Umr yo’ldosh tanlash nazariyalari



Yüklə 9,59 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü9,59 Kb.
#168680
1   2   3
Umarbek Turdiyev

3-BOSQICH


Muhabbat uchinchi bosqichda yo umr bo‘yi qoladi yoki barham topadi, dedik. Odamlar salomatlikning qadriga sog‘liqni yo‘qot-ganda, ota-onaning qadriga — ulardan ayrilganda, muhabbatning qadriga u bordan yo‘qqa aylanganda yetadilar, degan naql asosida ancha hikmat bor. Xotin erning ma’nisiga, er xotinning ma’ni-siga, ikkalasi bir bo‘lib muhabbatning ma’nisiga aynan shu — uchinchi bosqichda yetadi. Er-xotin o‘rtasidagi his-tuyg‘ularning susayishiga o‘ta faol jinsiy hayot kechirish ham, oilada bo‘lib turadigan mayda-chuyda kelishmovchiliklar ham sabab bo‘lishi mumkin. Nikohgacha bir-birlariga yaxshi ko‘rinish, dilni rom kilish maqsadida chiroyli kiyinish, pardoz-andozga zo‘r berish, xulq-atvorning faqat yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga urinib turib, to‘ydan keyin sal vaqt o‘tmay bular haqida unutib yoki er xotinga, xotin erga yaxshi ko‘rinishim shart emas deb o‘ylab, shunga monand ish tutish ham juftlar ko‘nglini sovitadi. Sovigan ko‘ngidda esa muhabbat alan­ga olmaydi. Undan boshqacha nido chiqadi: Boshimga bolishlar botdi — kelmading, Yurakka nolishlar botdi — kelmading...
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 63-moddasida taʼkidlanishicha, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi. Nikoh masalalari Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida (1998-yil qabul qilinib, oʻsha yili 1-sentabrdan amalga kiritilgan) oʻz ifodasini topgan. Amaldagi oila qonunchiligi Nikohning tuzilishi tartibiga, uni davlatning tegishli organlari tomonidan rasmiylashtirilishiga alohida eʼtibor beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 13-moddasiga binoan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday nikohgina huquq va majburiyatni vujudga keltiradi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh yuridik kuchga ega emas. Shuningdek, soxta nikoh, yaʼni er-xotin yoki ulardan birining oila qurish maqsadini koʻzlamay tuzgan nikohi ham haqiqiy emas deb topiladi. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi va nikoh yoshi nikohdan oʻtishning asosiy shartlari hisoblanadi. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Nikoh yoshi Oʻzbekistonda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. 
Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda nikohlanuvchilarning iltimosiga koʻra, nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin. Loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida, loaqal bittasining ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shart qilib qoʻyilgan. Unga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkin.
NIKOH BEKOR QILINISHI
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 9,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin