Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


An’anaviy yoki natural iqtisodiy tizim



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

An’anaviy yoki natural iqtisodiy tizim
. Bu o’ta ko’hna va qoloq iqtisodiy 
tizim, uzoq vaqtgacha o’zgarmay qolgani uchun arxaik (eski) tizim deb 
baholanadi. Bu tizimda qo’l mehnati hukmron, ishlab chiqarish natural 
xarakterga ega; mehnat unumdorligi va turmush darajasi g’oyat past. 
Iqtisodiy aloqalar xo’jalikning o’z ichida yuz beradi. Boshqalar bilan oldi-sotti
munosabatlari bo’lmaydi. Bu iqtisodiyot davlat siyosati ta’siridan holi bo’ladi.
An’anaviy iqtisodiy tizim hali taraqqiy etmagan urug’-aymoqchilik sharoitida 
yashayotgan ba’zi Afrika xalqlarida uchrab turadi. 
2.
Sof bozor iqtisodiyoti tizimi
. Bu bozordaga talabni qondirishga 
qaratilgan,bozor orqali hamkorlikni taqozo etuvchi erkin va demokratik iqtisodiy 
tizim. U xususiy mulkchilik, bozor uchun ishlash, cheklanmagan iqtisodiy 
tanlov, naf ko’rish va raqobat kabi tamoyillarga asoslanadi. Bozor tizimida daromad
topish chegaralanmaydi, boy bo’lish taqiqlanmaydi, o’ziga to’q, farovon
yashovchi odamlarning moddiy tengsizligi mavjud bo’ladi. Bozor tizimi asosida 
tovar ishlab chiqarish va pul yotadi. Bozor tizimi dunyoning hamma mamlakatlarida 
bor, lekin uning rivojlanish darajasi bir xil emas. 
3. 
Rejali yoki buyruqbozlik-ma’muriy iqtisodiyot tizimi
. Bu to’la-to’kis 
davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab 
chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish 
masalasi davlatning buyrug’iga binoan hal etiladi. Boy bo’lish ta’qiqlanadi, 
aholining 
tengligi 
hukm 
suradi.
Bunday iqtisodiy tizim sobiq sho’rolar mamlakatida bo’lgan. 
4. 
Aralash iqtisodiy tizim
. Bu har xil darajada bozor va reja (nobozor) 
aloqa-munosabatlarining qorishmasidan iborat tizimdir. Bu tizimda bozor vositalari
bilan birgalikda rejalashtirish, hamkorlik va saxovatga asoslangan iqtisodiy
aloqalar mavjud bo’ladi. Iqtisodiyoti yuksak texnologiya, g’oyat yuqori mehnat 
unumdorligiga asoslanadi, bu esa moddiy to’kinchilikni ta’minlaydi. Aholining 
ko’pchiligi mulk sohibiga aylanadi, davlat o’z siyosati bilan iqtisodiyotga faol ta’sir 
etadi. Aholining ko’pchiligi o’rta hol sinfga mansub bo’ladi. Aralash tizim 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xususan AQSh Kanada va Evropa 
mamlakatlarida mavjud. O’zbekiston mustaqillik yillari davomida reja iqtisodiyotidan 
bozor iqtisodiyoti – aralash iqtisodiyotga o’tmoqda. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


39 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin