I-Bob. BODRING ZARARKUNANDALARI, BIOEKOLOGIYaSI VA
ULARGA QARShI KURAShNING HOLATI (Adabyotlar tahlili).
Qishloq xo’jalik ekinlarini himoya qilish sohasida katta yutuqlarga
erishilganligiga qaramay hali ham hosilni zararkunanda va kasalliklar ta’siridan
ko’p qismi nobud bo’lmoqda. Jahon adabiyotdagi ma’lumotlarga ko’ra qishloq
xo’jalik ekinlarida 70 mingdan ortiq turdagi hasharot va kanalar turkumiga mansub
zararkunanda organizmlar uchraydi (Yaxontov, 1931; Maxwell va Jerings, 1984;
Reynolds, Adkisson, Ray, Fribie, 1990).
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat
masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkilot FAO ma’lumotiga qaraganda jahonda
zararkunanda, kasalliklar va begona o’tlar sababli har yili hosilning 30-35 foizi
nobud bo’lmoqda.
Jahonda zararli organizmlar ta’sirida 300 mlrd. AQSh dollari miqdorida
hosil yo’qotilib, o’simlikshunoslikda yetishtirilayotgan yalpi mahsulotning 40 %i
nobud bo’lmoqda. (Oerke et al., 1998). Rossiyada bu ko’rsatkich 12-15 mlrd.
dollarni tashkil etadi(Zaxirenko,1997).
Shu jumladan, donli ekinlardan olinadigan hosilning 35%ni ya’ni 34 mlrd.
dollar, kartoshkadan 5,06 mlrd. dollar, ya’ni 32,3%, qand lavlagidan 1,13
mlrd.dollar, ya’ni 24,5%, turli mevalardan 1,93 mlrd.dollar, ya’ni 23,4% ni
yo’qotiladi. Yil davomida faqat AQShda qishloq xo’jalik mahsulotlarining
yo’qotilishida 160 tur fitopatogen bakteriyalar, 250 tur virus, 800 turdagi zararli
hasharotlar va kanalar hamda 2000 xildagi begona o’tlar ta’sirida 20 mlrd.
dollardan ortiq zarar ko’riladi (Bondarenko, 1986).
Xuddi shuningdek, sabzavot ekinlarida ham zararli organizmlarni yuzlab
turlari
uchrashi
aniqlangan.
Bulardan
tunlamlar,
o’simlik
bitlari,
o’rgimchaksimonlar,
oqqanotlar,
nematodalar
ashaddiy
zararkunandalar
hisoblanadi va o’simliklarga zararning asosiy qismini shular keltiradi. Bunda
g’o’za tunlami bilan zararlangan sabzavot ekinlar hosili 50-60%, oqqanot yoki
o’rgimchakkana bilan zararlanganda esa umumiy hosil 15-20% kamayib ketishi
ta’kidlangan (Novikov,1979; Nuriddinov, Bakiyev, Yermoxin va boshqa, 1986).
Aholini yil bo’yi sabzavot ekinlari bilan ta’minlashda issiqxonalarning
ahamiyati benihoya kattadir. Respublikamizda issiqxona maydonlari yil sayin o’sib
bormoqda. Masalan, 1980 yilda respublikada issiqxonalar maydoni 227,3 gektar,
1995 yilda esa 400 gektar bo’lgan bo’lsa, 2001 yilda bu ko’rsatkich 2,0 ming,
2007 yili 10,0 ming gektardan oshib ketgan (Sulaymonov, 2008). Bunda dehqon
xo’jaligidagi issiqxonalar hisobga olinmagan.
Issiqxonalar maydonining bunday tez sur’atlar bilan ortishi oqibatida zararli
organizmlarning yil bo’yi rivojlanishi va ko’payishiga qulay imkoniyatlar
yaralmoqda.
Zararkunandalarga qarshi kurash choralari o’tkazilayotganligiga qaramay,
ko’zlangan hosilni olish imkoni bo’lmayapti. Buning asosiy sababi issiqxona
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
13
zararkunandalari to’g’risida dehqon va fermerlarda aniq ma’lumotlar yetishmasligi
hisoblansa, shu bilan birga issiqxonalarga yangi hasharotlar g’ovak hosil qiluvchi
pashshalar, karadrina kabilar kirib kelganligi bo’lib, ularning bioekologik
xususiyatlari o’rganilmaganidadir. Fermerlar, tomorqa xo’jaliklarida ilmiy
asoslanmagan holda kimyoviy kurash o’tkazilishi oqibatida zararkunandalarning
soni yetarlicha kamaytirmay, aksincha salbiy hollarga olib kelmoqda.
Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun avvalambor yopiq
ekosistemada bodring o’simligiga talofat yetkazayotgan zararli organizmlarni tur
tarkibi, bioekologiyasi va zarar yetkazish darajalarini hamda rivojlanish
dinamikalarini o’rganish va shular asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarur.
O’zbekistonning
tabiiy-iqlim
sharoiti
ekinzorlarda
ko’plab
zararkunandalarning
rivojlanishi
va
tarqalishiga
imkon
yaratadi.
V.V.Yaxontovning (1953) ma’lumotilariga ko’ra birgina g’o’zaga 177 tur hasharot
va kana zarar keltiradi, biroq ulardan 10 ga yaqini o’ta havfli zararkunanda
hisoblanadi xolos.
O’zbekistonda ko’pgina dala ekinlari qatori sabzavot ekinlariga ham ko’plab
turli xil kemiruvchi va so’ruvchi zararkunandalar zarar yetkazadi. Ulardan qariyib
5 ga yaqin turi bodringga jiddiy zarar yetkazadi. Kemiruvchi zararkunandalardan
karadrina, g’ovak hosil qiluvchi pashshalar va ildiz kemiruvchi tunlamlar,
so’ruvchilardan o’simlik bitlari, kanalar, oqqanot kabi zararkunandalar
issiqxonalarda jiddiy zarar yetkazadi.
Yildan - yilga dunyoda hali aniqlanmagan hasharot turlari o’rganilib, ularni
turlari ko’payib bormokda, ya’ni olimlar tomonidan hali noma’lum bo’lgan turlari
aniqlanmoqda. Masalan, 1931 yili V.V.Yaxontov tomonidan O’rta Osiyoda
g’o’zada hasharot va kanalarni 772 turi uchrashi qayd etilgan bo’lsa, N.
Hargreaves 1948 yilga kelib 1326 turi borligini aniqlagan.
O’rta Osiyo miqyosida g’o’zada 214 tur zararkunanda uchrashi, shulardan 5
foizga yaqini eng asosiylari ekanligi F.M.Uspenskiy tomonidan qayd etilgan
(Besedin,1981).
A.Mo’minov (1967) va Sh.Astanaqulov (1974) o’z izlanishlarida,
tunlamlarning tur tarkibini aniqlaganlar. Ularning ma’lumotiga ko’ra kuzgi,
yovvoyi, undov, qora-S tunlamlari sabzavot ekinlariga zarar yetkazishi kuzatilgan.
M.I.Rashidov 1986-2000 yillarda o’tkazgan tajribalarida ituzumdoshlar
oilasiga mansub ekinlarda 15 oilaga ta’luqli 51 turdagi zararkunandalar uchrashi
qayd etilgan. Ulardan 40 turdagi zararkunandalar pomidor va baqlajonda,
kartoshkada esa 48 turi zarar yetkazishi aniqlangan. (Rashidov, 2000).
B.A.Sulaymonov issiqxonalardagi pomidor va bodring o’simligida 1996-
2008 yillar davomida o’tkazgan kuzatuvlarida zararkunandalarning 3 ta sinfga, 8 ta
turkumga, 12 oilaga, 36 turga mansub vakillari uchrashini aniqlagan, bulardan
hasharotlar 29 turni, kanalar 2 turni, nematodlar 5 turni tashkil etagan
(Sulaymonov 2010).
Biz tahlil qilgan ilmiy adabiyot ma’lumotlaridan ma’lum bo’lishicha ochiq
sharoitda yetishtiriladigan sabzavot ekinlarining zararkunandalari yuzasidan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
14
yetarlicha ma’lumot keltirilgan, biroq yopiq ekosistemada bodring o’simligiga
zarar yetkazadigan zararkunandalarni tur tarkibi bo’yicha to’liq ma’lumotlar
berilmagan.
Ammo, ochiq maydondagi qishloq xo’jaligi ekinlarida uchraydigan
hasharotlar ayrim yillari issiqxonalarga o’tib zarar keltirishini inobatga olib biz
ilmiy adabiyotlar tahlilini ochiq maydonlardagi sabzavot va boshqa ekinlarda
tadqiqot olib borilgan ilmiy manbalarni tahlil qilishga qaratdik.
P.Ro’zmetov (1994) ma’lumotlariga ko’ra, shu yo’nalishda O’zbekiston
sharoitida pomidorni 7 tur ildiz kemiruvchi tunlamlar zararlaydi. Ulardan kuzgi va
undov tunlamlari asosiy o’rinni egallaydi. Professorlar S.N.Alimuhamedov,
Sh.T.Xodjayev (1991) ma’lumotlariga ko’ra barcha tunlamlar yashash tarzi,
shikastlash xarakteri va kurashish usullariga ko’ra bir biriga yaqindir.
Kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den. et Schiff). Bu zararkunanda 34 oilaga
mansub o’simliklarni zararlaydi. Uning qurtlari endigina unib chiqqan nihollari
ildiz bo’g’zinini qirqadi, o’simliklarning, ba’zan yer ustki qismini, butkul yeb
qo’yadi. Katta yoshdagi qurt holida tuproq ostida 10-15 sm chuqurlikda qishlaydi
(Larchenko, 3apevalova, Yuldasheva va boshq. 1973; Alimuhamedov, Xodjayev,
1991). Kuzatuvlarga ko’ra issiqxonalarda tabiiy sharoit bo’lmaganligi oqibatida
qishlamaydi.
Undov tunlami (Agrotis exclamationis L.). Bu zararkunanda zararlash
qobiliyati jihatidan kuzgi tunlamdan keyingi o’rinda turadi, oldingi qanotlari
asosida undov belgisi sifatidagi dog’i bo’ladi. Yiliga 2 marta avlod beradi. Beda va
sabzavot ekinlarini ko’proq zararlaydi. (Migulin, Osmolovskiy va boshq., 1976).
Kuzatuvlarga ko’ra issiqxonada yangi ekilgan nihollar poyasini yeb zararlaydi.
G’ovaklovchi pashshalar (Agromyzidae ). G’ovaklovchi pashshalar XX asr
oxirida, AQSh da birinchi marta zararkunanda sifatida ro’yxatga olingan (Burgess,
1895).
Hozirgi kunda Agromyzadae oilasi o’simlikshunoslikda eng katta zarar
yetkazadigan ikki qanotlilar turkumiga kiradi. Jahon faunasida oilaning 3000 dan
ortiq turi ro’yxatga olingan. Ularning ko’p turlari monofag, 16 turi esa polifag
hisoblanadi. Qishloq xo’jalik ekinlariga jahonda 250 turi zarar yetkazadi. Sobiq
ittifoq xududida 100 turi uchrashi aniqlangan (Zlobin,Drugova,2002).
G’ovaklovchi pashshalar (Agromyzidae, Diptera) faunasini o’rganishga eng
katta hissa qo’shgan olimlardan biri Kenneth Spenser dir (1965). U Fillippinda
kuzatishlar olib borganda, Agromyzidae oilasiga kiruvchi 12 turni hisobga olgan.
Rus olimlaridan V.V.3lobin (1986) 34 turdagi g’ovaklovchi hasharotlarni
ro’yxatga oldi va ulardan 9 turi MDH faunasi uchun va 17 turi Uzoq Sharq uchun
birinchi marta qayd etilgan.
Menkenberg O., Helderman A.J. (1990) pomidorda rivojlanadigan
Dostları ilə paylaş: |