8.2. Bozorning asosiy modellari Monopoliyaning o’sishi, uning raqobatga ta’siri bozorning shakllanishini
o’zgartiradi. Bu quyidagi jadvalda o’z aksini topgan.
2-jadval Bozorning asosiy modellari Bslgilari
Raqobat va monopoliyaga qarab bozor modeli
sof raqobat
sof mono-
poliya
Monopoliya-li
raqobat
Oligopoliya
Firmalar Soni juda ko’p
bitta
ko’p
bir nechagina
Mahsulot turi
standartlashg
an
yagona,
o’xshashi yo’q
Tabaqalash- gan
Sgandartlashgan yoki
tabaqalashgan
Baho nazorati
Yo’q
ta’sirli
qisman
cheklangan
Kirish sha
roiti
Juda oson o’rab olin gan
nisbatan engil
Ta’sirli to’siqlar mavjud
Narxsiz
raqobat
yo’q
deyarli yo’q
sifat, rek lama,
savdo tamg’alari
kabilarga e’tibor
katta -
juda keng qo’llaniladi
1
R. Makkonell, L. Bryu "Ekonomiks", 1994, Moskva, 2-tom, 66-bet.
Jadvalda raqobat va monopol ahvolga qarab to’rt bozor modeli bo’lishi
ko’rsatilgan.
Sof raqobat modeli asosan yuqorida qayd qilingan sharoitlarga mos
keladi. Bunda baho shakllanishi to’la erkin holda yuz beradi va sotuvchilar,
xaridorlar juda ko’p bo’ladi. Bularning kelishib olib ish tutishlari, ozchilikning
bozorda hukmini o’tkazishi, bir qism sotuvchilarning bahoni o’zgartira olishi
mumkinligining imkoni bo’lmaydi. Ilgarilari asosan shunday bo’lgan bo’lsa ham
keyingi vaqtlarda bozor sharoitlari o’zgarib, deyarli sof raqobat ta’kidlab o’tilgan
darajada bo’lmaydi. Bunga e’tibor berishning sababi shuki, hozirgi vaqtda ham bir
necha tarmoqlardagi raqobat shu modelga xosdir. Shu bi-lan birga sof raqobat oddiy
holatni aks ettirib, bunda "daromad" va "xarajatlar" tushunchalaridan yaxshi
foydalanish mumkin.