Umumiy ahlat, siydik olish siydikni umumiy tah


Izoh: Agar bolada siydik tuta olmaslik holati kuzatilsa, dan 08:00 gacha konservant qo‘shilgan idishga siydikni 22:00 yig‘iladi. 5. Siydikni



Yüklə 58,57 Kb.
səhifə3/4
tarix14.10.2023
ölçüsü58,57 Kb.
#155458
1   2   3   4
UMUMIY AHLAT, SIYDIK OLISH

Izoh: Agar bolada siydik tuta olmaslik holati kuzatilsa, dan 08:00 gacha konservant qo‘shilgan idishga siydikni 22:00 yig‘iladi.
5. Siydikni Ambyurje bo‘yicha tekshirish uchun yig‘ish

Buning uchun 3 soatlik siydik olinadi. Bajarish tartibi:


1. Bolaga yoki uning onasiga tekshiruv maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
2. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
3. Tayyorlab qo‘yiladi: siydikni yig‘ish uchun toza quruq idish, kateter, steril paxta-doka tamponi, yo‘llanma, mustahab uchun to‘plam.
4. Boladan ertalab soat 06:00 da qovug‘ini bo‘shatishi so‘raladi.
5. Bolaga 3 soatdan keyin soat 09:00 da mustahab qildiriladi. 6. Tayyorlangan idishga qovuqni bo‘shatish so‘raladi yoki
kateter bilan siydik olinadi.
7. Flakonga yo‘llanma biriktiriladi. 8. Qo‘lqoplar yechiladi.
9. Material klinik laboratoriyaga yuboriladi.
10. Natijasi o‘sha kuni yoki ertasiga olib kelinadi. 11. Natija kasallik tarixiga yopishtirib qo‘yiladi.
Dezinfeksiya: tuvakni xlorli ohakning 3% li eritmasiga solib, 60 daqiqa ushlanadi, yuvindi suvlari ustigaquruqxlorli ohakdan solinadi (1 litr siydikka 200 g hisobida), ekspozitsiya - 60 daqiqa.
Izoh: Qizlarda qindan ajralmalar bo‘lsa, mustahabdan keyin qinga paxta-dokali tampon kiritiladi.

6. Siydikni Nechiporenko usuli bo‘yicha tekshirish uchun yig‘ish

Siydikni qunt bilan gigiyenik tozalashdan so‘ng, istalgan vaqtda yig‘ish mumkin, biroq laboratoriyaga ertalabki siydikni yetkazgan ma’qul. Siydik elementlari hisoblash kamerasida sanaladi. Bajarish tartibi:



  1. Bolaga yoki uning onasiga tekshiruv maqsadi va tartibi tushuntiriladi.

  2. 2. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 3. Qo‘lqoplar kiyiladi.

  3. 4. Tayyorlab qo‘yiladi: toza quruq flakon yoki probirka, mustahab uchun to‘plam.

  4. 5. Bolaga mustahab qildiriladi.

  5. 6. Chap qo‘l bilan flakonni ushlab, o‘ng qo‘l bilan qopqog‘i yechiladi.

  6. 7. Boladan siyishi so‘raladi.

  7. 8. Flakon siydik yo‘nalishida tutiladi (siydikning birinchi qismi flakonga olinmaydi).

  8. 9. 10 ml siydik yig‘iladi, qolgan siydikni bola tuvakka chiqarib tashlasin.

  9. 10. Flakonga yo‘llanma biriktiriladi va klinik laboratoriyaga yuboriladi.

  10. 11. Qo‘lqoplar yechiladi.

  11. 12. Natijasi o‘sha kuni yoki ertasiga olib kelinadi. 13. Natija kasallik tarixiga yopishtirib qo‘yiladi.


Yüklə 58,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin