QAROR QILINDI:
Bitiruvchi Nodirov Ulug’bek Kaxramanovichning «Bodring zararkunandalari va ularga
qarshi kurash choralari» mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi barcha ko’rsatkichlari bo’yicha
DAK talablariga javob berishi inobatga olinib, u DAK da himoya qilish uchun tavsiya etilsin.
Majlis raisi, professor
F.X. Hoshimov
Kotiba
M.G’ulomova
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
8
MUNDARIJA
betlar
KIRISh………………………………………………………………
5
I-Bob. Bodring zararkunandalari, bioekologiyasi va ularga qarshi
kurashning holati (Adabyotlar tahlili).................................................
8
II-Bob. Issiqxona
sharoitida
bodring
zararkunandalari,
biologik
xususiyatlari va zarari....................................................................
15
2.1. So’ruvchi zararkunandalarni bioekologiyasi....................................
15
2.2.
Kemiruvchi zararkunandalarni bioekologiyasi................................
25
2.3.
So’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalar sonini boshqarishda
entomofag va mikrobiologik preparatlarning ahamiyati...................
35
2.4
So’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalar sonini boshqarishda
kimyoviy preparatlarni ahamiyati..................................................
42
III-Bob. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologik muammolar……………..... 46
3.1.
Kimyoviy moddalardan foydalanishda xavfsizlik choralari……..... 46
3.2.
Shaxsiy himoya vositalari turlari va ulardan foydalanish tartibi…..
48
XULOSALAR.................................................................................. 54
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI ......................
55
ILOVA ............................................................................................... 58
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
9
KIRISh
O’zbekiston Respublikasida barcha yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik
mahsulotlarini jahon bozor talablariga javob beradigan darajada sifat
ko’rsatkichlariga ega bo’lishini taqazo etadi. Endilikda qishloq xo’jaligining
barcha sohalarida islohotlar o’tkazilib mamalakatimizning oziq ovqat xafsizligini
ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunning eng
dolzarb muommosi - bu 2008 yilda boshlangan jaqon moliyaviy inqirozi, uning
ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yullarini
izlashdan iborat (Karimov,2009).
Jumladan aholi jon boshiga yetarli mikdorda qishloq xo’jalik mahsulotlarini
yetishtirish va iste’mol qilish bo’yicha eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib
chiqish respublikada olib borilayotgan agrar siyosatning negizi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’z ma’ruzalarida, kishlok
xo’jaligi - Respublika iqtisodiyotining eng ko’lamli, xal qiluvchi bug’ini bo’lib,
Respublikaning takdiri ko’p jixatdan shu soxaning kanday rivojlanishiga bog’liq, -
deb ko’rsatib, qishlok xo’jaligining takdiri, demakki, eng muxim ijtimoiy,
iktisodiy muammolarimizning xal etilishi, pirovard natijada, mamlakatimiz oziq-
ovqat ta’minoti xavfsizligi bu boradagi ishlarning kulami va samaradorligi bilan
bog’liqligini ta’kidlab o’tgan.
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bozor munosabatlariga o’tish davrida
barcha yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini jaxon bozor talablariga
javob beradigan darajada sifat ko’rsatkichlariga ega bulishini taqazo etadi.
Endilikda qishloq xo’jaligining barcha sohalarida islohatlar o’tkazilib, maxsulot
yetishtirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Aholi jon boshiga yetarli miqdorda qishloq xo’jalik maxsulotlarini stishtirish
va iste’mol qilish buyicha zng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqigd
respublikada olib borilayotgan agrar siyosatning negizi xisoblanadi.
O’zbekistonda sabzavot ekinlari ichida bodring muxim aqamiyat kasb etadi.
Salomatlik va gigiyena soxasi olimlarning xisoblariga qaraganda jon boshiga xar
yili 25-35 kg dan bodring istemol qilinishi lozim ekan.
Aholi jon boshiga yil davomida bodring ishlab chiqarish esa xozirgi kunda
15-18 kg ni tashkil etmoqda, Bu tavsiya etilgan oqilona me’yordan 10-17 kg kam
demakdir (Obloqulov,2006).
Bunday kursatkichga erishish uchun O’zbekiston Respublikasi Kishloq va
suv xo’jaligi vazirligi tomonidan "Sabzavot maxsulotlarini yetishtirish hamda
ularni kompleks qayta ishlash jarayonini 2004-2010 yillarda takomillashtirish"
dasturi ishlab chiqilgan. Shuningdek, 2006 yil 11 yanvarda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik soxasini islox
qilish buyicha tashkiliy chora—tadbirlar tug’risida"gi qarori bu sohaning rivojiga
zamin yaratdi.
O’zbekiston Respublikasida nafaqat bodring ekiladigan maydonlar hajmini,
balki ularning xosildorligini muttasil oshirib borish lozim va bu bozorda
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
10
issiqxonalarda sabzavot yetishtirishga aloqida e’tibor berish talab etiladi.
Zero issiqxonalarda yetishtirilayotgan sabzavot ekinlari fitofaglariga qarshi
o’z vaqtida, samarali kurash olib bormay, ekinlarning bir me’yorda o’sishi va
rivojlanishini ta’minlanmay turib ulardan mo’l-ko’l va sifatli hosil yetishtirish
mumkin emas.
Aholining sabzavot mahsulotlariga bo’lgan va oshib borayotgan ehtiyojlarini
birgina mavsum davridagina emas, balki yil davomida muntazam ravishda qondirib
borish, vitaminlarga boy sabzavotlar bilan ta’minlashda issiqxonalarning ahamiyati
kattadir (X.X.Kimsanboyev, V.Izuyev va boshqalar, 2006).
Xozirgi, yangi xo’jalik yuritish davrda shirkat xo’jaliklari tarqatilib
fermerlarga aylantirilib, issiqxonalar maydoni ham yil sayin kengayib bormokda. Shu
kunda ularning maydoni 5,0 ming gektardan oshib ketdi (Azimov,
Xakimov,2003).
Hosildorlikni oshirishning asosiy omillaridan biri - bu serhosil, turli kasallik,
hasharotlar, ekstrimal sharoitga chidamli navlar urug’larini tanlab ekish va ekinlarni
yuqori texnologiya asosida parvarishlashdir (Abbosov, Qoraboyev, 2007).
Shu bilan birga zararli fitofaglarga qarshi o’z vaqtida kurash olib borish kam
yetishtirilayotgan hosilni saqlab qolish imkonini beradi.
Yopiq ekosistemada bodringni bir necha turdagi zararkunandalar zararlab,
hosil miqdorini kamaytirib, uning sifatini buzmoqda. Bunday zararkunandalarga
o’rgimchakkana (Tetranychus urtlcae Koch.), oqqanot (Trlaleurodes vaporarloum
West) va o’simlik bitlari (Aphldldae), kuzgi tunlam (Agrotls segeturn Den.et
Schltl), karadrina (Sphadoptera exigua Nb. ), g’ovak hosil qiluvchi pashshalar
(Agromyzidae) va nematodalar kirib ular issiqxonadagi sabzavot ekinlariga jiddiy
zarar yetkazib kelmoqdalar.
Issiqxonalarda zarar keltiradigan hasharot turlarini ularning oziqlanish
usuliga qarab ikkiga bo’lish mumkin. Birinchisi, so’ruvchi zararkunandalar. Bular
o’simlik shirasini so’rib, uni rivojlanishdan ortda qoldiradi va hosildorlikni
pasaytirib, sifatini buzadi. O’simliklarda har xil yuqumli kasalliklar (ayniqsa virusli)
tarqalishiga sababchi bo’ladi. Ayrim hasharotlarning shirali chiqindilari (o’simlik
bitlari va oqqanot) o’simlikni bargi va boshqa qismlarini ifloslantirishi tufayli
saprofit zamburug’larning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratib, fotosintez
jarayonini izdan chiqaradi.
Ikkinchi tur zararkunandalar - bu kemiruvchi zararkunanda hasharotlar -
tunlamlardir. Issiqxonalarda bu hasharotlar ko’proq go’ng orqali, keyinchalik, kuz
oylarida uchib kelgan kapalaklari bu joylarda tuxum quyib rivojlanishni davom
ettiradilar. Bunday xolatlar kam kuzatilgan bo’lsa ham tunlamlarning
issiqxonalarda ekinlarga zarari sezilarli bo’layotanligi mutaxassislar tomonidan
e’tirof etilmokda.
Bundan tashqari xozirgi kunda issiqxonalarda zararli fitonematodalar
pomidor hosiliga katta zarar yetkazmokda. Ularning ta’sirida o’simlik qurib qolib,
pomidor hosildorligi 40-50 foizga, ayrim issiqxonalarda esa 60-70% gacha nobud
bo’lmoqda.
Ochiq
sharoitdagi
ituzumdosh
o’simliklarda
uchraydigan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
11
zararkunandalarga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimi ishlab chiqilgan (Rashidov,
1985; 2000).
Biroq, bunday ilmiy tadqiqot ishlari yopiq sharoitda deyarlik olib
borilmagan. Olib borilgan bo’lsa ham o’tgan asrning 80-yillari (Asqaraliyev,1979;
Adashkevich,
Xo’jayev,
Qodirov
1986;
Adashkevich
1988;)
ayrim
zararkunandalar buyicha o’tkazilgan xolos.
2000 yillari U.Ortiqov tomonidan (2003, 2004, 2007) issiqxonalardagi
pomidorda uchraydigan tunlam kapalaklari va ularga qarshi entomofaglarni
ishlatish bo’yicha tadqiqot olib borilgan.
Yopiq ekosistemada yetishtiriladigan bodring o’simligida deyarli ilmiy
izlanishlar olib borilmagan. Muallif tomonidan issiqxona fitofaglarini urganish
1995 yildan boshlanib, xozirgi kungacha davom etmoqda(Sulaymonov, 1996-
2008).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
|