Jinoiy qilmish sodir etgan jinoyatchi o‘zini juda yuqori tutadi. Bu esa jinoyatchida o‘zini nazorat qilish borasida chuqur buzilishlar borligidan dalolat beradi
Jinoiy qilmish sodir etgan jinoyatchi o‘zini juda yuqori tutadi. Bu esa jinoyatchida o‘zini nazorat qilish borasida chuqur buzilishlar borligidan dalolat beradi. G.A.Avanesov inson xatti-harakatida salbiy rol o‘ynovchi quyidagi biologik shart-sharoitlarni ajratadi: ko‘pincha jinsiy buzilish va jinoyatlarning sababiga aylanadigan biologik ehtiyojlar patologiyasi; asab tizimining qo‘zg‘aluvchanligini kuchaytiradigan, noadekvat reaksiyani keltirib chiqaradigan va harakatlarni ijtimoiy nazorat qilishni qiyinlashtiradigan asab-ruhiy kasalliklar (psixopatiyalar, nevrosteniyalar, kasallik va sog‘liq chegarasidagi holatlar); aqli zaif bolalarning 40% chalingan irsiy kasalliklar, ayniqsa, spirtli ichimliklar sababli og‘irlashgan turlari; turli xil psixosomatik, allergik, toksik kasalliklarga olib keladigan va qo‘shimcha jinoiy omil bo‘lib xizmat qiladigan psixofiziologik zo‘riqishlar, aniq vaziyatlar, atrof-muhit kimyoviy tarkibining o‘zgarishi, energiyaning yangi turlaridan foydalanilishi hisoblanadi.
Oldindan rejalashtirilgan jinoyatni oqlash turli usullar bilan amalga oshiriladi: jinoyat qurbonining aybdorligini bo‘rttirib ko‘rsatish; · ijtimoiy va huquqiy normalarni g‘ayriijtimoiy guruhlar (banda, o‘g‘rilar to‘dasi)ning qoidalariga qarshi qo‘yib qadrsizlantirish; · javobgarlikni boshqalarning gardaniga yuklash, yuzaga kelgan vaziyat bilan o‘zini oqlash va hokazo. Jinoyat sodir etgan shaxslarning ehtiyojlari asosan quyidagi xususiyatlarga ega: Ehtiyojlarning torligi, cheklanganligi, moddiy-utilitar xarakteri; Ijtimoiy zarur ehtiyojlarning (mehnat, axloqiy xulqqa bo‘lgan ehtiyojlar) rivojlanmaganligi; Shakli buzilgan, o‘rtacha me’yordan va qondirishning qonuniy imkoniyatlaridan ortiq bo‘lgan ehtiyojlar; Buzilgan ehtiyojlar. -talon-torojlik, poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilikning asosiy shart-sharoitlaridan biri. Aksariyat odamlarning ijtimoiy buzilishi ularning yaratuvchilik xislatlarining buyumlarga egalik borasida ustunlik qiluvchi his-tuyg‘ulari tomonidan siqib chiqarilishida ko‘rinadi.