43-modda. Harbiy ro‘yxat turlari Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxati ularning turar joylari
bo‘yicha olib boriladi hamda umumiy va maxsus ro‘yxatga bo‘linadi.
Umumiy harbiy ro‘yxatda chaqiriluvchilar, shuningdek safarbarlik davri va urush davri uchun
davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qo‘yilmagan
harbiy xizmatga majburlar turadilar.
Maxsus harbiy ro‘yxatda safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruvi organlari,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar
turadilar.
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy ro‘yxatga olish tuman (shahar)
mudofaa ishlari organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan, shuningdek
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ishlaydigan yoki o‘qiydigan korxonalar, muassasalar
va tashkilotlar, ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
44-modda. Harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish Harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatdan bo‘shatilganidan keyin turar joyiga yetib
borgan shaxslar uch kunlik muddat ichida tegishli mudofaa ishlari organlariga kelishlari shart.
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar turar joyi bir yarim oydan ko‘proq muddatga
o‘zgargan, uch oydan ko‘proq muddatga xizmat safariga, o‘qish, ta’til yoki davolanishga borgan
taqdirda turar joylaridagi harbiy ro‘yxatdan chiqishlari, yangi turar joyga (doimiy yoki vaqtinchalik)
kelganlaridan keyin uch kunlik muddat ichida harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Urush davrida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning tuman (shahar) mudofaa
ishlari organi boshlig‘ining ruxsatisiz doimiy turar joyidan boshqa joyga ketishi man etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan hollarda harbiy xizmatga majburlar va
chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan chiqish va harbiy ro‘yxatda turish uchun harbiy-hisob hujjatlarini
mudofaa ishlari organiga topshirishlari lozim. Qishloq joylarga borgan yoki u yerlardan jo‘nab
ketayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy-hisob hujjatlarini tegishli
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga topshirishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan shaxslar, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va
idoralarga xizmatga maxsus unvonlar berilgan holda, xodimlar lavozimlariga kirgan shaxslar
rezervdagilar va zaxiradagilarning harbiy ro‘yxatidan chiqarilishi lozim.
(44-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Harbiy ro‘yxatdan quyidagilar chiqarilishi shart:
1) tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, harbiy ro‘yxatdan
chiqarilgan fuqarolar;
2) rezervda yoki zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan fuqarolar;
3) chet elga doimiy yashash uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolar;
4) vafot etgan yoki qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqarolar.