Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


I. I. Mechnikov (1845 - 1916



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/12
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
fosfor

I. I. Mechnikov (1845 - 1916) fagotsitoz va uning immunitetdagi ahamiyati haqida to‘liq ta’limot yaratdi, chirituvchi va sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning antagonizmini aniqladi va vabo kasalligini o‘rganishga o‘z hissasini qo‘shdi. Rossiyada birinchi bakteriologik stansiya tashkil etdi. Uning rahbarligi ostida yirik mikrobiologlar: G. N. Gabrichevskiy, A. M. Bezredka, I. G. Savchenko, L. A. Tarasevich, N. F. Gamaleya, D. K. Zabolotniy va boshqalar yetishib chiqdi.
Mikrobiologiya fanining rivojlanishida D. I. Ivanovskiy (1864-1920) alohida rol o‘ynadi. U tamaki barglarining mozaika kasalligini o‘rganib, 1892 yilda filtrlanuvchi viruslarni aniqladi va virusologiya faniga asos soldi.
Tuproq mikrobiologiyasi bo‘yicha ham ancha ishlar qilindi. Shlezing va Myuns kabi fransuz olimlari nitrifikatsiya jarayonini o‘rgandi. Tuproqda uchraydigan mikroorganizmlarni va ularning moddalar almashinuvidagi rolini aniqlashda S. N. Vinogradskiyning (1856 - 1955) hissasi katta bo‘ldi. U xemosintez jarayonini nitrifikatorlar, oltingugurt va temir bakteriyalari misolida aniq ko‘rsatib berdi. Bu jarayonlarni chuqur o‘rganib «Xemosintez» (kimyoviy energiya ishtirokida suv va SO2 dan organik moddalar hosil bo‘lishi) jarayonini ochish sharafiga muyassar bo‘ldi. Tuproqda erkin holda hayot kechiruvchi anaerob bakteriya klostridium pasterianumni, sellyulozani parchalovchi bakteriyalarni ham Vinogradskiy topdi va ko‘pgina yangi metodlarni kiritdi va «Tuproq mikrobiolgiyasi» asarini yaratdi.
M. Beyerink tuproqda uchraydigan erkin azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalardan azotobakterni aniqladi. G. Gelrigel va G. Vilfor tuproq mikrobiologiyasi ustida ish olib borib, 1880 yilda tugunak bakteriyalar bilan dukkakli o‘simliklar orasidagi simbiozni aniqlab, dukakkli o‘simliklarning azot o‘zlashtirishi ular ildizidagi tuganaklarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdilar.
Sekin-asta to‘plangan materiallar, ayniqsa, nafas olish va bijg‘ish jarayonlari ximizmini aniqlash ishlari mikrobiologiya rivojlanishidagi uchinchi davr «mikrobiologiyaning bioximiya yo‘nalishi»ga turtki bo‘ldi. Nafas olish va bijg‘ish jarayonlarini ximizmini aniqlashda S. P. Kostichev, V. S. Butkevich, V. N. Shaposhnikov va N. D. Irusalimskiylar katta hissa qo‘shganlar.
Chirindi moddalar va tuproq strukturasi hosil bo‘lishidagi tuproq mikroorganizmlarining rolini tushuntirishda I.V. Tyurin, M.I. Kononova va boshqalar, mikroorganizmlar ekologiyasini o‘rganish sohasida B. L. Isachenko, Ye. N. Mishustin, N. M. Lazarevlar, tuproq va rizosferadagi turli xil bakteriyalarning aktivligini aniqlashda N. G. Xolodniy, V. S. Butkevich, N. A. Krasilnikov, Ye. F. Beryozova, Ya. N. Xudyakov va boshqa olimlarning ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Keyingi yillarda mikrobiologiya texnikasini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan olimlar B.F.Perfilev va D.L. Gabellardir. Ular yaratgan kapillyar mikroskopiya metodi ko‘pgina cho‘kindilarda uchraydigan yirtqich bakteriyalarni topishga yordam berdi.
O‘tgan asrning oxiridan boshlab mikrobiologiyaning yana bir tarmogi bo‘lgan suv va geologiya mikrobiologiyasi rivoj topdi. G. A. Nadson, B. L. Isachenko, M. A. Yegunov, V. O. Tauson, V. S. Butkevich, A. Ye. Kriss, A. S. Razumov va boshqalar bu tarmoqning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. G. A. Nadson va uning shogirdi G. S. Filippov 1925 yilda achitqi zamburug‘lariga turli nurlarni ta’sir etdirib, ulardan mutantlar oldilar.
Mikrobiologiya sohasida shunday katta kashfiyotlarning ochilishi mikroskopik texnikaning rivoj topishi bilan chambarchas bog‘liqdir. 1873 yilda Ernest Abbe mikroskoplar uchun linzalar sistemasini takomillashtirgan, 1903 yilda Zidentopf va Jigmondi ultramikroskopni, 1908 yilda A. Kyoller va Zidentopf birinchi lyuminessent mikroskopni kashf etgan bo‘lsalar, nihoyat 1928-1931 yillarga kelib birinchi elektron mikroskop yaratildi. 1934 yili F. sernike fazo-konstrast prinsipini takomillashtirdi. Elektron mikroskopda 0,02 nm dan to 7 A gacha va undan ham mayda buyumlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Bu kashfiyotlar mikrobiologiyaning yana bir qirrasini, mikroorganizmlarning ultrastrukturalarini o‘rganishga turtki bo‘ldi. Oddiy yorug‘lik mikroskoplarida faqatgina tayoqcha bo‘lib ko‘ringan bakteriyalarni nanometrlar bilan o‘lchanadigan xivchinlari, fimbriylari, piliylari, hujayra devori va uni birnecha qavatdan iboratligi, sitoplazmatik membrana va uning nozik strukturalari, sitoplazma uning tarkibidagi yadro moddalari, ribosomalar va zaxira moddalarini borligi aniqlandi.
Mamlakatimizda mikrobiologiya fanining rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli uning nazariy va amaliy masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan sohalari: oziq-ovqat sanoati, konserva sanoati, sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar, antibiiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin