2.7-rasm. Karadrina kapalagi
Uning yosh qurtlari o’simlik bargini qirtishlaydi, katta yoshdagilari esa
kemiradi va barglarni teshadi. U barg chetlarini ham kemiradi. Karadrinaning
biologik xususiyatlarini bir qancha olimlar tomonidan o’rganilgan (Bogush,1964;
Bronshteyn, 196; Atadjanov 1962; 1963; Tanskiy; Shamuratov, 1977 Shamuratov,
1976; 1977; 1979; Larchenko, 1960). Kapalaklari gul nektari bilan oziqlanadi,
bular g’o’za tunlami kapalagidan farqli o’z tuxumini to’p-to’p qilib, g’o’za
bargining orqa qismiga qo’yadi, so’ngra ularni qorin qismidan ajratilgan tuklari
bilan o’rab qo’yadi. Tuxumi ko’kish-sariq, sadafsimon tusda tovlanadi, yumaloq
diametri 0,5-0,6 mm. Tuxumdan qurtchalar chiqishiga 3-4 kun qolganda ular to’liq
qorayadi (3.8-rasm).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
31
2.8-rasm Karadrina tuxumi.
Qurtlar ikkinchi yoshga qadar barglarda to’da-to’da bo’lib yashagan va
barglarni kemirgan, natijada barglar ilma-teshik bo’lib ketgan. Uchinchi bor
tullagan qurtlari, o’simlikdan pastga siljigan (3.9-rasm).
Dostları ilə paylaş: |