Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi.
Dissertatsiya ishi kirish, 9 ta
paragrafni qamrab olgan uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va
ilovalardan tarkib topgan.
9
I-BOB. ISHSIZLIKNING IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLARI VA UNI
BARTARAF ETISHNING AHAMIYATI
1.1.
Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va ularning namoyon bo’lish
xususiyatlari
Ishsizlik muammolarini etarli darajada tadqiq qilmasdan ishchi kuchi bozori
va ijtimoiy mehnat munosabatlari tushunchalarini tasavvur etish qiyin hisoblanadi.
Ishsizlik – bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Ishsizlik muammosini
o’rganishdan asosiy maqsad – ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligini
oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush
darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Xususan, Prezidentimiz Islom Karimov ushbu masalada alohida to’xtalib, “...
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning tez o’zgarib turadigan bozor
talablariga
javob
berishini
ta’minlaydigan
zamonaviy
tuzilmalarini
shakllantirishda, yangi ish o’rinlarini tashkil qilishda va aholi daromadlarini
oshirishda qanchalik o’ta muhim rol o’ynashini albatta chuqur anglaymiz”
4
– deya
ta’kidlab o’tgan.
Darhaqiqat, jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha
ish joylarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada
qolmasligi kerak. Qolaversa, jahon hamjamiyati bilan uyg’un holda ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni jadal rivojlantirib borish lozim.
Ma’lumki, Xitoy va Hindiston mamlakatlari dunyo hamjamiyati davlatlari
o’rtasida aholisining jadal o’sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Respublikamiz
aholisi soni esa har yili o’rtacha 550-600 ming kishiga, mehnatga layoqatli ishchi
kuchi resurslari soni esa 250-300 ming kishiga ko’paymoqda. Bunday vaziyat, o’z
navbatida, ishchi kuchining ish bilan bandligini oshirish va ishsizlikni kamaytirish
borasida uzluksiz ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etmoqda. Buning uchun esa
ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish joylarini yaratish bo’yicha chora-
4
I.A.Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga
xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlar va 2011 yilga mo’ljallangan eng
muhim ustuvor yo’nalashlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma’ruzasi, 2011 yil 21 yanvar / T.: O’zbekiston, 2011. 25 b.
10
tadbirlar ishlab chiqish zarur. Aks holda, ishsizlar sonining ortib borishi aholining
turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Shu nuqtai-nazardan avvalambor,
ishsizlik tushunchasi va uning mazmunini chuqurroq o’rganmog’imiz lozim.
Chunki, mavjud muammolarning oldini olishdan oldin, uni muntazam va chuqur
ilmiy o’rganish – davr talabidir.
Odatda, jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT, Xalqaro Mehnat
Tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko’ra
ishlab chiqishadi. Xalqaro mehnat tashkilotining 13-konventsiyasi ta’rifiga binoan
«ishsiz shaxslar» deganda – ish joylariga ega bo’lmagan, ishlashga tayyor va ish
izlayotgan fuqarolar tushuniladi.
Masalan, AQShda so’nggi bir hafta mobaynida ish bilan band bo’lmagan,
so’nggi to’rt hafta davomida ishga joylashishga (bevosita ish beruvchiga yoki ish
bilan ta’minlash davlat xizmatiga murojat etish orqali) harakat qilgan, mehnat
qilish qobiliyatiga ega bo’lgan fuqarolar ishsiz shaxs deb e’tirof etiladilar
5
.
Yaponiyada ishsiz shaxs deb so’nggi bir hafta davomida bir soat ham
ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, so’nggi bir hafta mobaynida ishlamagan, shu
davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish qidirish imkoniyatiga ega
bo’lmagan fuqarolar tushiniladi.
Ayrim malakatlarning qonun hujjatlariga binoan ishsiz deb, ishdan
bo’shatilgan va mehnat stajiga ega bo’lganlar tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi
Qonuniga binoan «… ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (o’n olti yoshdan
boshlab to pensiya bilan ta’minlash huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga
(mehnat daromadiga) ega bo’lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat
organida ro’yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta
tayyorlashdan o’tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar
etirof etiladi».
5
Manba:Internet tarmog’ining http://www.ilo.org va http://www.indexmundi.com veb-saytlari ma’lumotlaridan
olindi.
11
Ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rtta shart mavjud bo’lishi
lozim.
Birinchi shart – fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’lishi va amaldagi qonun
hujatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak. Huquqiy
jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi, «Mehnat kodeksi»ning 77-
moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan;
Ikkinchi shart – fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega
bo’lmasligi lozim;
Uchinchi shart – fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning
ishlashga tayyor ekanligi, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasmiy
murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan
o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul
qilish holatlari tasdiqlaydi;
To’rtinchi shart – fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda
mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim.
Ishsizlik tushunchasiga aniqlik kiritib, shuni ta’kidlash kerakki, ishsizlar –
bular shunday kishilarki, ular ishchi kuchi bozorida o’z xizmatlarini faollik bilan
taklif qiladilar, ish qidiradilar, bu narsa ish bilan bandlikning iqtisodiy
munosabatlarini tartibga solishda davlat tomonidan hisobga olinishi darkor. Ba’zan
«ishsizlar» tushunchasining iqtisodiyotda ish bilan band bo’lmagan mehnatga
qobiliyatlilar sifatida keng ma’noda talqin qilinishi maqbul emas, chunki u faol ish
qiridayotganlarni ham, ish qidirmayotganlarni ham, shuningdek, haq to’lanadigan
ish o’rnini egallash uchun da’vogarlik qilayotgan, lekin unga o’zining kasb-malaka
jihatidan yaroqli, sog’lig’i, ichki uyushqoqligi bilan mos kelishiga yordam
bermayotgan shaxslar ham kiritilardi. XMT sandartlariga ko’ra, ishsizlar sirasiga
muayyan yoshga etgan, hisobot davri mobaynida ishsiz bo’lib, darhol ishga
tushishga tayyor bo’lib turgan va faollik bilan ish qidirayotganlar kiritiladi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda ishsiz degan
maqomga ega bo’lgan kishi quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:
12
- ishsizlar bandlik xizmati idoralarida ish qidiruvchi sifatida ro’yxatga
olinishlari darkor;
- ishsiz deb hisoblanish uchun fuqaro faollik bilan ish qidirishi (odatda
bandlikka ko’maklashuvchi organ xizmatiga murojaat qilishdan bir – to’rt hafta
ilgari) kerak bo’ladi;
- ishsizlar maqomi va ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqi faqat ilgari
ishlagan shaxslarga beriladi;
- ishsizlik ixtiyoriy ravishda boshlanmasligi lozim;
- ishsiz fuqaro o’zi uchun bandlik xizmati «mos keladi» deb hisoblagan
ishga joylashish taklifini rad qilmasligi lozim;
- ishsizlar boshqa daromad manbalariga ega bo’lmasligi kerak;
- ishsiz fuqaro muayyan oylar mobaynida ishsizlik bo’yicha nafaqa olib
turadi, shundan keyin nafaqaning miqdori kamaytirildi yoki uni to’lash mutlaqo
to’xtatiladi
6
.
Ishsizlik darajasi – ishchi kuchi bozorining hozirgi paytdagi ahvoli haqida va
unda muayyan vaqt mobaynida ro’y bergan o’zgarishlar to’g’risida tasavvur
beradigan asosiy ko’rsatkichdir.
Ishsizlik darajasi (N) davrning boshi (yoki oxiri)dagi ahvolga ko’ra tegishli
sanada ishsizlik maqomiga ega bo’lgan kishilar sonining (I) ana shu sanadagi
iqtisodiy faol ishchi kuchi resurslari soniga (F) nisbati sifatida aniqlanadi:
N = I / F * 100% (1)
Ishsizlik darajasi ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishning
eng muhim ijtimoiy omillaridan biri sifatida qaraladi.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotida ish bilan bandlikning asosiy
xususiyatlari:
-
ish bilan to’liq va samarali bandlikni birga qo’shib olib borishni balansli
holga keltirish;
6
Xolmo’minov Sh.R., Shoyusupova N.T., «Mehnat bozori iqtisodiyoti» O’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2009. 70-71
betlar.
13
-
mehnat qilishning ixtiyoriyligi va mehnat sohasida inson huquqlari hamda
vazifalarining uyg’unlashuvi, xodimlarning ijtimoiy boqimandaligiga barham
berish, munosib turmushni ta’minlaydigan ish topish imkoniyati uchun fuqaro
bilan davlatning baravar ma’suliyati;
-
mehnat samaradorligini oshirish yo’lida uni sarflash tarmoqlari, sohalar,
kasblar va hududlar o’rtasida ishchi kuchining erkin harakati;
-
yangicha mehnat sababi, tadbirkorlik va xodimlarning yuqori unumli mehnat
qilishdan kuchli manfaatdorligi;
-
bozor iqtisodiyotining salbiy oqibatlarini mehnatkashlar manfaatini ko’zlab,
aniq maqsad bilan yumshatib borish.
Bu xususiyatlar ish bilan bandlikning yangi sifat xususiyatlarini belgilab
beradi, ularning shakllanishiga tegishli ish bilan bandlik sifati mos kelishi lozim.
Bunda ish bilan bandlik siyosatining maqsadlari ish bilan bandlikning normativ
holatini aks ettirishi kerak, hozirgi kun muammolarini hal qilish bilan bunday
holatga erishish mumkin.
Ish
bilan
bandlik
siyosati
bir
necha
darajaga
egadir:
umumdavlat(makrodaraja), mintaqaviy va mahalliy darajalar. Ish bilan bandlik
siyosatining barcha darajalari yagona ish bilan bandlik kontseptsiyasi bilan
birlashgan bo’ladi, bu kontseptsiya iqtisodiy rivojlanishining qabul qilingan tipini
aks ettiradi.
Makrodarajadagi ish bilan bandlik siyosati ijtimoiy bozor iqtisodiyotidagi ish
bilan bandlikning asosiy xususiyatlarini shakllantirishga: fuqarolarning mehnat
qilish huquqini amalga oshirish va yuqori turmush darajasiga erishishning zarur
sharti bo’lgan ish bilan to’liq bandlikni ta’minlashga qaratilgandir. Ma’lumki,
bozor iqtisodiyoti boshqaruv usullarida iqtisodiyot samaradorligini oshirishga,
xo’jalik yuritish sohasi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan ish
o’rinlarini siqib chiqarishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining
iste’mol talabini qondirish uchun ishchi kuchini qayta guruhlarga bo’lishga
qaratilgandir. Bunday sharoitda ish bilan to’liq bandlikka ko’maklashish strategik
maqsad bo’lib qoladi.
14
Eng asosiy taktik maqsad ish o’rinlariga bo’lgan talab va taklifning
balanslashishidir. Bunga faqat ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif balansli
bo’lishiga erishish shartlariga kompleks yondashuv bilan erishish mumkin.
Ko’pincha bu muammoni hal qilishda ommaviy ishsizlikning oldini olishning
zarur sharti bo’lgan ish o’rinlari tizimini rivojlantirishga e’tibor beriladi.
Ishchi kuchining ish o’rinlariga bo’lgan talabining pasayishiga, uning ayrim
guruhlarining haddan tashqari ish bilan bandligiga barham berish, buning uchun
bolali ayollar, ishni o’qish bilan qo’shib borayotgan yoshlarga, pensionerlarga
ijtimoiy yordam ko’rsatish dasturini takomillashtirishga mehnat unumdorligini
oshirishni jadallashtirish sharoitida ish bilan to’liq bandlikni ta’minlashning zarur
sharti deb qaralishi kerak. Bu erda gap ishchi kuchi resurslarini mehnat sohasi,
o’qish va ixtiyoriy bandlik sohalari o’rtasida ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qayta
guruhlarga bo’lish haqida bormoqda.
Ish bilan bandlik sohasini demokratlashtirish, mehnat kishisini ozod qilish ish
bilan bandlikning qattiq tartibga solingan shartlaridan voz kechish, mehnatga
qobiliyatli aholining turli guruhlari shaxsiy manfaatlari bilan kasb imkoniyatlarini
baravarlashni bildiradi. Tadbirkorlik yoki bajaruvchilik faoliyati, davlat xizmatini
yoki o’z tijorat ishlarini ma’qul ko’rish butun mehnatga qobiliyatli davr mobaynida
yoki uning ayrim bosqichlarida ishlash, mehnat rejimining turli-tumanligi –
bularning hammasi fuqarolarning xilma-xil kasbiy manfaatlarini qondirish uchun
zarurdir. Shu sababli ish bilan bandlik sharoitlarining xilma-xilligiga o’tish
qanchalik faolroq amalga oshirilsa, yuqori unumli mehnatning yangicha mehnat
sababi shunchalik tez paydo bo’ladi va ish bilan to’liq bandlikni ta’minlash
imkoniyati kengayadi.
Ish bilan bandlikning moslashuvchanligi muammosida asosiy narsa –
tanlashning ixtiyoriyligi va mehnatni kamroq vaqt ichida ishlab, durustgina ish
haqi olish imkonini beradigan qilib tashkil etishdir. Hozircha bozor vositalari to’liq
ishlashga
erishilmagan
ekan,
davlatning
muqobil
mehnat
rejimlarini
rivojlantirishga ko’mak berishini kuchaytirish zarur bo’ladi.
15
Korxonalar bilan mulkchilik va xo’jalik yuritishning turli shakllari mehnat
rejimlari o’rtasida ishchi kuchi samarali kelib turishi uchun yaxshi o’ylab ko’rilgan
daromadlar siyosati va ularning darajasini soliq tizimi bilan tartibga solib turish
kerak bo’ladi. Ish haqining o’sishiga xo’jalik yuritish sub’ektlaridan cheklashlarni
olib tashlanishi byudjetdan mablag’ bilan ta’min etiladigan tashkilotlar xodimlarini
moddiy rag’batlantirishning puxta o’ylangan chora-tadbirlari bilan qo’shib olib
borilishi kerak. Bu ma’lum darajada aqliy mehnatni (ilm – fan, ta’lim, tibbiyot,
madaniyat) rag’batlantirish bilan bog’liqdir.
Butun iqtisodiyotni isloh qilishning va ish bilan bandlikning sifat jihatidan
yangi holatini tarkib toptirishning eng keskin muammolaridan biri mehnat
sababidir. Mehnat sababi mehnat sharoitlarining umumiy majmuiga va inson
hayotiga, xususan, insonning hozir ishlayotganidan ham samaraliroq ishlay olish
qobiliyatiga bog’liqdir. Shuning uchun mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari,
mehnatga haq to’lash va butun taqsimlash siyosatini isloh qilishdan tashqari
xodimni yaxshi ishlashga rag’batlantirish, jadal va yanada samaraliroq mehnat
qilish qobiliyati kasb malakasi etarli darajada yuqori bo’lgan va ishchanlik
qobiliyati rivojlangan sharoitdagina barqaror bo’lishi mumkin. Insonning sog’ligi
va uning ishchanlik qobiliyatini tiklash sharoitlari ham ma’lum darajada
ahamiyatga egadir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning sog’liq
nuqtai-nazaridan ishchi kuchining sifatiga bo’lgan talablari ortib boradi.
Bundan tashqari, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni chuqur
qayta qurish sharoitlarida mehnat sabablarida birinchi o’ringa fuqarolarning
ijtimoiy kayfiyati chiqarilmoqdaki, bunday kayfiyat deganda hozirgi vaqtda
turmush sharoitining haqiqatda yaxshilanishiga emas, balki ijobiy siljishlarning
muqarrarligiga, tanlangan islohotlar yo’lining to’g’riligiga, davlat tomonidan
amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoyaning adolatli ekanligiga ishonchning
mavjudligi ham tushuniladi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy himoya haqida ko’p
gapirilmoqda, lekin u ko’pincha tor ma’noda, davlatning ishsizlarga, ayniqsa,
aholining ijtimoiy eng nochor qismiga yordami tariqasida tushuniladi.
16
Biroq, ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslik, uning oldini olish tizimi
to’g’risida g’amxo’rlik qilish jamiyat uchun e’tiborli tomonlardan biri hisoblanadi.
Bu tadbirlar orasida ancha muhimi jamiyatning har bir a’zosi uchun ish bilan
bandlik sohasidagi o’z o’rnini haqiqatan ham erkin tanlashga, ish kuchining
ijtimoiy-kasbiy harakatchanligini oshirishga, uning yuksak raqobatbardoshligini
shakllantirishga davlatning har tomonlama yordam ko’rsatishidir. Bularning
hammasi ish bilan bandlik sohasini demokratlashga olib keladigan ijtimoiy va
iqtisodiy jarayonlarni rivojlantirishni talab qiladi. Avvalo, quyidagilar zarur: hudud
bo’yicha ko’chib yurish erkinligini, kasbni o’zgartirish mumkinligiga odamlarning
ishonchini, aqliy mehnat va xizmat ko’rsatish sohasidagi mehnatning nufuzini
oshirish; muqobil mehnat rejimlarini rivojlantirish va hokazolar talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |