23
Shu davrda o’rgimchakkana issiqxonada 6 ta to’liq avlod berib rivojlangan
va bir avlodining rivojlanish davri issiqxona harorati hamda o’simlikning xolatidan
kelib chiqib 14-15 kundan 19-20 kungacha davom etgan.
Issiqxona sharoitida kanaxo’r trips, stetorus, oltinko’z lichinkalari, orius
qandalalari kam miqdorda uchrasada zararkunandaning rivojlanishiga o’z ta’sirini
ko’rsatgan.
Issiqxona
oqqanoti
(Trialeurodes
vaporariorum
Westw.)
S.N.Alimuhamedov,
Sh.T.Xo’jayev
(1991),
X.Kimsanbayev,
A.Qodirov,
F.Zoxidov (2001), F.Yarkulov, V.N.Kuznesov (2001) ma’lumotlariga qaraganda
issiqxona oqqanoti g’o’za, pomidor, bodring, baqlajon, loviya, kungaboqar, tamaki
va boshqa ko’pgina ekinlarga zarar yetkazadi.
Voyaga yetgan hasharot tanasi sarg’ish rangli 1-1,5 mm uzunlikda bo’lib,
ikki juft unsimon oqqanotlidir. Tuxumi ovalsimon 0,24 mm uzunlikda bo’lib,
dastlabki bosqichda ular och-sariq tusli bo’ladi (3.3- rasm).
Boshqa aleyrodidlarniki singari issiqxona oqqanotining tuxumi ham
substratga kichik poyachasi bilan yopishadi. Nimfasi 0,8 mm uzunlikda, yapaloq
ovalsimon, maxsus tukchalar bilan qoplangan. Oqqanot chala rivojlanuvchi
hasharot bo’lib, tuxum 1-4 yoshli lichinka, nimfa va voyaga yetgan hasharot
fazalarini o’taydi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi yapaloq, kam harakatchan bo’lib,
3 juft oyoqli hamda qizil ko’zli bo’ladi. Tuxumdan yangi chiqqan lichinka
birinchi yoshda 0,3 mm bo’lib, dastlabki 15 saot davomida o’zi yopishadigan
qulay joy qidirib faol harakat qilgan, keyin oziqlana boshlagan va harakatsiz
bo’lib, mum qavat bilan qoplangan, bargni so’ra boshlagach harakatsiz hayot
kechirgan. Birinchi yoshidagi lichinkalar yuqori harorat va havoning namligi past
bo’lishiga sezuvchan bo’lib, bu fazaning davomiyligi 4-6 kun bo’lgan.
Lichinkaning ikkinchi yoshida tanasi yaltiroqligi sababli uni bargda kuzatish qiyin
bo’lgan. Gavdasini uzunligi 0,4 mm bo’lib, 1-3 kun rivojlangan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com