5A140501-KIMYO (FAN YO‘NALISHLARI BO‘YICHA) MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGIGA O‘QISHGA KIRUVCHINING MUTAXASSISLIK FANLARIDAN KIRISH IMTIHONINI BAHOLASH MEZONLARI Kirish imtohoni “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi. Savollar asosida tuzilgan har bir variantda 3 tadan komponent bo‘lib, 1-komponent noorganik kimyodan, 2-komponent organik kimyodan nazariy materiallarni o‘z ichiga oladi; 3-komponent kimyo fanlaridan masala va mashqlarni oz ichiga oladi.
Har bir variant 100 ballik tizimda baholanadi. 1- va 2-komponentlar har biri 30 balldan; 3-komponent 40 ball bilan baholanadi.
va 2-komponent bo‘yicha baholash mezoni:
21-30 ball
Kimyo fani nazariy asoslarini yaxshi bilishi; savolga dastur asosida to‘liq javob berishi; qonuniyatlar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi; misollar keltirishi; qonunlarni amalda qo‘llay bilishi; aniq va ilmiy asoslangan mantiqiy javob berishi; mustaqil mushohada yurita olish orqali xulosa va qaror qabul qila olishi lozim.
11-20 ball
Kimyo fani nazariy asoslarini bilishi; mustaqil mushohada yurita olishi; savolning mazmuni bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi va mohiyatini tushunishi; mantiqiy berilgan savollarning asosiy qismiga to‘g‘ri javob berishi lozim
1-10 ball
Kimyo fani nazariy asoslarini yaxshi bilmasa; savollarga umumiy holda chala javob berishi; mantiqan javob beriladigan ko‘pchilik holatda xatoga yo‘l qo‘yishi; savol mohiyatini chala tushunishi; topshiriqlarni to‘liq yozmagan va bajara olmagan bo‘lishi
0 ball
Kimyo fani nazariy asoslarini bilmasa; savollarning birortasiga ham aniq javob bera olmasa; javoblar yozmagan va bajara olmagan bo‘lsa
3-komponent bo‘yicha baholash mezoni:
31-40 ball
Kimyo fani nazariy asoslarini yaxshi bilishi; masala va mashqni to‘liq yechishi; qonuniyatlar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi; qonunlarni amalda qo‘llay bilishi; aniq va ilmiy asoslangan mantiqiy javob berishi; mustaqil mushohada yurita olish orqali xulosa va qaror qabul qila olishi lozim.
21-30 ball
Kimyo fani nazariy asoslarini bilishi; mustaqil mushohada yurita olishi; masala va mashqning mazmuni bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi va mohiyatini tushunishi; masala va mashqni yechish yo‘lini ko‘rsata olishi lozim
11-20 ball
Kimyo fani nazariy asoslarini yaxshi bilmasa; masala va mashqni umumiy holda chala yechsa; mantiqan javob beriladigan ko‘pchilik holatda xatoga yo‘l qo‘yishi; masala va mashq mohiyatini chala tushunishi; topshiriqlarni to‘liq yozmagan va bajara olmagan bo‘lishi
1-10 ball
Kimyo fani nazariy asoslarini yaxshi bilmasa; masala va mashqni yechishga harakat qilgan bo‘lsa; mantiqan javob beriladigan ko‘pchilik holatda xatoga yo‘l qo‘yishi; masala va mashq mohiyatini tushunmasligi; topshiriqlarni to‘liq yozmagan va bajara olmagan bo‘lishi
0 ball
Kimyo fani nazariy asoslarini bilmasa; topshiriqnia bajara olmagan bo‘lsa