2.2-rasm. O’rgimchakkananing issiqxonada kuzda ekilgan bodring
o’simligidagi rivojlanish dinamikasi.
(“Qo’yliq” agrofirmasi, A.Anorboyev.,2010-2012 yy.)
Bundan tashqari biz issiqxona sharoitida o’rgimchakkana bilan oziqlanib uni
miqdorini kamayishiga sabab bo’luvchi entomofaglar turlarini ham aniqlashni
o’rgandik. Bularning asosiylari oltinko’z, kanaxo’r trips, stetorus, orius
qandalalaridir. Ularning miqdori ancha kam bo’lsada (100 ta bargda 5-6 tani
tashkil etgan) zararkunandaning rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan.
Olib borilgan tadqiqotlarda o’rgimchakkana issiqxonadagi bodring
o’simligida kuzda olti martta to’liq avlod berib rivojlanishi aniqlangan. Birinchi
avlodini o’tishi 12-13 kun, ikkinchisiniki 14-15 kun, uchinchisiniki 15-16 kun,
to’rtinchisiniki 16-17 kun, beshinchisiniki 18-19 kun, oltinchisiniki 19-20 kunni
tashkil etgan (3.1-jadval). O’rgimchakkanani rivojlanishidagi bunday farq asosan
issiqxonadagi haroratni o’zgarishi va ekinning yoshi bilan izohlanar ekan. Ya’ni,
o’rgimchakkanani bir avlodini o’tishi uchun 200 S
0
foydali harorat yig’indisi zarur
(7,3
0
S dan yuqori harorat).
Shunday qilib, issiqhonadagi bodring o’simligining o’rgimchakkani bilan
zararlanishi bodring ko’chati ekib yetishtirish davridan boshlanib, to
hosil pishib yetilgunga qadar davom etgan. O’rgimchakkananing miqdori dastlabki
davrda 1 ta bargda 2-3 tani tashkil etgan bo’lsa, uning eng ko’p miqdori noyabr
oyining o’rtalariga to’g’ri kelib, bu davrda bitta bargda 40-51 ta donagachi kana
kuzatilgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
22
2.1- jadval
Dostları ilə paylaş: |