Улугбек мби doc


  Kemiruvchi zararkunandalarni bioekologiyasi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/46
tarix02.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#39646
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
bodring zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari

 

2.2  Kemiruvchi zararkunandalarni bioekologiyasi. 

 

Adabiy 


manbalarda  qayd  qilinishicha  O’zbekistonning  ko’pchilik 

xududlarida  asosiy  zarar  yetkazuvchi  tunlamlardan  kuzgi  tunlamdir.  Bu  borada 

Toshkent  viloyatida  ancha  oldin  kuzatishlar  o’tkazilgan.  S.Bekmurodov  (1963), 

F.Uspenskiy  va  boshqalar  (1969),  O.  Muminov  (1981)    Qoraqalpog’istonda  

E.Toreniyazov  (1989),  Xorazm  janubida  K.Durdiyev  (1991)  olib  borgan  ishlar 

mavjud. 


Kuzgi  tunlam  -  Agrotis  segetum  Den.et  schiff    Respublikamiz  sharoitida 

hamma  joyda  uchraydi.  Bu  zararkunanda  34  oilaga  mansub  150  dan  ortiq  turdagi 

o’simliklarga  zarar  yetkazar  ekan.  Bular  ichida  g’o’za,  beda,  pomidor,  qand 

lavlagi, makkajo’xori, g’alla, moyli o’simliklar kuzgi tunlamning eng xush ko’rgan 

ozuqasidir (Alimuhamedov, Xo’jayev, 1991). 

Kuzgi  tunlam  issiqxonalarda  avgust  oyining  birinchi  yarmida  paydo 

bo’lgan.

  

Bu zararkunanda qurt yoki g’umbaklari bodring ekilgan joylarga go’ng yoki 



tuproq,  kapalaklari  esa  havo  oqimi  yordamida  kirib  kelib,  ba’zan    yopiq 

ekosistema ichida tuxum qo’yishi ham kuzatilgan.  

O’rganishlarimiz  jarayonida  shu  narsa  ma’lum  bo’ldiki,  kuzgi  tunlam 

qurtlari  havo  harorati  30-35°S,  nisbiy  namlik  esa  40-50  foiz  bo’lganda  juda 

yaxshi  ko’paygan.  Haroratning  pasayib,  namlikning  oshishi  bilan  bu 

zararkunanda  populyasiya  zichligi  keskin  kamaya  boshlagan.  Ayniqsa 

issiqxonalarda  namlikning oshishi  va qishda  mo’ta’dil  harorat  (10-20°S) bo’lishi 

bu zararkunandaning qisman nobud bo’lishiga olib kelgan. 

O’tkazilgan  tajribalar  davrida  yopiq  ekosistemada  bodring  bilan  u  yoki  bu 

darajada  oziqlanadigan  6  ta  turdagi  yer  ustki  tunlamlari  uchrashini  aniqlangan. 

Bulardan  karadrina  issiqxonada  ahyon-ahyonda  uchrab  tursada  keyingi  yillarda 

uning tarqalishi va keltirayotgan zarari yuqori bo’lishi kuzatilgan. Ayniqsa bodring 

o’simligiga  uning  zarari  benihoya  katta  bo’lgan.  Undan  so’ng  gamma,  beda, 

metalsimon, serkumfleks tunlamlari hisoblanar ekan.  




Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin