TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA TA`LIM YO`NALISHI 4-KURS 407-GURUX TALABALARNING MUSTAQIL MA`RUZASI
MAVZU: PSIXOLOGIYADA O’QITISH METODLARI VA ULARNING
UMMUMIY TASNIF.
O’qitish metodlari va ularning tasnifi
Metod (grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, aynan, u yoki bu narsaga, haqiqatga yo’l demakdir) maqsadga erishish usuli, tartibga solingan faoliyat ma’nolarini anglatadi.
Metod tushunchasi pedagogika, psixologiya va xususiy metodikalarning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, turli pedagog va metodist olimlar tomonidan turlicha talqin etib kelinmoqda.
O’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usuli bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi,ularning qobiliyatlari rivojlanadi.
Psixologiya o'quv fani sifatida o'qitish shakli va usullarining o'ziga xosligi bilan farq qiladi. Psixologiya o'quv fani sifatida maqsadi, hajmi, tuzilishi, usullari va ifoda etilishi bo'yicha farqlar mavjud.
Metodikada bunday qonuniyatlarga quyidagilani kiritish mumkin:
• psixologiya o'quv materiallari tuzilishi va mazmunida fanlarni birlashtirib olib borish;
• ko'nikma va mahoratlarini asta-sekin rivojlantirib borib o'quvchilar, talabalarning anglab yetgan mustahkam bilimlarni egallashlari;
• o'quv materialining asosiy roli va dars berishning shakl va usullari unga mos kehshi;
• o'qitish jarayonida tarbiyaning barcha tomonlarini bir-biriga bog'liqligi;
• dars o'tish jarayonining yaxlitligi va tizimliligi.
Ana shu qonuniyatlar asosida psixologiya o'qitish metodikasida tarbiyalovchi funksiyasining umumiy tizimi aniqlandi, ular quyidagilardan iborat:
• psixologik tushunchalar tizimi;
• o'qitish usullari tizimi;
• psixologiyani o'qitish jarayonida tarbiya va ta'limni rivojlantirish tizimi;
• o'quv ishlarining shakli, tizimi;
• dars o'tishning moddiy bazasini yaratish bilan bog'liq tizimi.
Psixologiya yosh fiziologiyasi, falsafa, pedagogika bilan uzviy bog'liq bo'ladi va psixologiyani o'qitishda bu bog'liqlik o’rnatiladi. Falsafiy pedagogik bilimlar o'qituvchilar uchun juda zarurdir. Metodika xususan psixologik o'ziga xoslik bilangina belgilanmaganligi, balki o'quvchilarning yosh xususiyatlari bilan ham belgilanganligi sababli yosh psixologiyasiga ham tayanadi.
Psixologiya fanini o`qitishda yangi mavzular auditoriyada qisqa muddatli tajriba o`tkazish yoki ba'zi ob'еktlarga sayohat (ekskursiya) uyushtirish bilan bog`liq ravishda olib borilsa, u holda ko`rgazmalilikning yaqqol tabiiy ko`rinishiga asoslanilgan bo`linadi
Psixologiya o'qitish metodikasi fanida interfaol usullarri ta'lim jarayoniga qo’llashning psixologik jihatlarini mazmunan yoritishga asoslanadi.
Insonlar psixologiyasining birgalikdagi munosabat va harakatiga asoslangan o'qitish interfaol o'qitish usuli deyiladi. Individ sifatida alohida o'qiydigan emas, aksincha, guruh bilan birga faoliyat yurituvchi, savollarni o'zaro kelishib bahslashib muhokama qiluvchi bir-birini qo'zg'atib va faollashtirib boradigan o'quvchi va o'qituvchi faoliyati markaziy o'rinni egallaydi.
Interfaol o'qitish usuliga quyidagilar kiradi:
1) evrestik suhbat;
2) bahs usul;
3) aqliy hujum;
4) davra stoli;
5) ishbilarmon o'yinlar usuli;
6) amaliy ish bo'yicha tanlov muhokamasi va boshqa alohida o'qituvchi bilan qo'llanuvchi — zavqli interfaol o'qitish usullari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |