Умаров Умид Дильшод ўғли


 OATB “Asia Alliance Banki” garovga egalik huquqini qo’llash



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/31
tarix27.02.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#53187
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
tijorat banklarida asosiy vositalar va ularning buxgalteriya hisobi (1)

2.2. OATB “Asia Alliance Banki” garovga egalik huquqini qo’llash 

yo’li bilan olingan asosiy vositalarni hisobga olish 

 

Agar  garov  OATB  “Asia  Alliance  Banki”  ta’minota  ostida  kredit  olgan 



qarzdor  o’z  majburiyatlarini  bajarmasa,  bank  garovga  nisbatan  o’z  huquqini 

qo’llashi  va  uni  sotishi  yoki  o’z  mulkiga  (egaligiga)  olishi  mumkin.  Undirilgan 

garovga  qo’yilgan  mol-mulk  dastlab  sotish  uchun  mo’ljallangan  undirilgan  mol-

mulk va boshqa ko’chmas mulkni hisobga olish to’g’risidagi me’yoriy hujjatlarga 

muvofiq aks ettiriladi.  

OATB  “Asia  Alliance  Bank”  undirilgan  mol-mulkni  o’z  asosiy  vositalari 

sifatida ishlatishga qaror qilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari aks ettiriladi: 

Dt 165**-  Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i; 

  Dt 16799 -  "Bankning boshqa xususiy mulklari bo’yicha ko’rilishi 

mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-

aktiv)"; 

      Kt 16701 -  "Kredit va lizing bo’yicha garov hisobidan undirilgan 

mulk". 

  

OATB  “Asia  Alliance  Bank”ning  asosiy  vositalari  sifatida  foydalanishga 



topshirilgan undirilgan mol-mulk bo’yicha eskirishga muvofiq hisoblab yoziladi. 

OATB  “Asia  Alliance  Bank”  keyingi  xarajatlarni  hisobga  olish  Kundalik 

xizmat  ko’rsatish  xarajatlari  muntazam  amalga  oshiriladi  va  avtivlarni  ishga 

yaroqli  holatda  saqlab  turishga  yo’naltirilgan.  Bunday  xarajatlar  asosiy  vositalar 




 

23 


ob’ektining  balans  qiymatiga  kiritilmaydi,  balki  joriy  xarajatlar  sifatida  aks 

ettiriladi. Kundalik xizmat ko’rsatish xarajatlari birinchi navbatda, bu: ishshi kuchi  

xarajatlari va sarflanadigan materiallar, ular shuningdek kichik qismlarga qilingan 

xarajatlarni ham o’z ichiga olishi mumkin. 

Ba’zi asosiy vositalar ob’ektlarining qismlari muayyan vaqt oralig’idan keyin 

muttasil  almashtirishni  talab  qilishi  mumkin.  Shuningdek,  asosiy  vositalarning 

ba’zi  ob’ektlari  tez-tez  qaytariladigan  almashtirishlar,  masalan,  binoning  ichki  

devorlarini  almashtirish  zaruratini  kamaytirish  maqsadlarida  yoki  birgina 

almashtirish  uchun  xarid  qilinishi  mumkin.  Bunday  asosiy  vositalar  ob’ekti 

qismlarini  almashtirish  xarajatlari,  agar  ular  asosiy  vositalar  ta’rifiga  muvofiq 

bo’lsa,  ular  yuzaga  kelgan  vaqtda  ushbu  ob’ektning  balans  qiymatiga  kiritiladi. 

Almashtirib  bo’lingan  qismlarning  balans  qiymati  ushbu  almashtirilgan  qismlar 

bo’yicha eskirish alohida hisoblab yozilgan yoki hisoblab yozilmaganligidan qat’iy 

nazar hisobdan chiqariladi.  

Agar  bankning  eski  almashtirilgan  qismning  balans  qiymatini  aniqlashning 

amalda  imkoni  bo’lmasa,  unda  balans  qiymati  sifatida  yangi  almashtirilgan 

qismning  uni  xarid  qilingan  yoki  qurilgan  vaqtdagi  qiymatidan  foydalanish 

mumkin.  

Asosiy  vositalar ob’ektidan foydalanishni davom  ettirish sharti  bo’lib ushbu 

ob’ekt  qismlari  almashtirilganligidan  qat’i  nazar  nosozliklar  mavjud  bo’lishi 

yuzasidan  muntazam  tekshiruvlar  o’tkazish  hisoblanashi  mumkin.  Har  bir 

tekshiruvni amalga oshirishda uni o’tkazish xarajatlari, agar tan olish mezonlariga 

rioya etilsa, almashtirish qiymati sifatida ushbu asosiy vositalar ob’ektining balans 

qiymati  tarkibida  tan  olinadi.  Oldingi  tekshirish  xarajatlarining  qolgan  balans 

qiymati  hisobdan  chiqariladi.  Bu  ushbu  ob’ektni  xarid  qilish  yoki  qurish 

operatsiyasi chog’ida oldingi tekshiruv qiymati identifikatsiyalanganligidan qat’iy 

nazar  amalga  oshiriladi.  Zarurat  tug’ilganda,  ob’ektni  xarid  qilish  yoki  qurish 

paytida joriy tekshiruv komponentining qiymat ko’rsatkishi sifatida kelgusi shunga 

o’xshash tekshiruvning taxmin qilingan qiymatidan foydalanish mumkin. 

Aktivlardan  foydalanish  samaradorligini  oshiradigan  yoki  ularning  foydali 




 

24 


xizmat  muddatini  uzaytiradigan  asosiy  vositalarga  tegishli  bo’lgan  xarajatlar 

kapital xarajatlar sifatida hisobga olinadi va ularning balans qiymatini ko’paytiradi.  

Kapital  xarajatlarga  takomillashtirish,  almashtirish,  kapital  ta’mirlash 

bo’yicha xarajatlar kiradi. 

Kapital  ta’mirlash  -  aktivning  xususiyati  va  sifatini  sezilarli  darajada 

yaxshilaydigan, samaradorligi va foydali xizmat muddatini oshiradigan ta’mirlash 

bo’lib,  muntazam  asosda  amalga  oshiriladi.  Xarajatlarni  kapitallashtirishda 

ularning  summasi  aktivning  qiymatiga  o’tkaziladi  hamda,  agarda  zarur  bo’lsa, 

zamonaviylashtirilgan aktivning foydali xizmat muddati qayta ko’rib chiqamiz.  

Agar  asosiy  vositaga  (uskunaga)  yangi  qismlar  va  detallarni  qo’shish,  yoki 

mavjud binoga qo’shimcha inshootlar qurish aktivning ajralmas qismi hisoblansa, 

xarajatlar aktivning balans qiymatiga kiritiladi. Agar qo’shish ajralgan va mustaqil 

holda amal qilsa yoki har xil xizmat muddatiga ega bo’lsa, u alohida inventar birlik 

sifatida hisobga olinadi. 

 


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin