Улугбек мби doc


 Shaxsiy himoya vositalari turlari va ulardan



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/46
tarix02.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#39646
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
bodring zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari

3.2. Shaxsiy himoya vositalari turlari va ulardan 

 foydalanish tartibi. 

 

Agar    ommaviy  himoyalash  vositalari,  tashkiliy,  texnikaviy  va    boshqa 



chora-tadbirlar  bilan  xavfli  va  zararli  ishlab  chiqarish  omillarini  ish  doirasida 

xavfsiz  darajada  keltirib  bo’lmasa,  u  holda  shaxsiy  himoyalanish    vositalaridan  () 

foydalanishga  to’g’ri    keladi.  Bu  yeng  ko’p  tarqalgani  korjomalardir,    u  odam  

tanasini    noqulay  meterologik  sharoitlardan,  ya’ni  chang,    pestisid  ,  meneral 

o’g’itlar,    neft  mahsulotlari,    yog’lar,  kislota,  ishqor  bug’laridan  issiqlik 

nurlanishidan mexanik shikastlanish va boshqa omillardan himoya qiladi.  

 

Qo’l  teri  qamlami    qo’lqoplar,  to’qima    qo’lqop  kaftlik,  panjaliklar 



shuningdek  himoyalovchi  “Serrigel”    “Auro”,    “LER-1”,  “LER-2”  va  boshqa 

rastalar:  selekonli”, “Plyonka hosil qilishi” kremlar va  “Jeya” , “Soj”,  

 “ Ralle” pastalari,  P D NS- AK  sovun va boshqa  vositalar bilan himoyalanadi.   

          Gazga  qarshi  nafas  olish    shaxsiy  himoyalanish  vositalari    bo’g’gazsimon 

moddalardan  himoyalanishga mo’ljallangan. Ishlatiladigan respiratorlar  

RRG- 67 (10-MRM gacha) sanoat gazniqoblari MKR  (100 MRM gacha ) va BK 

(100 MRM dan yuqori).   

Respiratorlar almashtirilib bo’ladigan  filtrlovchi patronlar gazniqoblar yesa 

ma’lum zararli moddalardan himoyalovchi  filtlovchi  qutilar bilan  ta’minlangan. 

Ular  havo yutgichlar yordamida tozalanadi. Yutgichlar  aktivlashtirilgan ko’mir va 

kimyoviy  sorbertdan tarkib topgan bo’lib qanday zararli gazdan himoyalanishga 

qarab uning tarkibi aniqlanadi.  

Ishlovchi  kishi  xavf  manbaiga  bevosita  tekkanda  yoki  undan  ma’lum 

oraliqda  turganida  jarohat  olishi  mumkin.  Xavfli  doira  deganda  odamning  hayoti 

va salomatligi uchun xavfli ishlab chiqarish omili doimo ta’sir yetib turadigan yoki 

vaqti-vaqti bilan paydo biladigan makon (joy) tushuniladi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

 

53 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Xavfli  doiraga  misol  tariqasida  yuk  ko’tarish  vositalari  bilan  siljitilayotgan 



yuk  atrofidagi,  aylanayotgan  zanjirli,  tasmali  va  kardanli  uzatmalar  atrofidagi  joy 

tushuniladi.  Mashinalarning  aylanayotgan  qisimlaridagi  tashqariga  chiqib 

turadigan  yelementlar  (boltlar,  shpil’kalar,  shplintlar)  ayniqsa  xavfli  doira 

hisoblanadi, ular ishlayotgan kishining sochini, kiyimini ilashtirib ketishi mumkin. 

Mashinalarning  qismlari    bir  biriga  qarab  aylanganda  (paxta  terish  mashinalari 

shpindeli  barabanlarining  yonma-yon  joylashgan  juvftlari)  xavfli  doiraga  tortib 

ketish  xavfi  tug’iladi,  xavfli  doiralarning  o’lchamlari  fazoda  o’zgaruvchan  bilishi 

mumkin. 


Hamma  qishloq  xo’jaligi  korxonalariga  yetkazib  beriladigan  har  qanday 

qishloq  xo’jalik  mashinasi,  agregati,  mexanizmi  va  uskunalari  baxtsiz 

hodisalarning  oldini  olinishning  zamonaviy  vositalari  bilan  jihozlanadi.  Mehnat 

xavfsizligi  to’siq,  tormoz,  blokirovka,  saqlash  qurilmalari,  signalizasiya,  shaxsiy 

himoya  vositalarini  ishlatish,  shuningdek  ularning  yaxshilanishi  nazorat  qilish 

bilan ta’minlanadi. 

To’siq  qurilmalar  xavfli doiralarni  izolyasiyalash  uchun oddiy,  ishonchli  va 

arzon  to’siq  qurilmalar  keng  ko’lamda  ishlatilmoqda.  To’siq  qurilmalari  odam 

bilan  xavf  orasida  to’siq  yaratish  uchun  hizmat  qiladi.  Ular  qanday  maqsadga 

mo’ljallanganiga qarab har-xil konstruksiyada bo’ladi. 

Saqlovchi  qurilmalar  mashina  va  uskunalarga  qo’yiladigan  mavjud 

talablarga  muvofiq  har  bir  mashina,  traktor  yoki  agregatda  avariya  holidagi  ish 

rejimiga  mo’ljallangan  saqlash  qurilmalari  bo’lmasa,  bunday  mashina  ishga 

yaroqli yemas, deb hisoblanadi. Saqlash qurilmalarining ishlash prinsiplari nazorat 

qilinadigan  parametr  (zo’riqish,  bosim,  temperatura  va  h.k)  ruxsat  yetiladigan 

chegaradan chiqqanda uskunaning avtomatik to’xtatishga asoslangan. 

Tormozlash  qurilmalari  mashina  va  uskunalarning  harakatlanayotgan 

(aylanayotgan)  elementlarini  tez  va  asta-sekin  to’xtatish  uchun  tormozlash 

qurilmalari ishlatiladi. Bundan tashqari, ular mashinalarni qiyaliklarda tutib turish, 

ko’tarilgan  yukning  iz-izidan  pastga  tushib  ketishidan  saqlash  maqsadida  ham 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

 

54 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

ishlatiladi. 



Blokirovka  qurilmalari.  Blokirovka  -  bu  mexanizmlarni  yoki  ularning 

qismlarini  muayyan  holatda  ishonchli  mahkamlashni  ta’minlaydigan  vositalardir. 

Blokirovka qurilmalari mexanizm va  mashinalarda boshqa saqlagich vositalarning 

bo’lishi ishlovchining xavfsizligini ta’minlay olmaydigan hollarda qo’llaniladi. 

Signalizasiya.  qillaniladigan  signalizasiya  qurilmalari      mexanizm,  agregat 

va  mashinalarning  ish  jarayonining  miqdori  yoki  sifat  izgarishlaridan  habardor 

bilib  turishga  imkon  beradi.  Signalizasiya  funksional  vazifaga  kira  qo’yidagilarga 

bilinadi: ogohlantiruvchi, nazorat qiluvchi va gaplashish signalizasiyasi. 

Tuproqqa ishlov beradigan mashinalarda ishlashda xavfsizlik choralari. Ishni 

boshlashdan  oldin  rostlash  ishlari  kompleksini  bajarish  lozim,  bunda  dastlab  ish 

organlarining  iz-izidan  pastga  tushishi  yoki  tushib  ketishining  oldini  oladigan 

chora-tadbirlarni kirish kerak. 

Tuproqqa  ishlov  beradigan  mashinalarning  ish  organlarini  mashina 

ishlayotgan  vaqtda  tozalash  mutloqo  taqiqlanadi.  Plug  limixlarini  almashtirishdan 

oldin  oldingi  va  ketingi  korpuslarning  dala  taxtalari  tagiga  mustahkam  tagliklar 

qo’yish zarur.  

Diskli  boronalar  bilan  ishlashda  rostlash  va  tozalash  ishlarini  bajarishda 

disklarning o’tkir qirralari qo’lni kesib ketishi mumkin. 

Tuproqqa ishlov beradigan agregat ishlayotgan vaqtda uning oldida turish va 

yurayotganida ramasiga o’tirish ta’qiqlanadi. 

Quruq  havoda  shamol  bilayotganda  traktorchi  himoya  kuzoynagini  taqib 

ishlashi kerak. Kechasi ishlaganda agregat yetarli darajada yoritilgan bilishi lozim.      

  

b)  Ekin  o’tqazish  mashinalarini  ishlatishda  xavfsizlik  choralari.  Seyalkalar 



bilan  ishlashga ekin  yekish agregatlarida  ishlash  uchun  tayyorlangan, seyalkalarni 

tuzilishini biladigan  va  xavfsizlik texnikasidan  instruktaj olgan  kishilargina ruxsat 

etiladi. 

   


v)  Don  ekish  seyalkalarining  urug’  yashigiga  boshqa  narsalarni  solish 

ta’qiqlanadi.  Agregat  harakatlanayotgan  vaqtida  mashinani  rostlash,  ekish 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

 

55 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

apparatlariga  urug’  solish,  shuningdek,  markyorlarni  ko’tarish  va  tushirish 



yaramaydi.  Ish  boshlanishidan  oldin  ekish  aparatlarining  qopqoqlari  zashchelka 

bilan berkitilgan bilishi kerak.  

g)  Organik  o’g’itlar  solishda  xafvsizlik  choralari.  Organik  o’g’itlar  bilan 

ishlashga mexanizatorlarning xavfsizligi, asosan mashinani ishlatishdagi xavfsizlik 

talablariga  rioya  qilishga  bog’liq.  Ishni  boshlashdan  oldin  boltli  birikmalarni 

tekshirib  kirish,  reduktorda  surkov  moyi  borligini,  transportyor  zanjirlarning 

tarangligini  tekshirishi  va  kardon  valni  qo’lda  aylantirib,  yuritma  mexanizmlarda 

qisib (tishlab) qoladigan joylar yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak. 

d)  O’simliklarni  himoya  qilishdagi  texnik  vositalardan  foydalanishda 

xavfsizlik  choralari.  O’simliklarni  kimyoviy  himoya  qilish  uchun  ishlatiladigan 

mashinalar  (OVX-28,  OShU-50  va  h.k)  mavsum  boshlanish  oldidan  remont 

qilinadi, ishchi organlari (changlatgichlar) rostlanadi, neytral suyuqlikdan (suv, bor 

yeritmasi  va  h.k.)  foydalanib  ish  holatida  sinab  ko’riladi  va  shaxsiy  muhofaza 

vositalaridan ishlash haqidagi qisqacha yozuvlar tiklanadi. 

A)  Umumiy  talablar.  Mineral  o’g’itlar  o’simliklarni  o’sishini  ta’minlovchi, 

pesticidlar,  zararsizlantiruvchi  va  boshqa  kimyoviy  vositalar  o’simlikshunoslik 

amaliyotiga  keng  kirib  kelgan.  Ular  yuqori  hosil  olishni  va  saqlashni  ta’minlaydi. 

Biroq bu hamma moddalar  u yoki bu miqdorda odamga va atrof muhitga xavflidir. 

Kimyoviy  moddalarning  tasiri  odamni  ular  bilan  bevosita  aloqasi  natijasida 

(aralashmalar  tayyorlashda;  urug’larga,  tuproqqa,  o’simliklarga  ishlov  berishda, 

ishlov berilgan uchastkalarda ishlashi yoki bo’lishi va h.k.) va bilvosita - o’simlik, 

oziq  -ovqat  va  ximikatlar  bilan  ishlov  berilgan  dalalardan  olingan  mahsulotlari 

orqali,  shuningdek  hayvonot  mahsulotlari  orqali  (go’sht,  sut,  tvorog,  tuxum  va 

h.k.) va o’simlik mahsulotlari yem sifatida ishlatilganda ularning tarkibida nitrat va 

pesticidlarning  miqdori  me’yoriy  kirsatkich  darajasidan  yuqori  bo’lsa.  Pestisidlar 

odam  uchun  mineral  o’g’itlarga  nisbatan  xavfliroqdir.  Ishlatilishiga  qarab 

pestisidlar  insektisidlar  (qurt-qumursqaga  qarshi  kurashish  uchun),  akaradsidlar 

(kanaga), rodensidlar (zararli kemiruvchilarga), fungisidlar (zamburug’ kasalliklari 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

 

56 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

bilan), bakterisidlar (bakteriyalar), gerbisidlar (begona o’simliklarga) va boshqalar. 



Pestisid  va  mineral  o’g’itlar  bilan  zaharlanishni  oldini  olish  (profilaktika 

qilish) asosiy yo’llari, ular bilan ishlaganda me’yor, mehnat xavfsizligi va kollektiv 

saqlanish  vositalarini  ishlatish;  agrotexnikaga,  ekinlarga  qayta  ishlov  berish  va 

kimyoviy  preparatlarni  sarf  qilish  miqdoriga  qat’iy  rioya  qilish;  kimyoviy 

ishlovlarni  aholi  yashaydigan  joydan,  molxonalardan,  suv  havzalaridan  kerakli 

uzoqlikda  olib  borish,  shamolning  ruxsat  etilgan  tezligida  ishlov  berish;  hosilini 

terib  olishgacha  ekinlarga  berilgan  ohirgi  kimyoviy  ishlov  muddatini  saqlash; 

o’rganilgan  va  faqat  ruxsat  etilgan  preparatlardan  foydalanish.  Granulalangan 

shakldagi  pestisidlardan  foydalanish  mehnat  sharoitlarini  yahshilashda  ijobiy 

natijalarni beradi. 

Omborxona  binolarida  tabiiy  va  mexanik  ventilyasiyalashni,    omborchiga 

alohida xona va qo’shimcha xonalar hojatxona, dushxona, shaxsiy  xona vositalari 

saqlanishi uchun, suv, sovun, sochiq, aptechkalar va boshqalar uchun. 

Qoplangan va qoplanmagan mineral o’g’itlar alohida bo’limlarda saqlanadi. 

Qoplanmaganlarni g’aram qilib balandligi 2 metrgacha (qotib qolmagan o’g’itlar 3 

m  gacha)  to’plab  qo’yiladi,  qoplanganlari  esa  tagidan  namlik  o’tmasligi  uchun 

taglik  qo’yib  qoplarni  bir-birini  ustiga  g’aram  qilib  taxlanadi.  G’aram  orasidagi 

oraliqlar  3  m  dan  kam  bo’lmasligi  kerak,    (mexanizmlarni  ishlashi  va  odamlar 

o’tishi  uchun),  g’aramlardan  ombor  devorigacha  bo’lgan  oraliq  1  m  dan  kam 

bo’lmasligi kerak. G’aramning tepasi bilan omborning shipi orasidagi oraliq 0.4 m 

dan  kam  bo’lmasligi  kerak.  Suyuq  mineral  o’g’itlar  maxsus  idishlarda  saqlanadi. 

Pestisidlar  kimyoviy  korxonalardan  (bochkalarda,  barabanlarda,  konistrlarda, 

yuqori  bosimga  bardosh  beradigan  ballonlarda,  shisha  idishlarida,    qoplarda, 

yashiklarda,  qutilarda)  keltiriladi  va  ularni  faqat  yassi  yoki  tirkab  qo’yiladigan 

poddonlarda,  stellajlarda  bir-birini  ustiga  qiyilib  saqlanadi,  har  xil  pestisidlar 

boshqa-boshqa  g’aramlarda  saqlanadi,  bular  orasidagi  masofa  1  m  dan  kam 

bo’lmasligi  kerak.  Hamma  turdagi  idishlarning  ustida  preparatning  nomi, 

moddaning  belgilangan  ta’sirini  foizi,  pestisidning  guruhi,  xavfsizlik  belgisi, 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

 

57 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

og’irligi  netto,  shuningdek  "Yong’indan  xavfli"    yoki  "Portlash  xavf"  bor  va 



ogohlantiruvchi  chiziq  razmeri  20-40  sm  gerbisidlar    qizil,  defoliantlar  oq, 

nematosidlar qora, fungisidlar yashil, dorilovchi moddalar zangori, zoosidlar sariq 

rangda  bo’ladi.    Omborchi  pestisidlarni  faqat  xo’jalik  rahbari  yoki  muovinining 

yozma ravishda berilgan farmoyishiga asosan o’simliklarni himoya qilish ishlariga 

javobgar  shaxslarga  bir  kuniga  yetarli  miqdorda  beriladi.  Ish  tugagandan  keyin 

qolgan pestisidlar va bo’shagan taralar qayta omborga topshiriladi. Ishdan chiqqan 

qog’oz  yoki  yog’och  taralarni  maxsus  maydonlarda  yoqib  tashlanadi.  Omborga 

keladigan  va  chiqadigan  pestisidlar  shnurlangan  va  raqamlangan  kirim-chiqim 

daftarida ro’yxatga olinadi va omborxonada saqlanadi. 

Pestisidlarni transportda tashish javobgar shaxs ishtirokida, maxsus yoki shu 

maqsad uchun moslashtirilgan transportda shaxs ishtirokida va faqat soz va yaxshi 

yopilgan  taralarda  amalga  oshiriladi.  Agar  tara  buzilib  ketsa,  darhol  transport 

to’xtatiladi  va  buzuqlik  tuzatiladi,  buning  uchun  kerakli  hamma  materiallarga, 

asboblarga va shaxsiy himoyalanish vositalariga ega bilish kerak.  

Mineral o’g’itlarni tarasiz (uyma holda) transportda tashishga ruxsat etiladi. 

Faqat changlanib ketish xavfini olgan holda (brezent bilan yopib qo’yish). 

Suyuq  o’g’itlarni  ishlatish  joylariga  avtosisternalarda  va  yuk  tashuvchi 

mashinalar  ustida  hajmiy  idishlarda  yoki  transport  bochkalarida  yetkazib  beriladi. 

Suyuq  mineral  o’g’itlarni  transportda  tashish  uchun  ishlatiladigan  hajmli  idishlar 

zich yopiladigan bilishi kerak, havo kiradigan va saqlovchi klapanlarga, ajratuvchi 

chizig’iga va yozuvchiga ega bilishi kerak. 


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin