masalasi hal etilmaganligini qayd etish lozim. Bu borada issiqxonalardagi bitlarga
qarshi oltinko’z, yirtqich gallisa pashshachasini qo’llash yuzasidan olimlar
Kimsanboyev, Sulaymonov, 2000; Rashidov, 1985, 2000; Siddikov, Bobobekov,
1988) tomonidan fikrlar bildirilgan. Demak, hozirgi vazifa bu issiqxonalarda
tarqalayotgan zararkunandalarga qarshi biologik kurash choralarini yanada
chuqurlashtirish, yangi entomofaglarni izlab topish va ularga atroflicha baho berib,
so’ngra ularni qo’llash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb
44
bir qancha ilmiy ishlar qilingan. Yirtqich gallisa afidimizani yoppasiga urchitish
usuli birinchi marotaba N.V.Bondarenko va B.P.Asakinlar tomonidan 1975 yili
ishlab chiqilgan. Lekin yirtqich gallisa bo’yicha ilmiy izlanishlar oxirigi
yetkazilmagan.
Yirtqich gallisa pashshachasining lichinkalari oligofaglar (chegaralangan
hammaxo’r) hisoblanib, 61 turdagi o’simlik bitlarini yeb bitirar ekan.
Bularga zararkunandaligi yuqori bo’lgan g’o’za (poliz) biti, olma biti, karam
biti, dukkaklilar biti va boshqa qator turlar kiradi. Lichinkaning oziqlanishidagi
o’ziga xos xususiyat, bu uning o’z o’ljasini yeyishdan oldin paralich (shol)
qilishidir. Bunda oziqlanishidan oldin bitning tanasiga yuborilgan so’lak
tarkibidagi zaxarli modda o’ljani shol holatiga tushirar ekan. Shuni ham qayd etish
lozimki, gallisa lichinkalari oziqlanish uchun zarur bo’lganidan bir qancha ortiq
o’ljani paralichlashi tufayli bitlarga ko’plab qiron keltirgan. Bir dona lichinka
hayoti davomida o’rtacha 2060 ta bitni yeb tugallagan.
Keyingi tadqiqotlarda issiqxonalarda bodring o’simligida o’simlik bitlariga
qarshi oltinko’zni biologik samaradorligini o’rganilgan. Oltinko’z turli nisbatlarda
(1:20, 1:10, 1:5) chiqarilgan. Shu bilan birga o’simlik bitlariga qarshi yirtqich
gallisani ham 1:2; 1:5; va 1:10 nisbatlarda ilk bor sinovdan o’tkazilgan. Olingan
natijalar 3.18 va 3.19 - rasmlarda keltirilgan.
Bu rasmlardan xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, har ikkala entomofag
ham issiqxonalarda o’simlik bitlariga nisbatan (oltinko’z 1:10 gallisa 1:2
nisbatlarda) samarali hisoblanib, vegetasiya davrida zararkunandaning sonini to’liq
boshqarib, hosilni saqlab qolishga imkon yaratgan.
Dostları ilə paylaş: