Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

15.1.1-jadval 


37 
O’zbekiston Respublikasida mehnat resurslarining istiqbol 
ko’rsatkichlari, ming kishi
22
 
T/r 
Ko’rsatkichlar 
2013
2014 
2015 
2016 
2017 
2017 yilda 
2013 yilga 
nisbatan 
o’zgarishi, 
foiz 
1. 
Mehnat 
resurslari 
soni 
17365,5 17841,0 18329,5 18824,4 
19332,7 
111,3 
2. 
Iqtisodiy faol aholi 
soni 
12929,9 13275,8 
13658 
14026,8 
14433,5 
111,6 
3. 
Ish bilan band aholi 
soni 
12303,1 12644,2 13014,1 13378,5 
13766,5 
111,9 
3.1. Iqtisodiyotning 
rasmiy sektorida band 
bo’lganlar soni
7655,9 
7838,7 
8130,6 
8757,5 
8938,6 
116,8 
3.2. Iqtisodiyotning 
norasmiy 
sektorida 
band bo’lganlar soni 
4296,2 
4484,8 
4559,8 
4302,7 
4498,4 
104,7 
3.3. Mehnat 
faoliyatini 
amalga 
oshirish 
uchun 
chet 
elga 
ketgan shaxslar soni 
351,1 
320,7 
323,7 
318,3 
329,5 
93,8 
4. 
Ishsizlar soni 
626,8 
631,6 
643,9 
649,1 
661,4 
105,5 
4.1. Mehnat 
organlarida 
ro’yxatdan 
o’tgan 
ishsizlar 
7,2 
9,5 
10,9 
12,6 
13,1 
181,9 
4.2. Mustaqil tarzda ish 
izlayotgan ishsizlar 
619,6 
622,1 
633 
636,5 
648,3 
104,6 
Dasturda 2013 yilda 6 ta asosiy yo’nalish bo’yicha mamlakatimizda jami 
972,7 mingta ish o’rni tashkil etilishi nazarda tutilgan (15.1.1-rasm). 
Birinchi yo’nalish 
hisobidan 57,9 mingta, shu jumladan, xo’jalik boshqaruvi 
organlari tuzilmasiga kiradigan korxonalarda – 16,9 mingta, hududlarga
bo’ysunadigan korxonalarda – 41 mingta ish o’rni yaratilishi ta’minlanadi. 
Eksport qiluvchi korxonalarning rag’batlantirilishini kuchaytirish va 
raqobatdosh mahsulotlarning eksport qilinishini kengaytirish, to’g’ridan-to’g’ri 
chet el investitsiyalarini jalb qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar ushbu 
yo’nalishda ish o’rini yaratishning muhim omillari bo’lib xizmat qiladi. Xususan, 
2012 yilning 1 aprelidan boshlab valyuta kreditlari bo’yicha asosiy qarzlarni uzish 
22
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan


38 
uchun joriy to’lovlarga yo’naltiriladigan, valyuta kirimlarining bir qismini 
majburiy tarzda vakolatli banklarga sotishdan ozod qilinishi, yangi ishlab 
chiqarishlarni qurish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish va 
texnologik yangilash, Toshkent viloyatida «Angren» maxsus industrial hududining 
tashkil etilishi, 2012–2016 yillarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta ta’minlash dasturining 
tasdiqlanishi va boshqa tadbirlar ish o’rinini yanada ko’paytirish barobarida 
tarmoqlararo aloqador (transport, qurilish yoki ijtimoiy infratuzilma sohalari) 
tizimlarga bog’liq ish o’rinini yaratishga ham xizmat qiladi.
Mazkur yo’nalishdagi ish o’rinining salmoqli qismi Farg’ona (8,6 ming), 
Toshkent (7,8 ming), Qashqadaryo (5,9 ming), Namangan (5,1 ming) viloyatlari va 
Toshkent shahrida (7,5 ming) yaratiladi. 
Ikkinchi yo’nalish 
bo’yicha ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi 
ko’zda tutilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilda 
qabul qilingan, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada 
keng erkinlik berish, statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan 
faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-
tadbirlari to’g’risidagi farmoni, shunga asosan 2012 yilning 1 avgustidan boshlab 
80 ta ruxsat berish tartib-taomili, litsenziyalanadigan 15 ta faoliyat turi hamda 68 ta 
statistik va soliqqa oid hisobotlar shaklining bekor qilingani, kichik korxona va 
mikrofirmalarni tashkil qilish va kengaytirish hamda xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish, shuningdek, kichik biznesni rivojlantirish hududiy dasturlarining 
amalga oshirilishi 485,6 mingta ish o’rini tashkil qilish imkoniyatini yaratdi. 
2013 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash orqali 
qo’llab-quvvatlashni yuqori darajada saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Chunonchi, 
tijorat banklari tomonidan shu maqsadlar uchun 5,1 trillion. so’m ajratilishi 
nazarda tutilmoqda. Bunda imtiyozli kredit resurslari asosan uzoq qishloq 
tumanlarida va mehnat bozoridagi vaziyat og’ir bo’lgan hududlarda ish o’rini 
yaratishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.


39 
Ish o’rini yaratishning ushbu yo’nalishdagi asosiy tarmog’i xizmat ko’rsatish 
va servis sohasi bo’lib, xususan, mamlakat YaIMda xizmat ko’rsatish ulushining 
maqsadli parametrlariga (52,5 foiz) erishish doirasida kichik biznes korxonalarida 
267,1 mingta ish o’rni yaratilishi kutilmoqda. Bu ko’rsatkich xizmat ko’rsatish 
sohasini jadal rivojlantirish, ko’rsatilayotgan xizmat turlarini avvalo qishloq 
joylarida kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu asosda mamlakat 
iqtisodiyotining barqaror va uyg’un rivojlanishida xizmat ko’rsatish sohasining roli 
va ahamiyatini oshirishga doir maqsadlarga erishilishiga bevosita bog’liq. Mazkur
soha kelgusi yilda 18 foizdan ortiqroqqa oshishi kutilayotgan kompyuter 
dasturlarini yaratish (elektron ta’lim va konsultativ xizmatlarni inobatga olgan 
holda), savdo va umumiy ovqatlanish, sog’liqni saqlash bo’yicha xizmatlar 
hisobidan yanada rivojlanadi. Yakka tadbirkorlikning rivojlanishi 117,7 ming 
kishining bandligini ta’minlaydi. 
Mamlakatimizda

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin