ko’lamlarining kattaligidir.
Buning omillari turlicha, jumladan, aholi sonining kamligi, ayollarning mehnat
faoliyatida qatnashmasligi, malakali kadrlarning etishmasligi, mahalliy aholining
jismoniy mehnat bilan shug’ullanishga moyilligining yo’qligi.
Xorijiy ishchi kuchining ommaviy kelishi 20-asrning 70-yillari boshiga
to’g’ri keladi. Neft natijasida bu mamlakatlarda ishchi kuchi etishmasligi sezildi.
Dastlabki migrantlar Palastinliklardan iborat edi. Keyinchalik Misr, Suriya, Iroq va
Livandagi siyosiy o’zgarishlar bu mamlakatlardan ishchi kuchi oqimini
kengaytirdi.
Keyinchalik mamlakatlar Pokiston, Hindiston va Bangladeshdan ishchi
kuchini jalb qilish kengaydi. Bunga sabab bu mamlakatlardan kelgan ishchi
kuchining narxi arab mamlakatlariga nisbatan past edi. So’nggi yillarda bu
mamlakatlarda xorijiy mamlakatlardan immigrantlar oqimi kamaytirish, ishchi
kuchi bozorini milliylashtirish siyosati olib borilmoqda. Chunki xorijiy ishchi
kuchining hissasi kattaligi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib
49
chiqarmoqda. Xorijiy ishchi kuchi o’tkazmalari natijasida yalpi ichki mahsulotning
10% ortig’i tashqariga chiqib ketmoqda. Natijada mamlakatlarning ishchi kuchi
bozoridagi davlat siyosati migratsiyani tartibga solish siyosatidan iborat bo’lib
qolmoqda. Yuqorida sanab o’tilgan omillir b ishchi kuchi bozoridagi vaziyatni
belgilab beruvchi omillar sifatida yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi.
Birinchi va ikkinchi guruhga kiruvchi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari
ishchi kuchi bozoriga xos xususiyat uning shakllanganligi va davlat tomonidan faol
tartibga solinishidir. Jumladan bu mamlakatlar ishchi kuchi bozorini tartibga
solishda quyidagi dasturlar bajarilganini ajratib ko’rsatish kerak:
1. Ishsizlarga ish joyi topishda ko’mak berish dasturlari, bunday dasturlar bo’sh
ish joylari bo’yicha ma’lumotlar berish, ish joylarini topishda ko’maklashish va kasbga
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini qamrab oldi. Janubi-Sharqiy Osiyo
mamlakatlarida kadrlarni qayta tayyorlash tizimi keng tarqalgan. Chunki ushbu
mamlakatlarda yuqori malakali kadrlarga, ayniqsa, yuqori texnologik tarmoqlarda talab
katta. Kadrlarni qayta tayyorlash tizimi asosan davlat tomonidan mablag’ bilan
ta’minlanadi, shu bilan birga tadbirkorlar ham ushbu sohani rivojlantirish uchun
umumiy daromadining 1%ga yaqin qismini o’tkazadilar. Bunday holatni Gongkong,
Malayziya va Singapurda ko’rish mumkin.
2. Yangi ish joylarini yaratish dasturlari ham davlat tomonidan, ham xususiy
tadbirkorlar tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadi. Moliyaviy imkoniyatlari katta
bo’lgan xususiy sektor albatta etakchilik qiladi, mablag’lar kichik va o’rta biznesni
rivojlantirish uchun sarflanadi.
Yangi ish joylarini yaratish dasturlari shuningdek, davlat sektoriga ham
xosdir. Moliyaviy mablag’lar cheklangani sababli davlat ustuvor va ijtimoiy jihat
muhim tarmoqlarni qo’llab-quvvatlaydi. Janubiy Sharqiy Osiyoning turli
mamlakatlarida bu sohalar turlicha, jumladan, Malayziyada infratuzilma
tarmoqlari, Janubiy Koreyada ekologik sohalarda davlat yangi ish o’rinlarini
moliyalashtiradi.
3. Aholi ijtimoiy xavfsizligini ta’minlash dasturlari. Bu dasturlar davlat
maqsadli zayomlari, ishsizlikdan sug’urtalash tizimi va davlatning transfertlar
50
dasturini kengaytirish bo’yicha tadbirlarni qamrab oladi. Shu bilan birga aholining
ayrim guruhlari ayollar, yoshlar va keksalarga birinchi navbatda yordam
ko’rsatiladi. Dasturni amalga oshirishning asosiy yo’nalishi ish yo’qotishdan
sug’urtalash tizimidir. U Janubi-Sharqiy Osiyoning deyarli barcha mamlakatlarida
qo’llaniladi. Ishsizlikdan sug’urtalash tizimi tadbirkorlar tomonidan ish haqi
fondining 1% ga teng oylik badallar hisobidan shakllanadi. Bu fonddan ishsizlik
badallarini to’lash muddati va shartlari turli mamlakatlarda turlicha. Masalan,
Janubiy Koreyada ish stajiga bog’liq bo’lmagan holda ishini yo’qotganlarning
barchasi nafaqa to’lanadi
25
.
4. Mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan dasturlar. Bu dasturlar Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida 90-yillarning oxiridan boshlab qo’llanila boshlagan.
Ular milliy iqtisodiyot tarkibini qayta tuzish va barqarorlashtirish dasturlari
doirasida amalga oshiriladi.
Bu dasturlar ish beruvchi va ishga yollanuvchi o’rtasida munosabatlarni
yaxshilash, axborot bilan ta’minlash, ishdan bo’shatishga muqobil variantlarni
topish kabi choralarni qamrab oladi. Kichik va o’rta korxonalar uchun mehnat
unumdorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar berish, seminarlar tashkil etish,
menejerlarni tayyorlash kurslarini tashkil etish ham ushbu dasturning
yo’nalishlaridan biridan iborat.
Shunga qaramasdan bu mintaqa mamlakatlarida so’nggi yillarda ishsizlik
darajasi o’sdi, jumladan 2006 yilda 2005 yilga nisbatan o’sish 0,1 %ni tashkil etdi,
hozirgi paytda bu mamlakatlarda ishsizlik darajasi 3,6% ni tashkil etadi.
Uchinchi
va
undan
keyingi
guruhga
kiruvchi
rivojlanayotgan
mamlakatlarning ko’pchiligiga xos xususiyat ishchi kuchi bozorida ortiqcha
taklifning mavjudligidir. Umuman, dunyo iqtisodiyotida so’nggi 2 yil ichida o’sish
kuzatilgani bilan, ishsizlarning soni 2006 yilda rekord miqdor 195 mln. kishiga
etdi. Dunyodagi o’rtacha ishsizlik darajasi 6,3%ni tashkil etdi. Bu
ko’rsatkichlarning katta qismi rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga shakllanadi.
25
Internet tarmog’ining Xalqaro mehnat tashkiloti (
www.ilo.org
) veb-sayti
ma’lumotlaridan foydlanildi.
51
Dunyoda mehnatga layoqatli aholining soni so’nggi besh yil ichida (2006-
2010 yy.) 3,9 mlrd.kishidan 4,64 mlrd. kishigacha o’sdi. Bu ko’rsatkich 2015 yilga
kelib 5,35 mlrd.ni tashkil etishi ko’zda tutilmoqda. O’sishning asosiy qismi
rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga yuz berdi. O’rtacha o’sish sur’ati 2%ga teng
bo’lsa, rivojlangan mamlakatlarda bu ko’rsatkich 0,8% teng, shu bilan birga ularda
bunday o’sish asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga yuz bermoqda.
Ishsizlik darajasi eng yuqori bo’lgan mamlakatlar qatoriga Yaqin Sharq va
Shimoliy Afrika mamlakatlari kirib, ularda ishsizlik darajasi 12,2 % ni tashkil
etadi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida ishsizlik darajasi o’rtacha 8%ga teng bo’lib,
bu ko’rsatkich mamlakatlar bo’yicha katta farqga ega. Bu mamlakatlarda so’nggi
yillarda iqtisodiy o’sish sur’atlari barqaror bo’lishiga qaramay, ish haqi darajasi
juda past.
Yuqorida keltirilgan dasturlarning ayrimlaridan bizning mamlakatimizda
ham ishsizlikni kamaytirishda foydalanishimiz mumkin. Ammo, ishsizlikni ilmiy
o’rganmasdan, uni kamaytirishga urinish bugungi kunda kechirib bo’lmaydigan
hodisa hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar tahlili ishchi kuchi bozorini to’ldirish ikki asosiy
sabab hisobiga amalga oshirilishi haqida xulosa qilishga asos bo’ladi. Ulardan biri
mamlakat iqtisodida band bo’lgan ortiqcha ishchilarni ozod qilish bilan bog’liq
bo’lsa, ikkinchisi band bo’lmagan aholini ish bilan ta’minlash zaruratidan iborat.
Ta’lim sohasida yoshlarning ishchi kuchi bozoriga erta kirib borishining
oldini olishga qaratilgan choralar amalga oshiriladi. Bunda ularning o’qishi uchun
subsidiyalar tizimi qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |