Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

2.1.1-jadval 
Mehnat organlarida ro’yxatga olingan ish qidirayotgan fuqarolar soni
17
 
(ming kishi hisobida)
*
 
2006 
2007 
2008 
2009 
2010 
2006 yilga 
nisbatan 2010 
yilda % da 
Ro’yxatga olingan ish qidirayotgan 
fuqarolar soni 
561,9 
557,4 
623,3 
658,2 
669,5 
119,1 
Rasman ro’yxatga olingan ishsiz fuqarolar 
soni 
27,7 
25,5 
23,2 
20,1 
16,2 
58,4 
shulardan:
ayollar 
16,2 
15,8 
14,2 
13,4 
12,1 
74,7 
qishloq joylarida istiqomat qilayotganlar 
19,5 
18,4 
16,0 
14,9 
12,8 
65,6 
ishsizlik nafaqasini olayotganlar 
15,7 
13,8 
11,4 
10,9 
8,1 
51,6 
jamoat ishlarida ishtirok etayotganlar 
1,9 
1,9 
5,0 
8,2 
9,5 
500 
 
Rasman ro’yxatga olingan ishsiz fuqarolar salmog’i esa 58,4%gacha
kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Buni aholi ish bilan bandligini oshirish 
16
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonuni. – Toshkent, 1998. 
17
Jadval O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi hamda O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan 


30 
bo’yicha qilinayotgan ishlar, vazifalarning, xususan, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, fermer va dehqon xo’jaliklarini kengaytirish va 
ularga yaratilayotgan imkoniyatlar mahsuli deya ta’kidlash mumkin.
2010 yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq ish o’rni tashkil 
etilganini katta mamnuniyat bilan qayd etishimiz lozim. Bu yangi tashkil qilingan 
umumiy ish o’rinlarining 600 mingdan ziyodi yoki 65 foizi kichik biznes sohasi va 
fermer xo’jaliklariga, 210 mingdan ortig’i kasanachilik sohasiga to’g’ri keladi.
18
Keyingi 2006-2010 yillar ichida mamlakat umumiy aholisi sonida mehnatga 
layoqatli aholining ulushi muntazam ortib bormoqda. Mehnatga layoqatli aholi 
darajasi 2010 yilda 61,0 foizni tashkil etdi. 2006 yilda bu ko’rsatkich 57,5 foiz 
bo’lgan edi. Bu davrda mehnatga layoqatli aholining salmoqli ulushi ortdi. O’tish 
davrida ishchi kuchi bozoriga demografik ta’sirdan tashqari avval sanoat 
korxonalarida, so’nggi paytlarda qishloq xo’jaligi sektorida ilgarigi jamoa va 
shirkat xo’jaliklarini qayta o’zgartirish natijasida ish o’rinlari qisqarib borayotgani 
ham o’z ta’sirini ko’rsatayotgani kuzatilmoqda. Ushbu jarayonlar natijasida 
aholining ish bilan bandlik darajasi 2006 yilda 70,3 foizdan 2010 yilda 67,4 
foizgacha kamaydi. 2006 yildan boshlab, iqtisodiy o’sish sur’atlari jadallashdi, 
biroq bandlik sohasida sust o’zgarishlar kuzatildi. Buni qisman ma’lum darajada 
mehnat unumdorligining oshishi va ayniqsa qishloq xo’jaligida unumsiz ish bilan 
bandlikning kamayishiga asoslangan iqtisodiy o’sish sur’atlari bilan izohlash 
mumkin (2.1.2-jadval).
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar tahlili ishchi kuchi bozorini to’ldirish ikki asosiy 
sabab hisobiga amalga oshirilishi haqida xulosa qilishga asos bo’ladi. Ulardan biri 
mamlakat iqtisodida band bo’lgan ortiqcha ishchilarni ozod qilish bilan bog’liq 
bo’lsa, ikkinchisi band bo’lmagan aholini ish bilan ta’minlash zaruratidan iborat. 
Ular orasida shu kunlarda muhim bo’lgan omil ortiqcha ishchilarning ozod 
qilinishidir. 
18
I.A.Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga 
xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlar va 2011 yilga mo’ljallangan eng 
muhim ustuvor yo’nalashlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi 
ma’ruzasi, 2011 yil 21 yanvar / T.: O’zbekiston, 2011. 14 b. 


31 
Shu o’rinda ish bilan bandlikning tarmoq tarkibini tahlil qilish muhimdir. 
Tahlildan 
shuni 
ko’rish mumkinki, mamlakatda sanoatdagi bandlik 
ko’rsatkichining past darajada ekanligini va keyingi yillarda bu ko’rsatkichning 
yanada pasayishi tendentsiyasi kuzatilayotganligini ta’kidlash zarur. Shu bilan 
birga qishloq xo’jaligidagi bandlik ham pasayib borgan. Aksincha, savdo va 
umumiy ovqatlanish tarmog’ida band bo’lganlarning ulushi ortgan. Shu bilan 
birga, 2006-2010 yillarda kommunal va maishiy sohalarda bandlikni oshganligini 
ko’rish mumkin. Bu esa respublikada ishlab chiqarish va hududiy bandlik 
dasturlarining to’la amal qilganligini ko’rsatadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin