Ularda “jamg‘arish instinkti” chegara bilmaydi. Fojia to‘planadigan buyumlarda emas, balki iste’molchi odam ishlab chiqaruvchi shaxs sifatida passiv bo‘lib qolishi, g‘ayriijtimoiy, so‘ngra esa odatda jamiyatga qarshi (firibgar, poraxo‘r, mansabni suiiste’mol qiluvchi) bo‘lib qolishidadir. Iste’molchilik gipertrofiyasi Biologik ehtiyojlar patologiyasi ko‘p hollarda jinoiy buzuqlik va jinsiy jinoyatlarni keltirib chiqaradi.
Asabiy-ruhiy kasalliklar asab tizimi qo‘zg‘aluvchanligini kuchaytirib, noadekvat aks ta’siriga olib keladi, javobgarlikni qiyinlashtiradi. Avloddan avlodga o‘tuvchi tug‘ma kasalliklar, ayniqsa ichkilikbozlik tufayli zo‘rayib ketadi, aqli zaif bolalarning 40 foizi mana shu kasallik oqibatidandir. Psixofiziologik zo‘riqish, ziddiyatli vaziyatlar, atrof muhitda kimyoviy tarkibning o‘zgarishi, turli psixologik, allergik va zaharlanish kasalliklariga sabab bo‘lib, qo‘shimcha kriminal omillarga aylanadi. Kishi xulq - atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sabablarga quyidagilar ham kiradi: Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan jinoyatlar. Shu ma’noda voyaga yetmaganlar (14–17 yosh) va yoshlar (18–29 yosh)ning psixologiyasi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. O‘z navbatida, har ikki guruhga mansub shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning tahlili ham jinoyatchilikning umumiy “manzarasini” aniqlash va to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradi. Hozirgi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar jarayonida sodir etilayotgan barcha jinoyatlarning sal kam 57% 14–29 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri kelmoqda. Jinoyat olamining “yosharishi” nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida yuzaga kelayotgan illat ekanligini ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. So‘roqning dastlabki bosqichida tergovchi voyaga yetmagandan uning anketa ma’lumotlarini og‘zaki bilib oladi, bu o‘rinda tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsni to‘g‘ri chamalay bilishi muhimdir. So‘roq qiluvchi va so‘roq qilinuvchining psixik aloqaga kirishishi so‘roq ikkinchi bosqichining mohiyatini tashkil etadi. Bu bosqichda suhbatning mavzusi ish mazmuniga u qadar aloqador bo‘lmagan gaplar, voyaga yetmaganning tarjimai holi, o‘qishi, qiziqishlari kabilarni qamrab oladi. So‘roqning bosh qismida tergovchi jinoiy ish bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni olishi lozim. Odatda puxta o‘ylab uyushtirilgan suhbatda tergovchi so‘roqda olgan ma’lumotni yozib chiqadi va yozma nusxasini so‘roq qilinayotganda ko‘rsatadi, u yozilgan gaplarning asliga to‘g‘riligini tasdiqlab imzolab beradi.