Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari


Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. 
Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari, mamlakatda ishsizlikni kamaytirish, yangi 
ish o’rinlarini yaratish masalalarini o’rganish, istiqbolini belgilash ahamiyati
uslublari va afzalliklari, ishsizlikning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va roli klassik 
iqtisodchi-olimlar A.Smit, D.Rikardo, K.Makkonell, A.Marshall, A.Ouken, 
I.Fisher, D.Keyns va P.Samuelson kabi iqtisodchi olimlar asarlarida yoritilgan. 
Bozor munosabatlari sharoitida ishsizlik va ish bilan bandlikning o’ziga xos 
xususiyatlari hamda ishsizlikni ijtimoiy himoyalashda davlat siyosatining amaliy 
va nazariy masalalarini MDH mamlakatlari iqtisodchi olimlari R.Agabekyan, 



G.Avagyan, N.Volgina, Yu.Odegov, L.Kostin, A.Jukov, V.Kulikova, V.Plaksya va 
boshqalar 
tomonidan 
o’rganilgan. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan 
Sh.Shodmonov, Q.Abduraxmonov, М.Mirzakarimova, G.Saidova, S.G’ulomov, 
O.Ata-Mirzaev, R.Ubaydullaeva, Sh.Xolmo’minov, L.Maksakova, N.Zokirova, 
D.Raximovalar tomonidan ham ushbu masalalar tadqiq etilgan
3

Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. 
Ilmiy tadqiqotning 
nazariy va uslubiy asosi bo’lib dialektik uslub, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A. Karimov asarlari va mazkur muammoni hal qilish bo’yicha xorijiy 
mamlakatlar hamda O’zbekiston iqtisodchi olimlari-ning ilmiy g’oyalar va 
yo’nalishlari asos qilib olingan.
Ilmiy tadqiqot jarayonida tadqiqot ob’ektini kompleks tahlil etish, ishsizlikni 
baholash, unga ishsizlikni yumshatish bo’yicha davlat ijtimoiy siyosatining ta’sir 
etuvchi omillarini o’rganish, miqdoriy va sifatli tahlilni yaxlitlikda qo’llash kabi 
metodologik talablardan kelib chiqildi. Tahlilda taqqosiy narxlarga asoslangan real 
ko’rsatkichlarni qo’llash, qiyoslash va dinamik ko’rsatkichlarga tayanish kabi 
usullardan foydalanildi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin