Умаров Умид Дильшод ўғли


 Tijorat banklarida asosiy vositalarni hisobining nazariy asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/31
tarix27.02.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#53187
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
tijorat banklarida asosiy vositalar va ularning buxgalteriya hisobi (1)

1.2. Tijorat banklarida asosiy vositalarni hisobining nazariy asoslari 

Shu o’rinda O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, 

shuningdek,  iqtisodiyotning  real  sektori  korxonalari  va  tarmoqlarining  barqaror 

hamda  o’zluksiz  ishlashini  ta’minlash  uchun  etarli  darajada  mustahkam  zaxiralar 

yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz. 

Modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalarni hisobi va auditini amalga oshirishda 

nazariy va uslubiy asoslar bo’lib, shu soxaga tegishli va respublikamizda amal qilayotgan 

me’yoriy  xujjatlar  hisoblanadi.  Shu  bilan  birga  rekonstruktsiya  va  modernizatsiyalash 

ishlarining  juda  keng  tarmoqlarga  tegishli  ekanigini  inobatga  oladigan  bo’lsak,  xar  bir 

tarmoq  xususiyatlaridan  kelib  chiqib,  tegishli    tarmoq  korxonalarining  faoliyati  bilan 

bog’liq bo’lgan xujjatlar hisoblanadi. 

Asosiy  vositalarni  modernizatsiyalash  hisobini  yuritishda  O’zR  Prezidentining 

2007 yil 17 martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik 

qayta  jixozlashni  ragbatlantirishga  oid  qushimsha  shora-tadbirlar  to’g’risida”gi 

Farmoni

5

 muxim asos bo’lib hisoblanadi. 



Mazkur  Farmonda  xo’jalik  sub’etlari  tomonidan  ishlab  chiqarishni  muntazam 

modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik  jixatdan  qayta  jixozlash,  uni  yuqori  sifatli, 

raqobatbardosh,  eksportga  yunaltirilgan  maxsulot  ishlab  chiqarishni  kupatirish 

imkonini  beradigan  ilg’or  zamonaviy  uskunalar  bilan  ta’minlash  va  buning  uchun 

sub’ektlarni ragbatlantirish shora-tadbirlari yoritib berilgan. 

BXMSning  5-sonida

6

  asosiy  vositalar  bilan  bog’liq  kapital  xarajatlarning  kiymati 



aniklangan  bo’lishi  hamda  kelgusida  iqtisodiy  samara  berish  sharti  bilan  asosiy 

vositalarning  kiymatiga  qushilishi  mumkinligi,  kolgan  barcha  xarajatlar  esa,  ular 

sarflangan davr uchun xarajatlar sifatida tan olinishi lozimligi ta’kidlab utilgan. 

Asosiy vositalarni modernizatsiyalash xarajatlarini hisobini yuritishda avvalambor, 

ularni  to’zatish,  modernizatsiyalash  ishlari      xarajatlaridan  farklarini  kurib  utish  lozim 

bo’ladi, deb hisoblaymiz va bu borada iqtisodshi olimlarning fikrlarini urganib chiqamiz. 

O.Bobojonov, K.Jumaniyozovlar «Kapital sarflar yoki kapital kuyilmalar deb asosiy 

                                                 

5

 Хalq so’zi, 2007 yil 15 mart, 52-sоn. 



6

 BХMS №5 «Asоsiy vоsitalar», 1998 yil 23 avgust, № 491 




 

12 


 vositalar  va  boshqa  uzoq  muddatli    foydalaniladigan  aktivlarni  sotib  olish  va  yaratish 

bilan bog’liq bo’lgan sarflarga aytiladi»

7

 deb, kapital kuyilmalarga ta’rif berishgan.  Bu 



ta’rif  asosiy  vositalarni  modernizatsiyalash  bilan  bolik  xarajatlar  uchun  tulik  va  etarli 

emas, deb hisoblaymiz. 

«Rekonstruktsiya  asosiy  vositalarning  ishshi  potentsialini  oshirish  uchun 

zarur bo’lgan ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. Rekonstruktsiya maxsulot ishlab 

chiqarishni  kupaytirish;  tannarxni  pasaytirish,  xizmat  muddatini  o’zaytirish, 

maxsulot  sifatini  yaxshilash  uchun  amalga  oshiriladi.  Uskunani  ishshi  holatini 

saklab turish xarajatlari rekonstruktsiya emas, 

balkim  modernizatsiyalash  ishlariga  taalluklidir»

8

.  Bu  ta’rif  asosiy  vositalarni 



rekonstruktsiya,  modernizatsiyalash  masalasiga  D.Sultonova,  N.Juraev  va  boshqa 

iqtisodshi  olimlar  tomonidan  milliy  va  xalqaro  standartlarni  qullash  yuzasidan 

tayyorlangan o’quv qullanmada berilgan. 

Medvedev  M.Yu.  «Rekonstruktsiya  va  modernizatsiyalash  xarajatlari  asosiy 

vositaning  boshlangish  kiymatini  oshiradi  va  buxgalteriya  hisobida  kapital  kuyilma 

sifatida aks ettiriladi»

9

 deb ta’rif berishgan. 



Kondrakov  N.P.,  Kondrakov  I.N.  «Moderinizatsiya  asosiy  vositalarni 

funktsional me’yoriy kursatkishlarini (quvvati, ishlash sifati va boshqalar) yaxshilashni 

nazarda tutadi»

10

, deb hisoblaydi. 



Yuqorida keltirib o’tilgan fikr va ta’riflarni urganib chiqib, kuyidagisha mulozani 

keltirib utish mumkin. Demak, asosiy vositalarni modernizatsiyalash natijasida uning 

foydali xizmat muddati o’zayadi, boshlangish kiymati oshadi, ishlab chiqarish kuvvati 

ochib, ishlash sifati yaxshilanadi.  

Mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobining rivojlanichiga nazar tashlasak, unda 

uslubiy  va  tashkiliy  jixatdan  katta  o’zgarishlar  ruy  berganligini  sezish  mumkin.  Bu 

davrda markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot talablari asosida ishlashga moslashtirilgan 

buxgalteriya hisobi tizimidan bozor iqtisodiyoti talabiga javob beradigan hisob 

                                                 

7

 



О.Bоbоjоnоv, K.Jumaniyozоv «Mоliyaviy hisоb», T. “Mоliya», 2002 yil, 126 bеt. 

8

 D.Sultоnоva, N.Juraеv va bоshqalar «Mоliyaviy хisоb», o’quv qo’llanma, T., 2002, 113 bеt 



9

 Mеdvеdеv M.Ю. Uchеtnaya pоlitika оrganizastii na 2010 gоd: praktichеskое pоsоbiе. – M.: KNОRUS, 2010. – 

248 s.. 

10

 N.K.Muravistkaya «Uchеt оsnоvniх srеstv», Uchеb pоsоbiе, M.:2003, 21 bеt. 




 

13 


 tizimiga utish jarayoni boshlandi. 

Buxgalteriya  hisobini  bozor  munosabatlari  talablari  asosida  islox  qilishni 

amalga oshirish maqsadida 1994 yilda Respublika Vazirlar Maxkamasining «Hisob va 

statistikani  xalqaro  standartlari  asosida  islox  qilish  dasturi»  ishlab  chiqildi  va 

matbuotda e’lon qilindi. 

O’zbekiston  Respublikasining  «Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida»  gi  Qonunining 

buxgalteriya  hisobini  rivojlantirishdagi  roli  bekiyosdir.  Chunki  ushbu  qonuniy 

xujjatda  birinchi  marta  respublikamizda  buxgalteriya  hisobining  xukukiy  asoslarini 

yaratish  bilan  birgalikda  korxona  raxbarlari  va  mutaxassisliklariga  buxgalteriya 

hisobining  uslubiy  va  tashkiliy  masalalarini  eshishda  etarli  darajada  xukuk  hamda 

imtiyozlar  berildi.  Ushbu  xukuk  va  imtiyozlardan  foydalanish  tartibi  esa,  O’zbekiston 

Respublikasini  Moliya  vazirligi  tomonidan  1998  yil  26  iyulda  17-07/86-son  bilan 

tasdiklangan  (1-sonli  BXMS)  «Hisob  siyosati  va  moliya  hisobot»  Buxgalteriya 

hisobining  milliy  standartida  yoritib  berilgan.  Unda  xar  bir  korxona  mustaqil 

ravishda o’zining buxgalteriya hisobi tizimini,  ya’ni hisob siyosatini  ishlab chiqishi va 

e’lon qilishi mumkinligi belgilab kuyilgan. 

Buxgalteriya  hisobini  bunday  tarzda  yulga  kuyilishining  moxiyati  shu  bilan 

tavsiflanadiki,  unda  davlat  tomonidan  urnatilgan  buxgalteriya  hisobini  yuritishning 

umumiy koidalariga asoslangan holda xar bir korxonada ishlab chiqarish va moliyaviy 

faoliyatidan  ko’zlangan  maqsadga  erishish  uchun  buxgalteriya  hisobi  bajarishi  lozim 

bo’lgan vazifalardan kelib chiqib hisob tizimini mustaqil ravishda shakllantiradi. 

Xo’jalik  yurituvshi  sub’ektlar  asosiy  vositalarni  modernizatsiyalashda 

buxgalteriya  hisobining  uslubiy  asoslarini  tashkil  qiluvshi  qonuniy  va  me’yoriy 

xujjatlarni turtta darajada turlash mumkin. Eng oliy darajadagi qonun, bu O’zbekiston 

Respublikasining  konstitutsiyasi  bo’lib,  ushbu  qonunda  O’zbekiston  Respublikasi 

fukarolari  va  mamlakat  xududida  turgun  yashayotgan  chet  el  fukarolari  tadbirkorlik 

faoliyati bilan shugullanish maqsadida xo’jalik yurituvshi sub’ektlarni tashkil qilishlari 

va tadbirkorlik faoliyatlari bilan shugullanishlari kafolatlangan. Shuningdek, ular erkin 

faoliyat  olib  borishlari  mumkin,  ya’ni  eksport  va  import  operatsiyalarini  ham  amalga 

oshirish xukukiga egadir. 




 

14 


Barcha  mulk  shakllarining  birdek  rivojlanishini  ta’minlash  O’zbekiston 

Respublikasi  qonunlarida  belgilab  berilgan.  Masalan,  qonunlar  majmuasi  hisoblangan 

Fukarolik  kodeksi,  Solik  kodeksi,  Bojxona  kodeksi  kabi  qonuniy  xujjatlar  asosiy 

vositalarni modernizatsiyalash xarajatlarini hisobga olishda aloxida ahamiyatga ega. 

Buxgalteriya  hisobini  va  uning  tarkibiy  qismi  hisoblangan  asosiy  vositalarni 

modernizatsiyalash  xarajatlari  hisobining  keyingi  uchinchi  darajasi  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  va 

texnologik  qayta  jixozlashni  tartibga  solish,  rivojlantirish,  buxgalteriya  hisobi  va 

hisobotini takomillashtirishga karatilgan farmonlari hisoblanadi. 

Buxgalteriya  hisobining  uslubiy  asoslarini  rivojlantirishda  O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  karorlari  aloxida  ahamiyatga  ega.  Yuqoridagi 

turtta  darajadagi  qonuniy  va  me’yoriy  xujjatlar  bilan  bir  katorda  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  Vazirligining  me’yoriy  xujjatlari  ham  buxgalteriya  hisobining 

uslubiy  asosi  sifatida  karaladi.  Moliya  Vazirligi  tomonidan  ishlab  shiqilgan  va 

Respublika  Adliya  Vazirligida  ruyxatga  olingan  buxgalteriya  hisobining  milliy 

standartlari muxim ahamiyatga ega. Ushbu milliy standartlar buxgalteriya hisobining 

xalqaro  standartlariga  ansha  yakinlashgan.  Bugungi  kunga  kelib  buxgalteriya  hisobi 

milliy  standartlarining  25  tasi  ishlab  chiqarilgan.  Shuningdek,  Moliya  Vazirligi 

buxgalteriya  hisobini  tartibga  soluvshi  boshqa  me’yoriy  xujjatlari  ham  xo’jalik 

yurituvshi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda aloxida ahamiyatga ega.  

Asosiy  vositalari  asosiy  ishlab  chiqarishdagi  asosiy  vositalar,  boshqa 

tarmoqlardagi  asosiy  ishlab  chiqarish  vositalar  va  noishlab  chiqarishdagi  asosiy 

vositalar.

11

 



Asosiy vositalari turlari buyisha quyidagisha guruxlanadi: 

1. Yer; 


2. Yerni obodonlashtirish; 

3. Bino va inshootlar; 

4. Mashina va uskunalar; 

                                                 

11

 

Jo’raеv N., Хоlbеkоv R., Abduvaхidоv F., Ilхоmоv I. Buхgaltеriya hisоbi, iktisоdiy taхlil va audit. Darslik. -T.: 



2007 y 

 



 

15 


5. Mebel va jihozlar; 

6. Kompyuter uskunalari; 

7. Transport vositalari va boshqalar. 

 

Shuningdek,  ijaraga  olingan  asosiy  vositalarga  sarflangan  kapital 



ko’yilmalar  ham  asosiy  vositalar  tarkibida  hisobga  olinadi.  Tijorat  banklarda 

asosiy vositalar hisobga olishda ularning Boshlang’ich qiymati bo’yicha quyidagi 

schyotlarda aks ettiriladi.  


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin