Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

45-modda. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar,
muassasalar, 
tashkilotlar, 
mansabdor 
shaxslar, 
harbiy 
xizmatga 
majburlar 
va
chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etish borasidagi majburiyatlari
Zimmasiga harbiy ro‘yxatni yuritish yuklatilgan joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar va ta’lim
muassasalarining rahbarlari mudofaa ishlari organlari talabi bilan harbiy ro‘yxatda turgan shaxslar
to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni
chaqirilayotganliklaridan xabardor etishlari hamda ularning chaqiruv bo‘yicha o‘z vaqtida hozir
bo‘lishlarini ta’minlashlari shart.
Ichki ishlar organlari:
Oldingi
 tahrirga qarang.
chaqiriluvchilarga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki xorijga chiqish uchun biometrik
pasportlarni berish, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni doimiy yashash yoki vaqtincha
turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi axborotni tuman (shahar) mudofaa ishlari
organlariga real vaqt rejimida elektron tizim orqali yuborishi;
(45-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi
O‘RQ-759-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
o‘smirlarni harbiy ro‘yxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga (yig‘inlarga) chaqiruvini
o‘tkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya
etishlari ustidan nazorat qilishda hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar orasidan
harbiy ro‘yxatning belgilangan qoidalarini buzayotgan shaxslarni aniqlashda mudofaa ishlari
organlariga yordam ko‘rsatishlari va ko‘maklashishlari;
umumiy harbiy majburiyatni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirib topish, ushlash
va mudofaa ishlari organlariga olib borishni tashkil etishlari shart.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari harbiy xizmatga majburlar va
chaqiriluvchilar familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirganligi to‘g‘risida, fuqarolik holatini qayd
etish hujjatlariga ularning tug‘ilgan sanasi va joyiga oid o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida,
shuningdek harbiy xizmatga majbur yoki chaqiriluvchining vafoti qayd etilgan hollar to‘g‘risida
tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan ishga
daxldor chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risida, sudlar esa chaqiriluvchilar va
harbiy xizmatga majburlarga daxldor o‘zlari ko‘rayotgan jinoyat ishlari va qonuniy kuchga kirgan
hukmlar to‘g‘risida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum
qilishlari shart.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan (shu jumladan shartli hukm qilingan) harbiy
xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari va chaqiriluvchilarning qayd etilganligi to‘g‘risidagi
guvohnomalari sudlar tomonidan tegishli mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan harbiy xizmatga
majburlar va chaqiriluvchilar to‘g‘risida, ularning nogironlik guruhidan qat’i nazar, tegishli tuman
(shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishi shart.
(45-moddaning oltichi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Chaqiruv o‘tkazilayotgan vaqtda davolash muassasalari statsionar davolanish uchun qabul
qilingan chaqirilish yoshidagi fuqarolar to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari
organlariga uch kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.
Uy-joydan foydalanish organlari rahbarlari hamda uy egalari harbiy ro‘yxatni yuritish vazifasi
yuklatilgan tegishli mudofaa ishlari organi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi talabiga
binoan uy daftarlari, qayd etish varaqalari, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga doir
harbiy-hisob va boshqa hujjatlarni taqdim etishlari, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va
chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari organlariga chaqirtirilganliklaridan xabardor etishlari shart.
Harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar oilaviy ahvoli, salomatligi, turar joyi, ma’lumoti, ish
joyi va lavozimi o‘zgargan taqdirda o‘zlari harbiy ro‘yxatda turgan joydagi organlarga bu haqda yetti
kunlik muddat ichida shaxsan ma’lum qilishlari shart.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin