Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
9.2. Davlat mulki 
Har bir davlat o’z mulkini tashkil etadi. Bu asosan xo’jalik, avvalo, ishlab 
chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Keyingi vaqtlarda buning hajmi sezilarli darajada 
bo’lib, umumiy mulk miqyosida nisbati Frantsiyada deyarli uchdan bir qismga, 
Angliyada 20— 21 foizga, AQShda 13—14 foizga tengdir. Bular asosan barcha 
tarmoqlarga oid va xalq xo’jaligi infrastrukturalari sohasidadir. Lekin kapitalistik 
Mulk shakllari 
Davlat mulki 
Birlashma mulk 
xususiy mulk 
Uyushma mulk 
+
ы
shma mulk 
Ijtimoiy tashkilot 
mulki
Korporativ mulk 
Kooperativ mulk 
Ma
щ
alla mulki 
Х
al= korxonalari 
mulki 
Aktsioner mulk 
Jamoa mulki 
Diniy tashkilotlar 
mulki 
Oila mulki
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


66 
deb atalayotgan davlat mulklari qaysi shaklda bo’lishiga qaramay, asosan xususiy 
xarakterda va bozor qoidalari asosida faoliyat ko’rsatadi. Shunga ko’ra u bozor 
munosabatlarini rivojlantirish, raqobatga sharoit yaratish uchun xizmat qiladi. 
Lekin davlat mulkining boshqa bir turi mavjud bo’lib, u o’z hajmi va harakat 
mazmuni nuqtai nazaridan farklanadi. Bu sobiq sho’rolar mamlakatlarida yuzaga 
kelgan davlat mulkidir. Bu xil mulk shak-li ijtimoiy mulk bo’lib, o’ta darajada 
umumlashgan va markazlashgan mulkdir. Sobiq sho’ro imperiyasida bunday mulk 
avvalo ishlab chiqarish vositalari milliylashtirilib, ularni hech qanday to’lovsiz 
davlat ixtiyoriga olish hisobiga paydo bo’la boshladi. Bunda, birinchi navbatda, erga 
bo’lgan xususiy mulkka barham berildi va u davlat mulkiga aylantirildi. 
Mayda mulk va bunga asoslangan ishlab chiqarish vaqtincha xususiyligicha 
saqlanib, 30-yillarga kelib, ular ham umumlashtirildi va artel shaklidagi 
kooperativlarga birlashtirildi. Qishloq xo’jaligida kolxozlar tuzildi, shaharlarda 
hunarmandchilik artellari yuzaga keldi. Nomiga bu jarayon ixtiyoriylik asosida 
tashkil topdiyu, amalda majburiy usulda yuzaga keldi. Shu bilan mamlakatda xususiy 
mulk yo’q qilinib, umuman xususiy manfaat ham inkor etilib, ijtimoiylikka asos 
solindi.
Birlashmalar, ya’ni korxona va tashkilotlar uyushmasi mulki mavjud bo’lib, 
bular asosan davlat mulki asosida bo’lganligi tufayli, buni davlat mulkiga bog’lab 
ko’rsatmoqchimiz. Chunki, bu umuman birlashma mazmunida bo’lib, xususiy mulk 
ishtirokida ham bo’lishi mumkinligi va xususiylik munosabatlariga moyillik 
bo’lishiga qaramay davlatchilik ustunlik qiladi va asos bo’lib hisoblanadi. Bunday 
mulk ham boshqalarga o’xshagan xalq xo’jaligining bar-cha tarmoq va sohalarida 
yuzaga keladi. Uyushma mulki esa ishtirokchilar mulkidan ajratilgan qisminigina 
tashkil etib, umumiy manfaat uchungina ishlatiladi. Bu ayniqsa, o’tish davriga juda 
xarakterli bo’lib, O’zbekistonda ham ko’p qo’llanilmoqda. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin