Umumilmiy va xususiy ilmiy metodlar



Yüklə 63,33 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü63,33 Kb.
#196791
  1   2   3
UMUMILMIY VA XUSUSIY ILMIY METODLAR


UMUMILMIY VA XUSUSIY ILMIY METODLAR
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Metod va metodologiya tushunchalari. O’zgarish, o’zaro aloqadorlik,
harakat, taraqqiyot tushunchalarining nisbati.
2. Qonun va qonuniyat.
3. Mavjudlik, o’zgarish vai o’zaro bog’liqlikning asosiy shakllari. Falsafiy
kategoriyalar. Alohidalik, xususiylik umumiylik. Struktura va elment .
O’zbekiston taraqqiyotida butun va qism.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Falsafada bilish masalasini qanday talqin qilishlariga ko’ra va bunda qanday metod va metodologiya tamoyillariga tayanganliklariga ko’ra faylasufalar turli


oqim , yo’nalishlarga ajraladi. Shu bois «metod» va «metodologiya» tushunchalari mazmuni xususida to’xtalamiz.
Metod (yunon. metods - usul) keng ma’noda ijodiy faoliyatning har qanday
shakli ma’nosini ifodalaydi. Metod bilimdagi u yoki bu shaklda qoida, tartib, usul
yig’indisidir. Metodologiya tushunchasi ikki mazmunga ega:
1. Ijodiy faoliyatda qo’llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda,siyosatda,san’atda va x).
2. Metodlar yig’indisi va faoliyat turi haqida ta’limotdir yoki metod
haqidagi nazariya.Fan metodologiyasi uning strukturasi,taraqqiyoti,ilmiy tadqiqot vositalari va
usullari,uning natijalarini asoslash yo’llari,bilimni tajribaga tadbiq qilish
mexanizmi va shakllarini o’rganadi.
Falsafada metod, metodologiya masalasi insonning borliqni va o’z borlig’ini
bilish masalasi hisoblanadi. shunga ko’ra mazkur masala falsafa tarixida bahs
mavzui bo’lib kelgan holda, u doimo faylasuflarning diqqat e’tiborida bo’lgan. Va
bugungi kunda ham ushbu masala hozirgi zamon falsafiy yo’nalishlarida
metodologiya bilishning muhim omili, vositasi bo’lib hisoblanadi. Masalan,
falsafiy, xususan ijtimoiy metodologiya hozirgi zamon germenevtikasida
muammolar yechimini tahlil qilishda keng qo’llanilmoqda.
Har qanday metodlar muayyan ilmiy nazariyalar negizida yaratiladi va bilish
quroli vazifasini bajaradi. Va mazkur bilishning natijasi o’z navbatida metodlar
uchun xizmat qiluvchi nazariyalarning boyishi mukammallashishiga xizmat qiladi.
Shu manoda har qanday metod real hayotiy bilish jarayonida shakllanadi. Metod
haqiqiyligi tadqiqot predmeti (obektning) va bilish subyekti mazmuni bilan
bog’liq.
Shu bois metodning bilish usuli ekanligi nazariya , predmet(obyekt) va
subyekt tushunchalarining mazmuni orqali anglashiladi. Darxaqiqat, metod
subyekt va obyektning dialetik birligida amal qiladi, mukammallashib, rivojlanib
boradi.
Metodlar turli asoslar-mezonlar bo’yicha tasniflanadi. Qaysi sohada
qo’llanishiga ko’ra moddiy, ma’naviy, g’oyaviy turlarga , uslubiyatga ko’ra ilmiy-
nazariy va amaliy faoliyat turlariga ajratiladi.
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika doimiy materiallarni yig’ish va
saralash vositasi,aniq faoliyat turidir.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko’ra bir necha guruhlarga
bulinadi:eng umumiy metodlar,umumiy va xususiy metodlar. Eng umumiy
metodlar falsafiy metodlardir,u barcha bilim sohalari, faoliyat uchun metodologiya
bo’lib xizmat qiladi.
Falsafiymetodlar:dialektika,metafizika,sinergetika,sofistika.
Dialektika (yunon dialektika-bahs.) tabiat , jamiyat va bilish taraqqiyoti
qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va
amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir.
Abadiy va azaliy uzluksiz, o’zoro aloqadorlik, vaqtning ortga qaytmasligi,
rivojlanish va taraqqiyot, olamining birligi dealektikaning asosiy tamoyillaridir.
Falsafada ana shu tamoyillarga asoslangan tafakkurni- dialektik tafakkur,
dunyoqarashni- dialektik dunyoqarash, metodni-dialektik metod deb yuritiladi.
Qadimgi davrda Geraklit ( eramizdan avvalgi 540-483) dialektikani bilish
metodi sifatida talqin qilgan bo’lib, bu qarash keyinchalik Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilinadi. U dialektikani falsafiy metod, ta’limot darajasida ishlab chiqadi.
Metafizika ( yunon meta Physic fizikadan keyin) dialektika kabi unversal
metoddir. Hozirgi zamon fanida metafizika uch asosiy ma’noni anglatadi. Bular:
1. Umumiy hodisalar haqidagi falsafiy fandir. Uning asosi Arastudir.
2. Umuman borliq haqidagi ta’limot bo’lib, nazariya bilish mantig’i va
uning xususiy ko’rinishlaridan mustasnodir.
3. U bilish ( tafakkur) va harakatni falsafiy tushunish ma’nosida
dialektikaga qarama-qarshi qo’yiladi. Uning eng asosiy xususiyatlaridan biri bir
tomonlamalik bilish jarayonining faqat nisbiy xaqiqat darajasini mutlaqlashtirishdir. U turli tarixiy shakllarda, turli davrlarda o’zgarib borgan:
metafizik matrializm, natur falsafa va x.

Yüklə 63,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin