Nasriy asarlari Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta`limiy va ilmiy-falsafiy yo`nalishdadir. «Mahbubul-qulub»(1500-01) Navoiyning so`nggi yirik asari bo`lib, unda ulug` mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to`plagan boy tajribasi o`z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda «Soriun-nosning af’ol va ahvolining kayfiyati» , axloqiy muammolar , «mutafarriqa favoyid va amsol surati» masalalari ifodalangan. «Xamsatul-mutahayyirin»(«Besh hayrat»,1494) asarida ustozi va do`sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» (1488-89), «Holoti Rahlavon Muhammad»(1493) asarlari manoqib-holot yo`nalishida bo`lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan. «Munshaot» (1498-99) Navoiyning maktublari to`plami (jami 88 ta xat) bo`lib, ular sog`inchlik xatlari, navro`z tabriklari, ta`ziyanomalar, siyosiy o`gitlar, sulhnomalar va boshqa yo`nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan