Aromatik uglevodorodlar. Benzol va uning gomologlari, nomlanishi, izomeriyasi. Aromatik uglevodorodlarning manbalari
səhifə 3/6 tarix 02.01.2022 ölçüsü 150,5 Kb. #37537
Kimyo 2019
Aromatik uglevodorodlar. Benzol va uning gomologlari, nomlanishi, izomeriyasi. Aromatik uglevodorodlarning manbalari. Benzol halqasining elektron tuzilishi va benzolning kimyoviy xossalari. Aromatiklik haqida tushuncha. Xyukkel qoidasi. Nobenzoid aromatik sistemalar. Siklopropenil- va tropiliy kationlari. Siklopentadienil- anioni, azulen, annulenlar. Aromatik qatordagi elektrofil almashinish reaksiyalari: sulfolash, nitrolash, galogenlash, alkillash, atsillash. Benzol halqasidagi o‘rinbosarlarning mahsulotlarning izomer tarkibiga va reaksiya tezligiga ta’siri. Radikal almashinish va birikish reaksiyalari.
Alkilbenzollar. Alkilbenzollarni olish. Benzol halqasida elektrofil almashinish reaksiyalari, bu reaksiyalarda yo‘naltirishning xususiyati. Yon zanjirda radikal o‘rin almashinish reaksiyalari.
Naftalin. Naftalin va boshqa ko‘p yadroli uglevodorodlarning manbalari. Naftalin hosilalarining nomlanishi, izomeriyasi, elektron tuzilishi va aromatikligi. Naftalinning kimyoviy xossalari.
Aromatik galoidbirikmalar. Olish usullari. Aromatik uglevodorodlarni galogenlash, diazoniy tuzlaridan olish. Elektrofil almashinish reaksiyalari.
O‘rinbosarlarning induksion va mezomer ta’siri haqida tushuncha. Galogen atomlarining o‘rinbosar sifatida ta’siri.
Nitrobirikmalar. Aromatik nitrobirikmalarning xosalari.
Nitroguruhning elektrofil almashinish reaksiyasi tezligiga va yo‘nalishiga ta’siri.
Nitrobirikmalarning qisman qaytarilish mahsulotlari.
Nitro-birikmalarning tautomerlanishi, dimerlanish, kondensatsiya reaksiyalari.
Fenol va uning gomologlari. Fenollarning kislotalik xususiyatlari.
Aromatik karbon kislotalar. Almashingan benzoy kislotalarning dissotsiyalanish konstantasiga o‘rinbosarlarning ta’siri.
Aromatik aminlarning turlari. Aminoguruhning benzol yadrosiga ta’siri: elektrofil almashinish reaksiyalari. Aminoguruhni himoyalash.
Diazobirikmalar. Diazotirlash reaksiyasi, uni amalga oshirish sharoitining amin tuzilishiga bog‘liqligi.
Geteroxalqali birikmalar. Geterohalqali birikmalar haqida tushunchalar va ularning sinflanishi.
Besh a’zoli bitta geteroatom tutgan geterohalqali birikmalar (furan, tiofen, pirrol), ular sintezining umumiy usuli va o‘zaro aylanishlari.
Furan, tiofen va pirrol va benzolning fizikoviy va kimyoviy xossalarini taqqoslash.
Fenol va pirrol xossalarining o‘xshashligi. Azot, kislorod va oltingugurt tutgan besh a’zoli halqali birikmalar.
Olti a’zoli bitta geteroatom tutgan geterohalqali birikmalar. Piridin, olinishi, xossalari. Piridin hosilalarini tabiatda uchrashi.
Olti a’zoli ikkita geteroatom tutgan geterohalqali birikmalar. Pirimidin, pirazin va piridazin. Purin va uning hosilalari.
Nuklein kislotalar, tuzilishi, xossalari va ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: