Улугбек мби doc


- rasm. Issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum Westw.)



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/46
tarix02.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#39646
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
bodring zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari

2.3- rasm. Issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum Westw.). 

 

Lichinka  uchinchi  yoshida  0,52  mm  gacha  o’sgan,  ancha  xiralashgan,  2-6 



kun  davomida  rivojlanib,  yelkasida  7  juft  o’simta  paydo  bo’lgan  va  shu  bilan 

oldingi  yoshdagilardan  farq qilgan.  Lichinka to’rtinchi  yoshida  nimfaga aylangan, 

uzunligi 0,8- 0,75 mm gacha yetgan. U 10-16 kun rivojlangan. 

Nimfadan  11-12  kun  ichida  voyaga  yetgan  hasharot  uchib  chiqqan.  Bu 

hasharot asosan bargning yoritilmagan pastki qismiga yopishar ekan. Yetuk zotlari 

umuman  o’simliklarni  bevosita  zararlamaganlar.  Ularning  voyaga  yetganlari  2-3 

kun ichida qo’shilganlar. O’simlikdan-o’simlikka uchib o’tganlar. 

Oqqanotning  urg’ochilari  20-28  kun  yashagan  va  150-300  tagacha  tuxum 

qo’yar  ekan.  Tuxumlarni  yosh  bargning  pastki  qismiga,  10-20  donadan  to’p-to’p 

qilib  qo’yganlar. Voyaga yetgan hasharot va ularning tuxumi qisqa muddatli  

(-13°S  gacha)  harorat  pasayishiga  kam  chidamli  bo’lgan.  Havo  harorati    30°  S 

bo’lganda urg’ochilari 9-11 kun yashasa, erkaklari ulardan 2-3 marta kam muddat 

yashaganlar.  Koloniyada  odatda  oqqanotning  hamma  rivojlanishi  fazalaridagi 

vakillari  mavjud  bo’ladi.  O’simlikni  asosan  lichinkalari  (hamma  yoshida) 

zararlagan. 

Lichinkalardan  ajralib  chiqqan  shira  "yopishqoq  modda"  barglar  va 

mevalarni  ifloslanishiga  olib  kelgan.  Bu  shirada  saprofit  zamburug’lar  rivojlanib, 

barg va mevalarning usti qopa qurum bilan qoplangan. Natijada fotosintez jarayoni 

sustlashib, hatto o’simlik nobud bo’lishi ham mumkin ekan. 

Issiqxona  oqqanoti  tropik  tur  bo’lib,  asosan  himoyalangan  maydonda  erta 

bahordan kech kuzgacha rivojlangan. O’zbekiston sharoitida ochiq maydonda ham 

tarqalib  ituzumdoshlar  va  qovoqdoshlar  oilasi  vakillarini  kuchli  zararlagan. 

Himoyalangan  va  pana  joylarda  qishlovdan  chiqar  ekan.  Gruziya  va  O’zbekiston 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

25

janubidagi  o’simliklar,  qishda  ham  o’z  vegetasiyasini  davom  ettiradigan 



sharoitlarda, ochiq  maydonda ham bemalol qishlovdan chiqa olgan. Yil davomida 

9-10  ta  avlod  bergan.  Zararkunanda  hayotiy  sikli  davomiyligi,  tuxum  qo’yish 

davri,  tuxumini  ko’p  yoki  oz  qo’yilishi,  yashovchanligi  turli  omillarga  bog’liq 

bo’lgan.  Bu  omillar  ichida  asosiylari  harorat  va  havoning  nisbiy  namligi  hamda 

o’simlik turi hisoblanar ekan. 

Yuqoridagilarni  inobatga  olib 2011-2012  yillari oqqanotning pushtdorligiga 

havo harorati va namlikning ta’sirini o’rgandik (3.2-jadval). 

Kuzatuvlarga ko’ra agar muhit 15°S  harorat va namlik 30% bo’lsa, 46 dona 

tuxum qo’yilgan,  namlik 60% bo’lganda 87 va 90%  namlikda esa 96 dona tuxum 

qo’ygan.  Harorat  20°S  va  30%  namlikda  108  ta,  60%  namlikda  211  ta  va  90% 

namlikda  esa  208 dona  tuxum  qo’ygan.   25°S   oqqanot  uchun   optimal harorat 

hisoblansada, ammo namlik past bo’lsa tuxum quyish ham kam bo’lgan. 

 

 

 2.2- jadval 




Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin