O’rgimchakkana (Tetranychis urticae Koch) hammaxo’r zararkunanda
hisoblanib, u 248 dan ortiq o’simliklarni zararlaydi.
Ayniqsa g’o’za, bodring,
no’xat kabi o’simliklar va poliz ekinlarini qattiq zararlashi natijasida barglar
to’kilib, sabzovot va poliz ekinlari qurib qoladi. O’rgimchakkana erta tushganda
hosilni 50 % ga yaqini
nobud bo’lishi mumkin (Kosobuskiy, 1934, Yaxontov
1938; Uspenskiy, 1960, 1970; Alimuhamedov, Xodjiyev, 1980; Kimsanboyev va
boshq., 2002).
O’rgimchakkanani bahorgi va yozgi bo’g’in vakillari sarig’ish yashil,
qishkilari esa qizg’ish, to’q sariq tusda bo’ladi (3.1-rasm).
O’rgimchakkanani kattaligi 0.3-0.6 mm keladi. Lichinkasida 3 juft, nimfa va
imagolarida 4 juft oyoqlari bo’ladi. Kanalarning rivojlanishi yozda har 8-12 kunda
o’tsa, kuzda va bahorda 19 kungacha davom etadi. Bir yilda 18-20 marta nasl
beradi (Uspenskiy, 1970). Urg’ochi zotlari issiqxonalar, parniklarda o’simlik
qoldiqlarida yakka-yakka holda yoki to’p-to’p bo’lib qishlaydi. Ular sovuqqa
chidamli, –20
0
S da bitta yarimtasi, sovuq –30
0
S dan oshganda esa 100 % nobud
bo’ladi (Kimsanbayev va boshq., 2002).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
|