Inson ruhiyati bilan shug‘ullanadigan olimlarning ta’kidlashicha, chin muhabbatni boshidan kechirish nasib etgan kishilar muhabbatning uch bosqichini, ya’ni boshlang‘ich, alangalangan va o‘zaro hurmat bosqichlaridan o‘tar ekanlar. Keling, shu bosqichlarga batafsilroq to‘xtalaylik.
Inson ruhiyati bilan shug‘ullanadigan olimlarning ta’kidlashicha, chin muhabbatni boshidan kechirish nasib etgan kishilar muhabbatning uch bosqichini, ya’ni boshlang‘ich, alangalangan va o‘zaro hurmat bosqichlaridan o‘tar ekanlar. Keling, shu bosqichlarga batafsilroq to‘xtalaylik.
1-BOSQICH
Muhabbatning birinchi — boshlang‘ich bosqichi haqiqiy, kuchli, istiqboli porloq, umri uzoq sof muhabbatning boshlanishi yoki, aksincha, shunchaki qiziqish, havas bo‘lishi, hattoki umri qisqa sevgining biron-bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Bu, albatta, sevib qolgan odamning dunyoqarashiga, uning o‘ziga xos xususi-yatlariga, hissiyotni paydo qilgan omillarga bog‘liq. Birinchi bosqich hamma vaqt ham o‘sib, ikkinchi va uchinchi bosqichlarga o‘tadimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
2-BOSQICH
Ikkinchi bosqichdan boshlab hissiyot ortga qaytmas xususiyat kasb etadi. Lekin ma’lum sabablarga ko‘ra bu bosqichlar «tez» bosib o‘tilishi mumkin. Yoshlarda, ayniqsa ilk sevgi-muhabbatni boshdan kechirayotganlarida, ba’zan esa tez sevib qoladigan yengil tabiatli kishilarda bunday holat ko‘p uchrashi mumkin. Xalqimiz bundaylarni birdan alanga olib, tez so‘ngan gulxanga o‘xshatadi. Binobarin bunday hissiyot uzoq davom etmaydi. Demak, muhabbat kuchli ifodalanmagani ma’qul ekan-da, degan xulosaga kelishga shoshilmang. Chinakam muhabbat bir umrlik tuyg‘u ekanini, uning kuchi, kuri ikki tomonni qarigan chog‘da ham isitib turishi kerak-ligini unutmang. Birinchi bosqichning qancha vaqt davom etishi bu hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxening yoshiga, jinsiga, hayot tarziga, shaxeiy xulq-atvoriga, shuningdek bir qancha tashqi va ichki sabablarga bog‘liq. Buning aniq o‘lchovi bo‘lishi mumkin emas.