albidipennis Reut, Orius niger Wolf, Sclolothrips acori fbhagus Gakh;
Campylomma diversicornis Reut gup. (Uspenskiy, 1960; Yaxontov, 1953).
O’rgimchakkanaga qarshi hozirgi paytda agrotexnik, kimyoviy va biologik
usullardan iborat kompleks kurash choralari tavsiya etilgan. Biroq,
o’rgimchakkanani kimyoviy vositalarga chidamliligi yil sayin ortib bormoqda.
Kimyoviy kurashda dorilarni qo’llash me’yorlarni oshirib borish esa foydali
jonzotlarni qirilishiga, atrof muhitni zaharlanishiga olib kelib, inson salomatligiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi (Smirnova, 1972; Niyazov, 1974; Van Steenwyk et al,
1976; Phorodon, 1978). Bu kichik bo’limga xulosa qilib shuni aytish mumkinki
o’rgimchakkana O’zbekistonda qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunandasi sifatida
asosan g’o’zada o’rganilgan.
O’rgimchakkana
qishloq
xo’jalik
ekinlarining
doimiy
va
havfli
zararkunandasidir. MDH davlatlarida kana 248 tur o’simlikni zararlab, shulardan
37 turi dala ekinlaridir, qolganlari yovvoyi o’tlar, butasimonlar va daraxtlardir.
Ayniqsa
sabzavot,
poliz
ekinlarini
o’rgimchakkana
qattiq
zararlaydi
(Alimuhamedov, Xodjayev, 1978).
N.P.Polyakov (1968) o’rgimchakkananing sonini o’zgarish dinamikasini
o’rganib, uning ko’payishi oziqlanish sharoiti bilan bog’liqligini aniqlagan.
3ararkunandaning ko’payishida harorat va namlik ham muhim rol o’ynaydi
(Uspenskiy, 1970).
Boshqa ekinlarda, xususan sabzovotchilikda, ayniqsa issiqxonalarda bu
zararkunundani rivojlanishi xususiyatlari to’g’risida ilmiy malumotlar yetarli emas.
Yuqoridagilarni inobatga olib biz o’rgimchakkanani yopiq ekosistemada bodring
o’simligida rivojlanish xususiyatlarni o’rganishni o’z oldimizga maqsad qilib
qo’ydik.
Oqqanotlar (Aleyrodoidae). O’zbekistonda hozirgi paytda oqqanotning 4 turi
qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltirmokda.
Issiqxonalardagi o’simliklarni barcha joyda issiqxona oqqanoti Trlaleurodes
vaparlorurn West kuchli zararlamokda. Oqqanot yozda issiqxonalardan migrasiya
qilib ochiq dalada ko’payishi natijasida issiqxonalarga yaqin bo’lgan joylarda
baqlajon, pomidor va boshqa bir qancha qishloq xo’jalik ekinlariga kuchli zarar
keltirmoqda. Issiqxona oqqanoti o’tgan asrning so’nggi 70-yillaridan boshlab zarar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
17
keltira boshlanganligi aniqlangan (Alimuhamedov, Xujayev, 1991). 3ararkunanda
aleyrodidlar oilasidan bo’lib, O’zbekiston sharoitida issiqxona, g’o’za va sitrus
oqqanotlilari ko’proq zarar yetkazadi (Myarseva, Yasnosh, 1993).
Issiqkona oqqanoti (Trialeurodes vaporarium Westw.) S.N.Alimuhamedov,
Sh.T.Xujayev
(1991),
X.Kimsanboyev,
A.Kodirov,
va
boshq.
(2001)
ma’lumotlariga qaraganda g’o’za, pomidor, bodring, baqlajon, no’xat, kungaboqar,
tamaki va boshqa ko’pgina ekinlarga zarar yetkazadi.
G’o’za oqqanoti (Bemisia tabaci Genn.). Mamlakatimizning barcha g’o’za
ekiladigan maydonlarida uchraydi. Ushbu tur g’o’zaning va boshqa qishloq
xo’jalik ekinlarining ashaddiy zararkunandasi hisoblanadi (Buscher, 1967; jodko,
1977; Berlinger, 1980; Bogs, Braash, 1980).
Oqqanotning pushtdorligi va zarari havo harorati va namligiga bog’liq holda
o’zgarib boradi. (Beloselskaya va boshq. 1960; Solovey, 1978; Treyfi, 1980;
Agekyan, 1967; Verschoor, 1981).
Oqqanotning tuxumi va imagosi -13
0
S gacha havo haroratiga chidab,
lichinkalari esa tezda halok bo’ladi (Shaymardanov, 1977).
Keyingi yillarda O’zbekistonda g’o’zada g’o’za (yoki tamaki) oqqanoti
Bemisia tabaci Genn ommaviy zarakunandaga aylandi. Binokulyarda kuzatilganda
uning qorni oxirida anal teshigida bir qancha burtmalar mavjud bo’lib, boshqa
turlarida bunday tuklar uchramaydi (Dansig, Shendrovskaya, 1988).
Mualliflar (Dushamov, Matkarimova, 2001) ta’kidlashlaricha, hasharot
ta’siridan paxtani 45-55%, kartoshka va sabzavot ekinlarini 60-75% nobud bo’ladi.
Zararkunanda faqat lichinkalik davrida o’simlikni zararlaydi. G’o’za oqqanotini
issiqxona oqqanotidan farqi havo harorati orta borgan sayin uning rivojlanishi
kuchayadi, har 18-20 kunda bir nasl beradi.
O’zbekiston o’simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutida olib
borilgan izlanishlar ko’rsatishicha ta’kidlashicha, g’o’za oqqanoti ochiq dala
sharoitida bir yilda 7-8 avlod berib rivojlanadi, biroq zararkunanda o’zining
keyingi rivojlanish davrlarini issiqxonalar sharoitida o’tkazadi va ular bu sharoitda
yana 3-4 avlod bera oladi. (Ataxanov,1993). F.3oxidovning (2001) ta’kidlashicha,
g’o’za va issiqxona oqqanotlari dala sharoitida va issiqxonalarda sabzavot
ekinlariga katta zarar yetkazmoqda.
Qoraqalpog’iston sharoitida ochiq dalalardagi har xil ekinlardan yig’ib
olingan 2199 ta oq pashshaning 2089 tasi yoki 94,4% g’o’za oq pashshasi ekanligi
ma’lum bo’ldi(Qutlimurodov,2006).
Oqqanotlarning zarari o’simlikni so’rib, undagi ozuqa moddalarini
kamayishiga olib keladi, shuningdek zararkunandaning bilvosita ta’siri ham
mavjud: oqqanot oziqlanayotgan
vaqtda chiqargan suyuqlikda saprofit
zamburug’lar rivojlanib, barg sathini qoplab qoladi, natijada o’simlikda normal
biokimyoviy jarayon kechishi buziladi, o’simlik zayiflashadi, hosilga putur yetadi,
ayniqsa, vegitasiya davri boshlaridagi zararlanish tufayli o’simlik butkul nobud
bo’ladi. Shunday hollar ham kuzatilganki, kuchli zararlangan dalalarda hosil butkul
nobud bo’lgan. (Adashkevich, Xodjayev va boshq., 1986; Xujayev, 1991;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
18
Toreniyozov, Qutlimurodov, 2002).
Adabiyot tahlilidan ma’lum bo’lishicha oqqanotlar respublikamizda asosan
ochiq sharoitda o’rganilgan. Issiqxonalarda rivojlanish xususiyatlari, zarari,
iqtisodiy havfli chegara soni ishlab chiqilmagan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib bizning asosiy maqsadimiz issiqxonada
issiqxona oqqanotining biologiyasi, rivojlanish xususiyatlari, avlod berishi va uni
sonini boshqarishda enkarziya parazitining ahamiyatini o’rganish hisoblanadi.
O’simlik bitlari (Aphididae) sabzavot ekinlarining issiqxonalardagi asosiy
zararkunandalaridan hisoblanadi.
O’simlik bitlari barglarning shirasini so’rib, buning oqibatida poya va
ildizlardagi uglevodlar miqdori keskin kamayib ketadi. Qattiq zararlangan
barglarning shakli o’zgaradi va buralib qoladi. Bundan tashqari barglarda bitlar
ajratgan shiralarda saprofit zamburug’lar rivojlanib, o’simliklar rivojlanishini
susaytiradi, ba’zi hollarda esa o’simlik qurib ham qoladi. 3ararlangan
o’simliklardagi hosil 30-51% gacha kamayishi mumkin (Yaxontov,1953; Kojayeva
1963).
O’simlik bitlari bo’yicha dastlabki ilmiy izlanishlar I.V.Vasilyev tomonidan
(1910) yili olib borilgan. Keyinchalik I.V.Plotnikov (1926) V.V.Yaxontov
(1930),(1956); Nevskiy (1942) tomonidan O’rta Osiyoda, asosan g’o’zada
uchraydigan o’simlik bitlarining morfologiyasi, biologik xususiyatlari o’rganilgan.
XX-asrning 60-yillari Tojikistonda bir qancha olimlar tomonidan
(Narziqulov,1962), O’zbekistonda esa A.G.Davletshina (1964;1970) o’simlik
bitlarining turi, morfologiyasi, biologiyasi va sistematikasi bo’yicha ilmiy tadqiqot
ishlari olib borilgan.
Yuqoridagi ilmiy izlanishlar natijasida o’simlik bitlarining qishlashi,
pushtdorligi, avlod berishi oziqlanadigan o’simlik turlari, ularning parazit va
yirtqichlari bo’yicha yangi ma’lumotlar olingan.
XX asrning 80-90 yillari o’simlik bitlari faunasi bo’yicha keng ko’lamda
ilmiy izlanishlar olib borgan A.Muhammadiyev (1979) “Farg’ona vodiysi bitlari”
asarida mavjud ma’lumotlarni to’ldirib, bitlarning landshaftlar bo’yicha tarqalish
katalogini tuzib chiqdi.
O’simlik bitlarini respublikamizda shunchalik yaxshi o’rganganligiga
qaramay, sabzavot ekinlarida, ayniqsa issiqxonalarda ular yetarli o’rganilmagan.
Sabzavot tur tarkibi, rivojlanish xususiyatlari bo’yicha ilmiy izlanishlar yetarli
emas. Shuning barchasi bizning oldimizdagi maqsadimizni belgilab berdi.
Dostları ilə paylaş: |