Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

2.1.2-jadval 
O’zbekistonda ishchi kuchi resurslarining o’sish dinamikasi va 
ish bilan bandlik ko’rsatkichlari
19
 
 
№ 
 
Ko’rsatkichlar 
O’lchov 
birligi 
Y i l l a r 
2006 yilga 
nisbatan 
2010 yilda % 
2006 
2007 
2008 
2009 
2010 
1. 
Mehnatga layoqatli 
yoshdagi aholi 
mln. 
kishi 
14,8 
15,1 
15,6 
16,8 
17,2 
116,2 
2. 
Jami aholiga 
nisbatan 

57,5 
58,3 
59,1 
60 
61 
106,1 
3. 
Bandlar soni 
mln. 
kishi 
10,4 
10,7 
11,0 
11,3 
11,6 
111,5 
4. 
Bandlik darajasi, 
mehnatga layoqatli 
yoshdagi aholiga nisbatan 

70,3 
70,9 
70,5 
67,3 
67,4 
95,9 
Bu dasturda asosan respublikamiz qishloq xo’jaligida 2 mln. kishidan 
ortiqroq ishchi kuchi ortiqcha band ekanligi, ularni iqtisodiyotning boshqa 
sohalariga ta’sir etmagan holda oqib o’tishini ta’minlash, xususan qishloqlarda 
xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirish va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta 
ishlaydigan kichik korxonalar tashkil etish bilan ortiqcha ishchi kuchiga va 
ishlashni hohlovchilarga ish o’rinlari yaratish ko’zda tutilgan.
Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 
23 martdagi № 308 sonli ”Shaxsiy yordamchi dexqon va fermer xo’jaliklarida 
chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
qarori ham aholining ish bilan band bo’lmagan qismini bandligini ta’minlashga 
19
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qumitasi ma’lumotlari asosida hisoblandi. 


32 
qaratilgan. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, qishloq xo’jaligi sohasidagi 
bandlik darajasining haddan tashqari yuqoriligi bu tarmoqda mehnat 
unumdorligining va samaradorligining nihoyatda pastligini belgilovchi asosiy omil 
bo’lib hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarning pastligi esa o’z navbatida ortiqcha ishchi 
kuchining mavjudligidan dalolat beradi. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, sanoat va qishloq xo’jaligi 
sohalari o’rtasidagi nisbat ham iqtisodiy tarkibning qay darajada taraqqiy 
etganligidan 
dalolat 
beradi. 
O’zbekistonda 
ham 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlardagi kabi moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari
shuningdek, sanoat va qishloq xo’jaligi tarmog’i o’rtasidagi nisbatni tarkib 
toptirish ancha vaqt talab etadi. Buning uchun bir qancha chora tadbirlarni amalga 
oshirish zarur buladi. Chunki bizning Respublikamizda va uning viloyatlari 
iqtisodida qishloq xo’jaligi alohida o’rin tutadi va moddiy ishlab chiqarish 
sohasida band bo’lgan mehnat resurslarining kattagina qismi agrar sektorga to’g’ri 
keladi. Shuningek aholi bandligi tizimidagi o’zgarishlarga xos bo’lgan boshqa bir 
an’analar ham vujudga keldi. Ya’ni, yuridik shaxs maqomini olmasdan turib 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar hamda dehqon xo’jaliklarida o’zini-
o’zi ish bilan band qiluvchilar sonining sezilarli darajada o’sishi ko’zga tashlandi.
Bularning amalga oshirilishiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2006 yil 23 martdagi №67 sonli ”2006-2010 yillarda shaxsiy 
yordamchi dexqon va fermer xo’jaliklari chorva mollari, birinchi navbatda 
qoramollar sonini ko’paytirishni rag’batlantirish dasturini amalga oshirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarorining qabul qilinishi sabab bo’ldi. Umuman bandlik 
tizimidagi bu kabi barcha muhim o’zgarishlar bozor islohotlarini amalga oshirish 
paytida ishchi kuchi bozorida sodir bo’layotgan jarayonlarning o’ziga xos 
xususiyatlarini yaqqol aks ettiradi.
Aholi ish bilan bandligini iqtisodiyot sektorlari bo’yicha taqsimotini ko’rib 
chiqadigan bo’lsak, bunda iqtisodiyotning nodavlat sektorida bandlikning yuqori 
ekanligi biz uchun tabiiy hol.


33 
2006-2010 yillar oralig’ida ish bilan band bo’lgan aholini iqtisodiy 
sektorlarda taqsimoti ortganligini ko’rsatmoqda. Agar biz davlat va nodavlat 
sektorlarini o’rganadigan bo’lsak, davlat sektorida ish bilan band aholi salmog’i 
yildan yilga pasayib bormoqda (2006 yilda 22,8%, 2010 yilda 20,9 foizga 
pasaydi). Iqtisodiyotning nodavlat sektorida bu ko’rsatkich 77,2% dan 79,1%ga 
ortgan (2.1.3-jadval).

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin