37
2.12-rasm. G’ovaklovchi pashsha g’umbagi.
Tajriba uchun bodring va pomidor o’simligi vegetasion chelakchalarda
(sosudlarda) va gul tuvaklarida o’stirib olingan. Zararkunanda pupariylari
issiqxonalardagi o’simlik barglaridan olib kelinib, 10 tadan probirkalarga solingan
va pashshalar uchib chiqqunicha saqlangan. Pashshalar uchib chiqqandan so’ng
ularni oziqlantirish uchun 20% li shakar eritmasi paxtaga shimdirilib berilgan.
Pupariylardan (3.12-rasm) pashshalar chiqishi bilan ular bir-biridan izolyasiya
(doka bilan) qilingan o’simliklarga kiritilgan. O’simlikda qo’yilgan tuxumlar vaqti,
ularning soni (serpushtligi), lichinkalarni g’ovaklardan (minalardan) chiqish vaqti
va joyi bo’yicha kuzatuvlar olib borilgan. Lichinkalarni rivojlanish holatini
kuzatish uchun 15 ta g’ovak olingan va lupa yordamida ko’rilib, mikrometrik linza
bilan ularning o’lchamlari aniqlangan.
Lichinkalarni o’simlik barglariga keltirgan zarari har 24 soatda aniqlanib
borilgan. Lichinkalar pupariyga aylanishi uchun g’ovaklardan chiqqanda ularning
chiqish vaqti va o’lchami aniqlangan, hamda ularni izolyasiyalangan joyga qo’yib
imagoning paydo bo’lish vaqti kuzatilgan. Imagoning paydo bo’lish vaqti, ularni
o’lchami, jinslar nisbati belgilab borilgan (Parrella 1984; Saito 1988; Issa 1990).
Tuxumlik davri: L. sativae ni yangi qo’yilgan tuxumi ellipssimon, oqish
rangda, shaffof bo’lib o’rtacha uzunligi 0,18 mm. Qo’yilgan jami 200 ta tuxumdan
2 sutka o’tgach, 10% idan, 3-chi sutkada 76%, 4-sutkada esa 83,5% idan
lichinkalar chiqqan. Tuxumlarning 16,5% idan umuman lichinkalar chiqmagan.
Lichinkalik davri: G’ovaklarda, tuxumdan chiqqan lichinkalar bargning
mezofill qavati bilan oziqlanishni boshlagan va butun lichinkalik davrida sarg’ish
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
38
rangda, silindrsimon shaklda bo’lgan. Lichinkalari 3 yoshni o’tagan.
Dostları ilə paylaş: