Umumiy fitopatalogiya va mikrobiologiya


Mikrobiologiyaning rivojlanishida mikroskopik texnika



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə4/12
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
fosfor

Mikrobiologiyaning rivojlanishida mikroskopik texnika. Yuqorida aytib o‘tilgandek, mikroskopik texnikaning taraqqiy etishi, uning ko‘rsatish qobiliyatining oshishi mikroorganizmlarni o‘rganishni yanada jadallashtirdi. Qorong‘i maydonda ko‘rish, lyuminessent mikroskop, fazo-kontrast mikroskop va elektron mikroskoplarning yaratilishi mikroorganizmlarni nozik strukturalarini (hivchinlar, hujayra devori, sitoplazmatik membrana va sitoplazmaning ichki strukturalari ) o‘rganish imkoniyatini yaratdi.
Qorong‘i maydonda ko‘rish mikroskopi. Ko‘rish maxsus kondensor yordamida amalga oshiriladi. Odatda ishlatiladigan kondensorlar - (yorug‘ maydonli mikroskopda) o‘rtadagi nurlarini o‘tkazib, chetkilarini tutib qolsa, qorongi maydonli mikroskopda kondensor faqat chetki nurni o‘tkazadi, nurlarning og‘ish burchagi katta bo‘lganligi uchun, ular ob’ektivga tushmaydi, natijada ko‘rish maydoni qorong‘i bo‘lib qoladi. Agar mikroskop ostida ko‘riladigan preparat bir jinsli bo‘lmay, xar xil optik zichlikka ega zarralar tutsa, unda kondensordan o‘tgan qiyshiq nurlar preparatdan o‘tganda zich zarralarni aylanib o‘tadi - difraksiya yuz beradi. Difraksiya natijasida nurlar har tomonga sochilib ob’ektivga tushadi. Natijada qorongi fonda turgan bakteriyalar yaltirab ko‘rinadi. Bu usulda ko‘rish OI – 7 yoki OI- 19 kabi yoritgichlar ishlatilsa yaxshi natija beradi.
Ayniqsa, XX asrning 30 - 40-yillarida yaratilgan elektron mikroskoplar hujayra organoidlarining strukturasi bilan funksiyasi orasidagi bog‘lanishni aniqlashga, mikroorganizmlardagi bioximiyaviy jarayonlarni o‘rganishga imkon berdi.
Elektron mikroskopda elektronlardan chiqadigan nurning to‘lqin uzunligi yorug‘lik nurining to‘lqin uzunligiga nisbatan ancha qisqa. Unda shisha linzalar o‘rniga “elektron linzalar” - elektromagnit maydonlar paydo bo‘ladi, bular buyumlar molekulalarini yutadi, barcha optik sistema vakuumga (10-4 mm simob ustuniga) joylashtiriladi. Shuning uchun ko‘riladigan ob’ektlar quruq bo‘lishi kerak. Aks xolda ob’ektdagi suv vakuumda qaynab ketadi va buyum yemiriladi. Elektronlar oqimi tekshiriladigan ob’ektga tushganda, termik va radiatsion o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, bu esa buyumning strukturasini buzib yuborishi mumkin. Ikki nuqta orasidagi masofa 10 A (angstrem)ga teng bo‘ladi, bunda buyum 100000 marta kattalashgan bo‘ladi (3- rasm).
Tekshiriladigan buyumlar, odatda, 10000 - 30000 marta kattalashtirib ko‘riladi. Elektron mikroskoplarda ko‘riladigan buyumlar nihoyatda yupqa bo‘lishi qerak.
Shvesiyalik olim Shestrand elektron mikroskoplar uchun yupqa kesmalar tayyorlaydigan mikrotom yaratdi. Bu mikrotom yordamida tayyorlanadigan kesmalarning qalinligi 100 - 150 A ga teng bo‘ladi. Ko‘riladigan buyumning suvi quritilib, so‘ngra u fiksatsiya qilinadi va qotirish uchun metakril smolasi bilan ishlov beriladi. Shundan keyin mikrotomda 100 - 150 A qalinlikda kesmalar tayyorlanib, maxsus ishlov berilgandan so‘ng elektron mikroskopda ko‘riladi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin