Ijaradagi faoliyat bo‘yicha: Mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlik bo‘yicha – talabalar bilan Maxalla mening uyim shiori ostida bir necha bor davra suxbatlari olib borildi.
Ijarada yashaydigan talabalar bilan olib borilgan madaniy-ma’rifiy va ma’naviy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha – bu ishlar talabalar ikkiga bo‘lib tarbiyaviy ishlar olib biriladi. Qizlar bilan yaqin ota onalari yordamida va o‘g‘il bolalar bilan yakka tartibda tarbiyaviy ishlar ko‘proq olib boraman.
O‘QUV VA O‘QUV-USLUBIY SOHADA: Talabalarning darslarga qatnashishlari bo‘yicha kunlik davomatni yuritish bo‘yicha – xar kungi talabalar davomati muntazam shaklda olib borildi.
Sababsiz dars qoldiruvchi talabalar bilan ishlash bo‘yicha - Darsga sababsiz qatnashmagan talabalar bilan ota onasi bilan birga yakka tartibda ishlar olib borildi xamda natijasi doimiy monitoring qilindi.
30 soatdan ko‘p qoldirgan 29 ta talabaga Rektorimizning buyrug‘i bilan XAYFSAN e’lon qilindi...
Talabalarni Axborot-resurs Markaziga jalb etish bo‘yicha – O‘zMu xududida joylashgan Bobir Aklxanov tamonidan ochilgan AYTI markaziga qo‘shimcha kurslarga borishini va muntazam shug‘ullanishini talabalarga tushuntirib borildi.
“Talaba talabaga – ustoz, talaba talabaga – shogird” tamoyili asosida o‘zlashtirishi past talabalarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan talaba orqali yordamlashish bo‘yicha – ustozlar va talabalar o‘rtasida bir necha bor davra suxbatlari YANGI O‘ZBEKISTON-YOSHLAR QO‘LIDA mavzusi ostida olib borildi.
Talabaning ta’lim sifati va o‘quv darayoni samaradorligi bo‘yicha guruh sardori bilan hamkorlikdagi ishlar bo‘yicha – talabalar bilan ta’limni bilimini yuqori saviyada olib borishi uchun gurux sardorlari bilan xamda talabalar bilan doimiy dars jarayonini tartibli bo‘lishi va vaqtdan unumli foydalanishligini tushuntirib borildi.