Улугбек мби doc


-rasm. Shaftoli biti (Myzus persicae Sulz.)



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/46
tarix02.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#39646
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
bodring zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari

2.4-rasm. Shaftoli biti (Myzus persicae Sulz.) 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

27

 



 

2.5-rasm. Poliz biti (A.gossypii Glow

 

 

2.6-rasm. O’simlik bitlari bilan zararlangan bodring. 



 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com


 

28

O’simlik  bitlarining  morfologiyasi  va  biologiyasi  bir  qator  olimlar 



tomonidan o’rganilgan (Plotnikov,1926; Yaxontov, Nevskiy, 1942). 

Jumladan,  XX-asrning  60-yillarida  A.G.Davletshina  (1964,  1970)  o’simlik 

bitlarining  tur  tarkibi,  morfologiyasi,  biologiyasi  va  sistematikasini  ko’p  yillar 

davomida o’rganilgan.  

O’simlik  bitlari    chala  o’zgarish  yo’li  bilan  rivojlanuvchi  hasharot  bo’lib, 

butun  mavsum  davomida  tirik  lichinka  tug’ib  ko’payadi.  Faqat  qishlashda 

tuxumlik  fazasida (poliz  yoki  g’o’za bitidan tashqari) bo’ladi. Bu zararkunandalar 

ochiq  sharoitda,  bir  yilda  26  martagacha  nasl  beradi.  Havo  haroratiga  qarab 

bitlarinig bir avlodi rivojlanishi uchun 3-20 kun kerak bo’ladi. Har bir urg’ochi bit 

o’z hayotida 150 tagacha lichinka tug’adi.  

  

Bitlar  begona  o’tlarda  qishlaydi.  Erta  bahorda  ular  tez  ko’paya  boshlaydi. 



Beda  yoki akasiya biti  g’o’zaga aprel-may oylariga o’tib, iyun oyining oxirigacha 

u  yerda  hayot  kechiradi.  Poliz  va  g’o’za  katta  yashil  bitlari  esa  sabzavot  va  poliz 

ekinlarida  begona  o’tlarda  rivojlanib  issiqxonalarda  ko’chat  ekilgandan  so’ng 

uchrab,  ayniqsa, bodring o’simligiga katta iqtisodiy zarar yetkazgan.  

  

Bitlarning zarari (g’o’zada) keyingi 2002 va 2003 yillari erta bahordan ham 



ko’ra,  kuzga  yaqin  (avgust-sentyabr  oylarida)  kuchli  namoyon  bo’lgan.  Buning 

oqibatida tola shiralanishi sodir bo’lib, og’ir oqibatlarga sababchi bo’lishi mumkin. 

Tolani  shiralanishini  oldini  olish  bo’yicha  ilmiy  izlanishlar  olib  borilib  amaliyot 

uchun  tavsiyalar  ishlab  chiqilgan  (Ochilov,  To’rayev,  2003;  Sattorov,  Ochilov, 

Ashurov  va  boshq.,  2005;  Hamrayev,  Ochilov,  Xakimov,  2006).  Mazkur 

tavsiyalarga amal qilinishi o’z navbatda o’simlik bitlarini dala atrofidagi yerlardan, 

paxtazorlardan shiralarning issiqxonalarga ko’chib o’tishini kamaytirar ekan. 

Shiralarga  (o’simlik  bitlariga)  qarshi  kurashda  juda  ko’p  insektisidlar 

sinalib,  ishlab  chiqarishga  tadbiq  etilgan  (Eshmatov,  Shvesova,  1987;  Xurramov, 

Xolmurodov, 2005). 

 Bu  dorilarni  ishlatishda  2  ta  qiyinchilik  vujudga  kelishi  mumkin. 

Birinchidan,  bu  ko’plab  avlod  beruvchi  hasharotlarda  tezda  chidamlilik  hosil 

bo’lishi bo’lsa, (Abdullayev, 1988; Vidyasekhar Reddy et.al. 1989; Kerns, Gaybor, 

1992,  Suxoruchenko,  2001)  ikkinchidan,  shiralar  odatda  o’simlik  unib  chiqishi 

paydo  bo’lib  (may)  bu  davrda  ipak  qurti  boqilishi  munosabati  bilan  kimyoviy 

ishlovlar o’tkazish cheklangan bo’ladi.   

Issiqxonalarda  o’simlik  bitlariga  qarshi  kurashish  uchun  biologik  himoya 

vositalaridan  oltinko’z  va  yirtqich  gallisaning  ahamiyati  kattadir.  Ularni 

laboratoriyada ko’paytirish va qo’llash bo’yicha Rossiyada bir qancha ilmiy ishlar 

bajarilgan (Adashkevich, 1983; Bondarenko, 1986).    

Respublikamizda  o’simlk  bitlariga  qarshi  yirtqich  gallisa  Aphidoletos 

aphidimyza  Rond.  qo’llash  bo’yicha  olib  borilgan  tadqiqotlar  oxirigacha 

yetkazilmagan (Nurmuhamedov, 1986).  

Oltinko’z  entomafagini    issiqxonalarda  shiralarga  qarshi  qo’llash  bo’yicha 

tadqiqotlar umuman olib borilmagan.  

Yuqoridagilarni  e’tiborga  olib  biz  o’simlik  bitlariga  qarshi  issiqxonalarda 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

29

bodring  o’simligida  Aphidoletos  aphidimyza  Rond.  ni  hamda    oltinko’z 



Chrysoperla  carnea  Sterh.  ni  qo’llashni  istiqbollari  bo’yicha  ilmiy  tadqiqot 

ishlarini o’rganishni maqsad qilib oldik. 




Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin